Jumaev Nozim Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bariatrik operatsiyalaridan keyingi davrda bemorlarni olib borish prinsiplarini takomillashtirish”, 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam : B2021.4.PhD/Tib2300
Ilmiy rahbar: Teshaev Oktyabr Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Olim Mirzaxidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: "Rossiya Federatsiyasi Davlat ilmiy markazi - A.I.Burnazyan nomidagi Federal tibbiyot biofizika markazi" Federal tibbiy-biologik agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi operatsiyadan keyingi olib borish tamoyillarini takomillashtirish orqali semizlik bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiyadan keyingi erta davrda PONV-BS-Score kombinatsiyasining Apfel shkalasidan foydalangan holda individual baholash yordamida ko‘ngil aynishi va qusish rivojlanishining prognozlarini aniqlash, jarrohlik aralashuvning turi va darajasi, shuningdek, dori-darmonlarni tanlash kabi omillarni hisobga olgan holda, ushbu turdagi asoratlar xavfini kamaytirish asoslangan;
venoz tromboembolik asoratlarning paydo bo‘lishi prognozini tana massasi indeksining omil ta’siriga asoslangan baholash mezonlari va komorbid kasalliklar aniqlangan;
bariatrik jarrohlikdan so‘ng bemorlarda enteral ovqatlanishning aniqlangan parametrlari asosida bariatrik oqsilni erta davrlarda qo‘llash nutritiv holat bilan bog‘liq asoratlar sonini kamaytirishi isbotlangan;
bariatrik jarrohlikdan so‘ng semizlik bilan bemorlarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra operatsiyadan keyingi asoratlarning sezilarli darajada kamayishi va operatsiyadan keyin tez tiklanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2024 yil 13 noyabrdagi 08/63-son xulosasigva ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi erta davrda PONV-BS-Score kombinatsiyasining Apfel shkalasidan foydalangan holda individual baholash yordamida ko‘ngil aynishi va qusish rivojlanishining prognozlarini aniqlash, jarrohlik aralashuvning turi va darajasi, shuningdek, dori-darmonlarni tanlash kabi omillarni hisobga olgan holda, ushbu turdagi asoratlar xavfini kamaytirish asoslangan. Ilmiy yangilik amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar "Ibn Sino" nomidagi 1-shahar klinik shifoxonasi (2023 yil 12 avgustdagi 136-son buyruq) va "Shox International Hospital" (2023 yil 14 avgustdagi 54-son buyruq) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning holati yaxshilanadi, mumkin bo‘lgan asoratlar soni minimallashtiriladi; operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifati yaxshilanadi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynish va qusishning profilaktikasining yangi usulini joriy etish hisobiga 1 bemorga 2800000 so‘m tejaldi (tajribadan kelib chiqqan holda, bu kabi asoratlar operatsiyadan keyingi davrda choklar etishmovchiligi va qon ketishiga olib kelishi mumkin). Qayta operatsiyalar ko‘rsatkichi kamaydi (agar 1 bemorga tejamkorlik 2800000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yiliga 80 bemordan, qayta jarrohlik operatsiyasi bilan kasallikning qaytalanishi 5 dan 2 bemorgacha kamaydi, mos ravishda tejamkorlik bir bemorga 2800000 so‘mni tashkil etdi, yillik ko‘rsatkich 3 bemorga 8400000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: operatsiyadan keyingi davrda ko‘ngil aynish va qusishning oldini olishning yangi usulini joriy etish bu turdagi asoratlarni individuallashtirilgan holda baholab, ko‘ngil aynish va qusish prediktorlarini aniqlashga yordam berib, personallashtirilgan dori darmon terapiyasi bu asoratlar xavfini kamaytirishga imkon bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: venoz tromboembolik asoratlarning paydo bo‘lishi prognozini tana massasi indeksining omil ta’siriga asoslangan baholash mezonlari va komorbid kasalliklar aniqlangan. Ilmiy yangilik amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar "Ibn Sino" nomidagi 1-shahar klinik shifoxonasi (2023 yil 12 avgustdagi 136-son buyruq) va "Shox International Hospital" (2023 yil 14 avgustdagi 54-son buyruq) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda mumkin bo‘lgan venoz tromboembolik asoratlar soni minimallashtiriladi; asoratlar chastotasi kamayishi hisobiga bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyadan tezroq o‘tadilar va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytadilar; operatsiyadan keyin bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: venoz tromboembolik asoratlarni keltirib chiqaruvchi aniqlangan omillar ma’lumotlariga ko‘ra, 1 bemorga tejamkorlik 2800000 so‘mni tashkil etadi (venoz tromboembolik asoratlar bilan bog‘liq holatlarda yotoq-kunlar soni va davolash xarajatlari oshadi) gospitalizatsiya va davolash xarajatlarini kamaytirib, 12 bemor uchun umumiy tejamkorlik 33600000 ni tashkil etdi. Xulosa: tana massa indeksi va yondosh kasalliklarning faktorli ta’siriga asoslangan venoz tromboembolik asoratlar prognozini baholash mezonlari ishlab chiqilgan, shu asosda har bir bemorning individual xususiyatlarini hisobga oluvchi samarali personallashtirilgan profilaktika usuli taklif etilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: bariatrik jarrohlikdan so‘ng bemorlarda enteral ovqatlanishning aniqlangan parametrlari asosida bariatrik oqsilni erta davrlarda qo‘llash nutritiv holat bilan bog‘liq asoratlar sonini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilik amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar "Ibn Sino" nomidagi 1-shahar klinik shifoxonasi (2023 yil 12 avgustdagi 136-son buyruq) va "Shox International Hospital" (2023 yil 14 avgustdagi 54-son buyruq) bilan amaliyotga joriy etildi). Ijtimoiy samaradorligit: nutritiv status bilan bog‘liq operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi, bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyadan tezroq o‘tadilar va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytadilar. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan bemorlarni olib borish algoritmi statsionardan chiqarilgandan keyin reabilitatsiya va 1 bemorni davolash xarajatlarini tejashga olib keldi, jumladan: takroriy ko‘rik - 98000 so‘m; takroriy qon tahlili - 56000 so‘m; bog‘lam xarajatlari 58000 so‘m; dori vositalariga xarajatlar 50000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 262000 so‘mni, yillik umumiy iqtisodiy samaradorlik 20960000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: bariatrik operatsiyalardan keyin bemorlarda enteral ovqatlanish parametrlarini har tomonlama o‘rganish natijasida erta davrlarda bariatrik protein qo‘llash nutritiv status buzilishi bilan bog‘liq asoratlar (oqsil tanqisligi, mushak massasi yo‘qotilishi, immunitet pasayishi va yara bitishi kechikishi) sonini sezilarli darajada kamaytirgani isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: semizlik bilan og‘rigan bemorlarni bariatrik operatsiyalardan keyin olib borish algoritmi ishlab chiqilgan, unga muvofiq operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi sezilarli darajada kamayishi va operatsiyalardan keyin tezroq tiklanish aniqlangan. Ilmiy yangilik amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar "Ibn Sino" nomidagi 1-shahar klinik shifoxonasi (2023 yil 12 avgustdagi 136-son buyruq) va "Shox International Hospital" (2023 yil 14 avgustdagi 54-son buyruq) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi olib borishning taktik jihatlarini optimallashtirish hisobiga bariatrik operatsiyadan keyin bemorlarni davolash natijalarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionarda bir bemorga iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning statsionarda bo‘lish muddatini 6 kundan 3 kungacha (3 kun) qisqartirish, statsionarda bo‘lish uchun to‘lov miqdorini 1460480 so‘mga kamaytirish (1-ShKSh narxlar ro‘yxatiga ko‘ra statsionarda 1 kunlik bo‘lish 365120 so‘mni tashkil qiladi); statsionarda bo‘lish muddatining 3 kunga qisqarishi sababli 500000 so‘m kamroq dori-darmon talab qilinadi; statsionarda bo‘lish muddatining 3 kunga qisqarishi hisobiga 186000 so‘mga kamroq bog‘lamlar talab qilinadi (o‘rtacha bog‘lam materiali xarajati bir kunda 56500 so‘mni tashkil qiladi). Yuqorida keltirilgan xulosaga ko‘ra, umumiy yillik iqtisodiy samaradorlik 34600000 so‘mni tashkil etgan; Xulosa: semizlik bilan og‘rigan bemorlarni bariatrik operatsiyalardan keyingi davrda olib borishning yangi kompleks algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu algoritm nutritiv statusni tiklash, dori darmon terapiyasi va jismoniy faollik rejimini optimallashtirishni o‘z ichiga olishi sababli operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi sezilarli darajada kamayishiga va bemorlarining tezroq tiklanishiga olib kelgani isbotlangan.