Zulfiya Zarifovna Boltaevaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Metrologiya va standartlashtirish fanini kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6328
Ilmiy rahbar: Shaxnoz Xikmatovna Samieva pedagogika fanlari doktori(DSc), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar:
 1. Baxtiyor Raxmonovich Adizov pegagogika fanlari doktori(DSc), professor. (ixtisoslik shifri 13.00.02);
2. Do‘stnazar Omonovich Ximmataliev pegagogika fanlari doktori(DSc), professor.    (ixtisoslik shifri 13.00.02);
Yetakchi tashkilot: Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
“Metrologiya va standartlashtirish” fanini kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  tizimli tahlil asosida tadqiqot, maqsadga muvofiqlik, tizimlilik, texnologiklik va umumlashtirish kabi tamoyillarni qo‘llash orqali kollaborativ o‘qitish asosida tadqiqot faoliyatini olib borish algoritmining tarkibiy xususiyatlari aniqlangan, hamda talabalarning tadqiqot faoliyati komponentlarining tashkiliy vazifalarini aniqlashtirishga imkon bergan;
talabalarni tadqiqot faoliyatini takomillashtirish madsadida kollaborativ o‘qitishga asoslangan mazmunli, tashkiliy, faoliyatli, natijaviy komponentlar asosida talabalarning tadqiqot qobiliyatlari rivojlantirilgan; 
“Metrologiya va standartlashtirish” fanini kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirishga malaka talablari va o‘quv dasturlari asosida, interaktiv o‘qitish metodlar “Problem solving”, “Step by Step”, “Teamwork”, “Small group”dan foydalanilish metodikasi takomillashtirilgan hamda ilmiy jihatdan asoslangan;
kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish darajalarini produktiv, qisman-izlanishli va izlanuvchan-kreativ aniqlash uchun kognitiv, protsessual va innovatsion baholash mezonlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilgan hamda matematik-statistik usullar asosida olingan natijalar optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Metrologiya va standartlashtirish” fanini o‘qitishda kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
Oliy taʼlim muassasalarida kollaborativ o‘qitish asosida talabalarning tadqiqot faoliyatini takomillashtirishni belgilovchi mazmunli, tashkiliy, faoliyatli, natijaviy komponentlarga oid ilmiy xulosalar va takliflar "Metrologiya va standartlashtirish" darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0009 raqamli guvohnoma). Natijada, bu oliy ta’lim muassasalarida “Metrologiya va standartlashtirish” fanining mazmunini yaxshilashga imkon berdi; 
 “Metrologiya va standartlashtirish” fanini o‘qitishda kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirishga qaratilgan o‘quv dasturlari, interaktiv o‘qitish usullar “Problem solving”, “Step by Step”, “Teamwork”, “Small group”dan foydalanilish metodikasi asosida ishlab chiqilgan “Mahsulot sifati nazorati” va “O‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnik o‘lchovlar darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i, 218-636-raqamli guvohnoma va 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i, 277-442-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning kollaborativ o‘qitish asosida tadqiqotchilik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun o‘quv materiallarini boyitishga erishilgan;
kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish darajalarini produktiv, qisman-izlanishli va izlanuvchan-kreativ aniqlash uchun kognitiv, protsessual va innovatsion baholash mezonlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilgan hamda matematik-statistik usullardan foydalanilish asosida Jahon bankining Aif-1/4 “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish markazi va elektronikadan qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” loyihasida foydalanilgan (2018-2022), Jizzax politexnika institutining 21.11.23 yildagi 02-2677-2666 - sonli 
ma'lumotnomasi). Ushbu takliflar texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalarining amaliy mashg'ulotlarining o‘quv mazmunini takomillashtirishga xizmat qildi.
Kollaborativ o‘qitish asosida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish takomillashtirilgan metodika Jizzax politexnika instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Buxoro muhandislik - texnologiya institutlari ta’lim jarayonida qo’llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 29 avgustdagi 4/17-4/4-15414 - son ma’lumotnomasi). Bu takliflar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun texnika yo‘nalishidagi darslarning ta’lim mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish