Ishmatova Ozodaxon Sirodjovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Alohida ehtiyojli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishda fonetik ritmikadan foydalanish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7217.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Gavhar Saparovna, pedagogika fanlari  doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qaxramonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Arslanova Madina Mansurovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirishda fonetik ritmikadan foydalanishning korreksion-rivojlantiruvchi imkoniyatlarini o‘rganish va metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alohida ehtiyojli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishda fonetik ritmikadan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari nutqni rivojlantirishda fonetik ritmikadan foydalanish, ritmika mashg‘ulotlarining harakat, kinestetik ta’sirini o‘rganish hamda ritmik komponentlarini nutqiy reabilitatsiya jarayonida integrallashuviga ko‘ra optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
alohida ehtiyojli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirish jarayoni vizual – fonetika, akustik- fonetika topshiriqlarini shakllantirishda fiziologik yo‘naltirilgan individual muhit talablariga moslashtirish hamda kinetika va kinestetika uyg‘unligini ritmik intervalda bo‘lishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;   
fonetik ritmika vositasida o‘quvchilar nutqini rivojlantirish texnologiyasi faol nutqqa motivatsiyalovchi ritmik mashqlarni ovoz, nafas, diksiya ustida ishlash komponentlariga ko‘ra darajalash hamda pedagogik ta’sir vositalarini nutqiy kombinatsiyada integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
fonetik ritmika vositasida kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning didaktik ta’minoti tovushlar tasnifiga ko‘ra nutqiy monitoring yuritish talablarini musiqa va ritmika dasturi tarkibiga kiritish hamda nutq talaffuzining intellektual mazmunga to‘g‘ri proporsional ekanligini ko‘rsatib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
alohida ehtiyojli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishda fonetik ritmikadan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari nutqni vizual-fonetik qabul qilish va ifodalash imkoniyatlarini hisobga olish hamda korreksion ta’sir usullarini ta’limiy maqsadlarga mos statistik o‘rganishga oid takliflari “Surdopedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabr, 438-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 438376-sonli guvohnoma). Natijada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
alohida ehtiyojli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirish jarayoni ritmik mashqlarning sinflar kesimida adaptivlashtirilishida tizimlilik va individual yondashuvlarga moslashtirish hamda kinetika va kinestetika uyg‘unligining ritmik intervalda bo‘lishini maqsadli ta’minlashga oid takliflari “Fonetik ritmika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-martdagi 68-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 52-sonli guvohnoma). Natijada alohida ehtiyojli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirishda fonetik ritmikadan foydalanishning metodik ta’minotiga erishilgan;
fonetik ritmika vositasida o‘quvchilar nutqini rivojlantirish texnologiyasi faol nutqqa motivatsiyalovchi ritmik mashqlarni ovoz, nafas, diksiya ustida ishlash komponentlariga ko‘ra darajalash hamda pedagogik ta’sir vositalarining texnologik xaritasini shakllantirishga doir tavsiyalardan “Ma’naviyat va ma’rifat” teleradiokanalidagi “Tong nafasi” ko‘rsatuvi    ssenariysini    tayyorlashda     foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2023-yil, 23-sentyabrdagi 212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, alohida ehtiyoji bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishda fonetik ritmikadan foydalanish metodlarining keng targ‘ib qilinishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish