Radjabov Jasur Pardaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asoratlangan jigar exinokokkozi bilan bemorlarni jarrohlik davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib3407.
Ilmiy rahbar: Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Raxmetov Nurlan Raxmetovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: I.K. Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
operatsiyadan keyingi asoratlarni minimallashtirish, qaytalanishlar chastotasini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi jarrohlik va profilaktika usullarini ishlab chiqish va joriy etish orqali jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarini jarrohlik davolashda asoratlar rivojlanishining xavf omillarini o‘rganish va operatsiyadan keyingi asoratlarni bashorat qilishning yangi ball tizimi ishlab chiqilgan;
jigar exinokokkektomiyasidan so‘ng qoldiq bo‘shliqda yashirin safro oqmalarini aniqlash uchun qurilma ishlab chiqilgan bo‘lib, bu operatsiyadan keyingi safro oqishi va safroli peritonitning oldini olishi asoslangan;
atrof to‘qimalarning qiz pufakchalari bilan zararlanish xavfini kamaytirishga imkon beruvchi yiringlangan exinokokk kistasining quyuq tarkibini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun qurilma yaratilgan va qoldiq bo‘shliqni drenaj sanatsiya usuli ishlab chiqilgan;
operatsiyadan keyingi davrga ta’sir qiluvchi omillarni va kasallikning qaytalanish ehtimolini tekshirishni hisobga olgan holda, jigardan exinokokkektomiya qilingan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun maxsus shkalasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asoratlangan jigar exinokokkozi bilan bemorlarni jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.11.2024 y. 09/38-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarini jarrohlik davolashda asoratlar rivojlanishining xavf omillarini o‘rganish va operatsiyadan keyingi asoratlarni bashorat qilishning yangi ball tizimi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 4166-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.10.2024 y. 153-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: minilaparotomiya va laparoskopik yondoshuvlardan exinokokkektomiyani o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar kasallikning og‘irligini nuqtali baholash bilan davolash taktikasini tanlash bo‘yicha tavsiya etilgan dasturni hisobga olgan holda aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: minilaparotomiya va laparoskopik yondoshuvlardan exinokokkektomiyani o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar kasallikning og‘irligini nuqtali baholash bilan davolash taktikasi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7 kun uchun 3746120 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1155400 so‘m sarflanadi. laparoskopik yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 920500 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: jarrohlik va anesteziologik xavfni baholashda nafaqat somatik patologiyaning mavjudligini, balki operatsiyadan keyingi asoratlarni bashorat qilish uchun balli baholash dasturiga muvofiq uning klinik va laboratoriya belgilarini ham hisobga olish kerak. JEASh uchun jarrohlik aralashuvi, agar jami 10-15 balldan kam bo‘lsa, jami 15 balldan ko‘p bo‘lsa, operatsiyadan oldingi tayyorgarlik uning barqaror pasayishiga qadar zarur.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkektomiyasidan so‘ng qoldiq bo‘shliqda yashirin safro oqmalarini aniqlash uchun qurilma ishlab chiqilgan bo‘lib, bu operatsiyadan keyingi safro oqishi va safroli peritonitning oldini olishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 4166-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.10.2024 y. 153-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yiringlangan exinokokk kistasining quyuq tarkibini evakuatsiya qilish usuli tavsiya etilgan qurilma yordamida o‘zgartirildi, bu qorin bo‘shlig‘ining ifloslanishi xavfisiz qorin bo‘shlig‘idan sistotomiya ochilishini germetik ravishda ajratishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rtacha 1920500 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan qoldiq bo‘shliqda yashirin safro oqmalarini aniqlash uchun qurilmadan foydalanish natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4156400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: jigarda exinokokkozning lokalizatsiyasini topikal tekshirish uchun tavsiya etilgan diagnostik algoritmi xisobga olingan kistalar soni, ularning o‘lchami, asoratlarning mavjudligi va tabiatini xisobga olgan xolda kasallikning og‘irlik darajasi bo‘yicha ball ko‘rsatadi. Asosiy guruxdan 40,3% xollarda miniinvaziv usullardan, xususan, miniyondashuv (33,9%) va endovideojarroxlik usuli (6,4%) yordamida adekvat exinokokkektomiya amalga oshirildi va shu bilan ananaviy keng yondashuvlar chastotasini 59,7% ga kamaytirishga erishildi. (ƛ2 mezon qiymati 247,524 edi; erkinlik darajalari soni - 2; axamiyatlilik darajasi p<0,001) va operatsiya davomiyligi mos ravishda 87,8±4,9 dan 63,5±2,9 va 37,7±3,1 minutgacha, mini-kirish va endovideojarroxlik usulidan (t- mezon =4,23; r<0,001).
uchinchi ilmiy yangilik: atrof to‘qimalarning qiz pufakchalari bilan zararlanish xavfini kamaytirishga imkon beruvchi yiringlangan exinokokk kistasining quyuq tarkibini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun qurilma yaratilgan va qoldiq bo‘shliqni drenaj sanatsiya usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 4166-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.10.2024 y. 153-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan qurilma yordamida exinokokkektomiyadan so‘ng qoldiq bo‘shliqning yashirin biliar oqmalarini aniqlash usuli amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yiringlangan exinokokk kistasining quyuq tarkibini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun qurilmasi yordamida operatsiyasidan keyingi davrda odatda umumiy o‘rtacha 2560300 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: ishlab chiqarilgan qurilmalar o‘tli oqmalarning yashirin kechishida ularni aniqlash va bartaraf qilishda, oqmalar sababli kelib chikadigan peritonit kabi asoratlarni 11% dan 3% gacha kamaytirishga yordam beradi. Ishlab chiqarilgan qurilmalarning qo‘llanilishi kistotomik teshiklarni qorin bushlig‘idan germetik chegaralashi tufayli o‘tli oqmaning atrof to‘qimalarga tarqalishini, diafragma ostidagi abssessning, hamda operatsiyadan keyingi jaroxatning yiringlashi kabi asoratlarni keskin kamaytirishga yordam berdi. Qoldiq bo‘shlig‘ini drenajlash va antiseptik eritmalar bilan ishlov berish yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi, ilgari 7% ni tashkil etgan qoldiq bo‘shliqning yiringlashini batamom bartaraf qilindi. Bu mikrob bilan ifloslanishni erta yo‘q qilishga va qoldiq bo‘shliqni kamaytirishga yordam berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrga ta’sir qiluvchi omillarni va kasallikning qaytalanish ehtimolini tekshirishni hisobga olgan holda, jigardan exinokokkektomiya qilingan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun maxsus shkalasi takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 4166-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.10.2024 y. 153-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jigar exinokokkektomiyasidan so‘ng qoldiq bo‘shliqning ishlab chiqilgan perfuzion sanatsiyasi bilan ikki bo‘shliqli naycha orqali yuvish, qoldiq bo‘shliqni yiringlashda yiringli-septik asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5357450 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 15-20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: JEAShni jarrohlik davolash taktikasini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur, kirishni tanlashga kompleks yondoshuvni, qoldiq bo‘shliqni yo‘q qilish usulini hisobga olgan holda, operatsiya vaqtidagi asoratlar chastotasini 12,9 dan 4,8% gacha va operatsiyadan keyingi asoratlarni 29,6% dan (taqqoslash guruhidagi 11 bemor) 6,4% gacha (asosiy guruhdagi 4 bemor) kamaytirish orqali parvarish sifatini yaxshilashga imkon berdi (mezon χ2 = 4,954; Df=1; r=0.027), va uzoq muddatli operatsiyadan keyingi davrda kasallik takrorlanish soni 15,4% dan (taqqoslash guruhda 6 bemor) 1,8% ga (asosiy guruhda 1 bemorda) kamaydi (mezon χ2 = 4.692; Df=1; p=0,031).