Hamdamov Haydar Azamatovichning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Publisistik matnlarda antropomorfik metaforaning kognitiv-pragmatik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Fil3687.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Gulshan Samadovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qobuljonova Gulbahor Komiljonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek publisistik matnlarida antropomorfik metaforalarning kognitiv-pragmatik imkoniyatlarini o‘rganish va publisistik diskursda qanday ma’no va ta’sir kuchiga ega ekanligini ko‘rsatish. Ularni lingvistik jihatdan tahlil qilish, semantik, stilistik va kommunikativ funksiyalarini aniqlash hamda ularning milliy madaniyatga va janrga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
publisistik matnlarda antropomorfik metaforalarning kognitiv-pragmatik xususiyati, xususan, lisoniy vositalarning nutq vaziyatiga mos ifodalagan pragmatik ma’nosi, o‘xshashlik asosida ko‘chgan ma’no qirralari jurnalistlar nutqini tadqiq qilish orqali ochib berilgan; 
publisistik matnlarda antropomorfik metaforaning kognitiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash mexanizmi turli uslubga doir matnlarda metaforalarning qo‘llanilishi, ular anglatgan ko‘chma ma’nolar ommabop uslubda o‘ziga xos lisoniy manzara hosil qilishi dalillangan;
publisistik matnlarda antropomorfik metaforalar va unga doir ilmiy-nazariy qarashlar va yondashuvlar lingvistik tahlili asosida tavsiflangan, antropomorfik metaforalar publisistik, ijtimoiy tarmoq manbalari asosida aniqlangan misollar orqali yondosh hodisalardan farqlangan, ichki turlari va bajaradigan vazifalari tasniflangan;
publisistik matnlarda antropomorfik metaforalarning lisoniy xususiyati yoritilgan, ayniqsa, sport jurnalistikasida boshqa sohalarga qaraganda antropomorfik metaforalardan, shuningdek, metaforik ma’no ko‘chishining boshqa turlaridan nisbatan ko‘proq foydalanilganligi aniqlangan. Ijtimoiy tarmoq matnlari muallifi ot so‘z turkumiga doir, ya’ni tana a’zolariga bog‘liq antropomorfik metaforalardan kam foydalanib, asosan, fe’l so‘z turkumlari asosida insonga xos harakat va holatlarni boshqa mavjudotlarga ko‘chirish orqali o‘z tuyg‘ularini bayon qilishi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Publisistik matnlarda antropomorfik metaforaning lisoniy xususiyatlari va kognitiv-pragmatik tadqiqi masalalarini mushtaraklikda yoritish yuzasidan tadqiq etish buyicha olingan ilmiy natija va xulosalar asosida: 
publisistik matnlarda antropomorfik metafora lison va nutqqa daxldorligi, lisoniy shaxs va lisoniy jamiyatning obektiv borliqqa munosabatini namoyon qilishi, lisoniy jamiyat antropomorfik metaforaning kognitiv-pragmatik xususiyatini jurnalistik nutqni tadqiq qilish orqali ochib berishga doir takliflaridan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2021-2023-yillarda bajarilgan "Yangi avlod o‘quv lug'atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish" mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024 yil 23-yanvardagi 241/20-son ma'lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi "mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida" 6084-son farmonida belgilangan o‘zbek tilida nomlar, atamalarni tartibga solish, lug'atlar yaratish, xorijiy so‘z va atamalarga o‘zbekcha muqobillar topib, istemolga kiritish vazifasini bajarishda foydalanilgan; 
          publisistik matnlarda antropomorfik metafora lison va nutqqa munosabatiga ko‘ra turli ilmiy-nazariy qarashlar va yondashuvlar tahlili asosida tavsiflangan, antropomorfik metaforalar publisistik matn asosida aniq misollar orqali yondosh hodisalardan farqlangan, ichki turlari va bajaradigan vazifalari tasniflashga doir tavsiya va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AMFZ-201908172 – “O‘zbek tili ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 4-fevraldagi 04/1-201-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihasi doirasida yaratilgan elektron platformaning ilmiy dalillar, ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
          publisistik matnlarda antropomorfik metaforalarning lisoniy xususiyati yoritilgan, sport jurnalistikasida boshqa sohalarga qaraganda antropomorfik metaforalardan ko‘proq foydalanilishi aniqlangan va monografik tadqiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” nomli grantni bajarishda foydalanilgan (Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2024-yil 22-yanvardagi 36/0101-sonli ma’lumotnomasi) natijada grant loyihasi doirasida yaratilgan elektron platformaning ilmiy dalillar, ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish