Kochkarova Dilnoza Axmadbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika oliy ta’lim myassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped3826.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, redagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurad Narmuratovich, redagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi  tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirishni taminlaydigan pedagogik shart-sharoitlar majmuasini ishlab chiqish, nazariy asoslash va eksperimental sinovdan o‘tkazish hamda tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari motivatsion, aksiologik, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlar, turli xil madaniyat na’munalarini o‘zida aks ettirgan inson madaniyati fenomeni hamda madaniy an’analarni umumlashtirishga ustuvorlik berish asosida tizimlashtirilgan;
talabalarning tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish modeli yakka tartibdagi ishlarni tashkil qilish, ichki va tashqi ta’lim motivlarini diagnostik loyihalashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan intellektual bilishga oid, qadriyatli va kreativ mezonlarni diagnostikalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning tashkilotchilik madaniyati texnologik, uzlyuksizlik, majmuaviylik, tizimlilik, obektivlik tamoyillarini uyg‘unlashtirish hamda dinamik monitoring ko‘rsatkichlarini baholash va tashkilotchilik protseduralarini ichki kafolatlashtirish asosida shakllantirilgan;
talabalarning tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish jarayonlari madaniyatshunoslikka oid tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, individual (yakka tartibda) yondashuvlarni axloqiy va ijtimoiy mobillik, shaxsiy intellektual sifatlarini  tafakkur va xulq-atvor madaniyatini faoliyatli yaxlit uyg‘unlashtirish asosida tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari motivatsion, aksiologik, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlar, turli xil madaniyat na’munalarini o‘zida aks ettirgan inson madaniyati fenomeni hamda madaniy an’analarni umumlashtirishga oid takliflar asosida “Osnovi psixologii i pedagogiki” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 697931-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini ishlab chiqish shartlari kengaytirilgan;
talabalarning tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish modeli yakka tartibdagi ishlarni tashkil qilish, ichki va tashqi ta’lim motivlarini diagnostik loyihalashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan intellektual bilishga oid, qadriyatli va kreativ mezonlarni diagnostikalashga oid takliflar 01-236 raqamli “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2024-yil 25-iyundagi 01-329 sonli buyrug‘i). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning tashkilotchilik madaniyati texnologik, uzlyuksizlik, majmuaviylik, tizimlilik, obektivlik tamoyillarini uyg‘unlashtirish hamda dinamik monitoring ko‘rsatkichlarini baholash va tashkilotchilik protseduralarini ichki kafolatlashtirishda shakllantirishga oid takliflar asosida “Osnovi psixologii i pedagogiki” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 697931-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish modelini qo‘llash samaradorligi oshgan;
talabalarning tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish jarayonlari madaniyatshunoslikka oid, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, individual (yakka tartibda) yondashuvlarni axloqiy va ijtimoiy mobillik, shaxsiy intellektual sifatlarni hamda tafakkur va xulq-atvor madaniyatini faoliyatli yaxlit uyg‘unlashtirish asosida tizimlashtirishga oid takliflar 01-236 raqamli “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2024-yil 25 iyundagi 01-329 sonli buyrug‘i). Natijada, talabalarning tashkilotchilik madaniyatini takomillashtirish mezonlarini ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish