Egamberdieva Nigora Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri sharoitida autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning samarali mexanizmlari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6711.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri sharoitida autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning samarali mexanizmlarini aniqlash va ularni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari bolalarda murojaatga reaksiyani shakllantirishga qaratilgan korreksion resursni ota-onalarning pedagogik pozisiyasi ustuvorligida mikro muhit talablariga ko‘ra adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning klaster modeli vizual kontaktni nutqiy muloqotgacha rivojlantiruvchi ta’lim subektlarining harakat xaritasini aniqlash, “FloorTime”, “PECS kartochkalari” texnologiyalarining integrativ elementlarini “ijtimoiy dislokatsiya” metodika elementlariga bosqichma-bosqich singdirish asosida takomillashtirilgan;
autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning korreksion-didaktik mexanizmlari axborot almashishga undovchi alternativ muloqot mashqlarini ishlab chiqish hamda pedagogik va terapevtik ta’sir algoritmlar simulyasiyasini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
 ta’lim klasteri subektlari faoliyatini integratsiyalashning metodik ta’minoti ehtiyojni nutqiy ifodalash mezonlarining bolalardagi beqaror xatti-harakatlarni bartaraf etishga qaratilgan relaksasion ta’sir amaliyotida konstruktivlik imkoniyatlariga ko‘ra personal imkoniyatlarini korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat traektoriyasiga hamohang maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasteri sharoitida autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning samarali mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
ta’lim klasteri sharoitida autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari muloqotga ehtiyojni kuchaytiruvchi refleksiv, ijtimoiy, kommunikativ reaksiya harakatlarini korreksion ta’sir maqsadlariga integratsiyalash hamda mikromuhitda ota-onalar pozisiyasini metodik optimallashtirishga oid takliflari “Inklyuziv ta’limda sinergetika” darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4 martdagi 55-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 55350-sonli guvohnoma). Natijada, autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning klaster modeli vizual kontaktni nutqiy muloqotgacha rivojlantiruvchi ta’lim subektlarining harakat xaritasiga ijtimoiy dislokatsiya, “FloorTime”, “PECS kartochkalari” texnologiyalari elementlarini adaptiv imitatsiyalarda singdirishga oid tavsiyalari “Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22 dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537298-sonli guvohnoma). Natijada,  autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashda korreksion-pedagogik jarayonni modellashtirish bo‘yicha tavsiyalarni targ‘ib etishga erishilgan;
autizm sindromli bolalar nutqi ustida ishlashning korreksion-didaktik mexanizmlari axborot almashishga undovchi alternativ muloqot mashqlarini rivojlantiruvchi muhitning adaptivlik, integratsion, kompensatsion imkoniyatlariga ko‘ra dinamik bosqichlarida terapevtik yo‘nalganlikda transformatsiyalashga doir takliflari “Mo‘ljal olish va harakatlanish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 438364-sonli guvohnoma). Natijada autizm sindromli bolalar nutqini rivojlantirishda mikro va makro muhitni yaratishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish