Xusnuddinova Zulayxo Xamidullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishning klaster mexanizmlari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7220.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xoliqov Azamat Qaxramonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishning klaster mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarda vizual etishmovchilikni kompensatsiya qiluvchi polisensor ta’sirni prognostik baholash, predmet tasavvurini yaxlit shakllantirish muhitida hissiy sezgirlik impulsiga ko‘ra maqsadli optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni bartaraf etish modeli diagnostika va korreksiya ishlarining algoritmik uzviyligini individual yo‘naltirilgan ergonomik jarayondagi subektlar faolligini oshirish imkoniyatlarining dinamik salohiyatini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishning klaster mexanizmlari ko‘zi ojiz bola rivojlanish xaritasida belgilangan sensomotor mezonlarni konstruktiv-didaktik mashg‘ulotlarda davriy monitoring natijalariga ko‘ra singdirish hamda oila, ta’lim va tibbiyot funksiyalariga adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
korreksion-pedagogik ish samaradorligini baholash mezonlari ko‘zi ojiz bolalarda ijtimoiylashuv motivatsiyasini intensiv rivojlantiruvchi o‘quv-korreksiya mashqlarini kiritish hamda imitatsion muhitdagi ratsional adaptivlikni differensial ravishda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishning klaster mexanizmlarini tadqiq qilish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarda vizual etishmovchilikni kompensatsiya qiluvchi polisensor ta’sirni prognostik baholash, predmet tasavvurini yaxlit shakllantirish muhitida hissiy sezgirlik impulsiga ko‘ra maqsadli optimallashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar “Texnologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2022-yil 21-iyundagi 166-sonli buyrug‘i). Natijada korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishda o‘qituvchi-tiflopedagog, ota-onalar va ko‘zi ojiz bolalar faoliyatini integrativ tashkil etishning didaktik ta’minotiga erishilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni bartaraf etish modeli diagnostika va korreksiya ishlarining algoritmik uzviyligini individual yo‘naltirilgan ergonomik jarayondagi subektlar faolligini oshirish imkoniyatlarining dinamik salohiyatini hisobga olishga doir tavsiyalar “Tiflopsixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 194-543–raqamli guvohnoma). Natijada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni kompleks rivojlantirishning psixologik yondashuvlarning maqsadli yo‘lga qo‘yilishiga sharoit yaratilgan;
korreksion-pedagogik ish samaradorligini oshirishning klaster mexanizmlari ko‘zi ojiz bola rivojlanish xaritasida belgilangan sensomotor mezonlarni konstruktiv-didaktik mashg‘ulotlarda davriy monitoring natijalariga ko‘ra singdirish hamda oila, ta’lim va tibbiyot funksiyalariga adaptivlashtirishga oid takliflari “Mo‘ljal olish va harakatlanish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 438-364–raqamli guvohnoma). Natijada ko‘zi ojiz bolalarni makonda mo‘ljal olishga o‘rgatish orqali ularning ijtimoiylashuvini ta’minlashning metodik yo‘llarining targ‘ib etilishiga erishilgan.