Dusatov Botir Eshdavlat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Shahar turar-joy hududlaridagi binolardan yo‘qotiladigan issiqlik energiyasini tejash usullarini takomillashtirish”, 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika), 05.09.01 – «Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5185.
Ilmiy rahbarlar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Said Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/04.07.2023.T.11.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Bahrom Toshpo‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Azamat Ozodovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlikLITI” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi shahar turar-joy massivlaridagi binolarning issiqlik energiyasini nazariy va eksperimental ochib berish hamda energiya sarfini qisqartirish orqali atmosferega tashlanayotgan CO2 ni kamaytirish, shuningdek binolarning energiya samaradorligini nazorat qilish bo‘yicha monitoring tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turar joy massivlaridagi binolarning energiya samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi qurilishda issiqlik texnikasi kabi shaharsozlik normalari va qoidalarining issiqlik himoyasi darajalari birlashtirilib, yagona talablarga keltirilgan holda takomilashtirilgan;
Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarning issiqlik energiyasi sarfi miqdori turar-joy maskani kesimida binolarning orientatsiyasiga nisbatan eksperimental usulda real vaqt rejimidagi gistogrammalar yordamida aniqlash orqali konstruktiv elementlardan yo‘qotilayotgan issiqlik miqdori hamda optimal issiqlik himoyasi tanlangan;
turar joy massivlaridagi binolardan yo‘qotilayotgan issiqlik sarfi miqdorini, normativ ko‘rsatkichlarni qayta belgilash orqali ularni 40% ga qisqartirishga erishish mumkinligi optimal konstruktiv echimlar hisobga olinib asoslangan;
binolar uchun energiya samardorlik pasportidagi energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini qisqartitirish hisobiga takomillashtirilib, energiya auditdan o‘tkazish tartibi, energiya samardorlik sertifikatiga asoslangan turar joy massivlarida energiyani tejashni monitoring tizimining modeli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar turar joy hududlaridagi binolardan yo‘qotiladigan issiqlik energiyasini tejash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turar joy massivlaridagi binolarning energiya samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi qurilishda issiqlik texnikasi kabi shaharsozlik normalariva qoidalarining issiqlik himoyasi darjalari birlashtirilib, yagona talablarga keltirilgan holdatakomilashtirilganligiga oid takliflar ShNQ 2.03.15-22 “Energiya tejamkor devorbop to‘suvchi konstruksiyalar. Binolar qurilishida avtoklavli silikatli gazobeton konstruksiyalarini qo‘llash” bo‘yicha shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 11 fevraldagi 20-06/1657-son ma’lumotnomasi). Natijada binolarning konstruktiv echimlarini takomillashtirishga erishilgan;
Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarning issiqlik energiyasi sarfi miqdori turar-joy maskani kesimida binolarning orientatsiyasiga nisbatan eksperimental usulda real vaqt rejimidagi gistogrammalar yordamida aniqlash orqali konstruktiv elementlardan yo‘qotilayotgan issiqlik miqdori hamda optimal issiqlik himoyasi tanlangashga oid takliflar ShNQ 1.03.03-23 “Qurilish ob’ektlarini loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 4-ilovasida keltirilgan “Bino (inshoot) energetik pasportining namunaviy shakli”ni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 11 fevraldagi 20-06/1657-son ma’lumotnomasi). Natijida bino (inshoot) energetik pasporti qisqartirilib, takomillashtirishga erishilgan;
turar joy massivlaridagi binolardan yo‘qotilayotgan issiqlik sarfi miqdorini, normativ ko‘rsatkichlarni qayta belgilash orqali ularni 40% ga qisqartirishga erishish mumkinligi optimal konstruktiv echimlar hisobga olinib asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 6 martdagi 34-06/2587-son ma’lumotnomasi). Natijada turar joy maskanidagi binolarni issiqlik darajasini ta’minlash orqali yillik 4147,48 MVt soat issiqlik energiyasini tejash yoki tom qismida qo‘yosh panellari o‘rnatilishi natijasida yiliga 2174,0 MVt soat energiya ishlab chiqarishi, shuningdek yiliga 7577,83 tonna CO2 ni qisqartirilishiga erishilgan;
binolar uchun energiya samardorlik pasportidagi energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari qisqartitirish hisobiga takomillashtirilib, energiya auditdan o‘tkazish tartibi, energiya samardorlik sertifikatiga asoslangan turar joy massivlarida energiyani tejashni monitoring tizimining modeli ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 11 fevraldagi 20-06/1657-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat farmon va qarorlari ijrosini ta’minlashda muayyan darajada hissa qo‘shgan.