Abbosova Ismigul Alisher kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa yoshli bemorlarda vegetativ distoniya sindromi: klinikasi va davolash xususiyatlari» 14.00.13 - Nevrologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib.3129. 
Ilmiy rahbar: Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Urinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa bemorlarda vegetativ distoniya sindromini erta aniqlash uchun tashhislashning klinik-nevrologik, neyropsixologik va neyrovizual usullarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvning samaradorligini aniqlash va takomillashtirilgan terapevtik yondashuvlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa yoshli bemorlarda VDS kasalligi rivojlanishida asosiy xavf omili xisoblangan komorbidlik indeksini salbiy prognostik omil ekanligi asoslangan;
VDSga chalingan keksa yoshli bemorlarda moslashuvchan tartibiga soluvchi regulyator mexanizmlarni o‘ziga xos morfofunksional xususiyatlari isbotlangan;
klinik-nevrologik, elektrofiziologik, dopplero-grafik va magnit-rezonans usullarini o‘z ichiga oluvchi VD sindromi bo‘lgan keksa bemorlarni tekshirishning tashhis qo‘yishdagi ahamiyati va kompleks mezonlari isbotlangan;
keksa yoshdagi VDS mavjud bemorlarni asoratlarning yaqqolligini kamaytirish va kasallikning rivojlanish tezligini sekinlashtirish uchun kompleks patogenetik terapiyaga bioakustik korreksiya usuli ishlab chikilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Andijon davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 31 maydagi №6i-24/u-sonli xatiga ko‘ra quyidagi ilmiy yangilik va samaradorliklarga erishilgan:
birinchi ilmiy yangilik: keksa yoshli bemorlarda VDS kasalligi rivojlanishida asosiy xavf omili xisoblangan komorbidlik indeksini salbiy prognostik omil ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi. keksa yoshdagi VDS kasalligining rivojlanishi uchun noqulay prognostik omillarni aniqlash kasallikni erta bosqichda aniqlash, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi.  Iqtisodiy samaradorligi: Kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarni oldini olish natijasida 1240000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Keksa yoshdagi VDS kasalligi rivojlanishining noqulay prognostik omillarini asoslovchi takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert komissiyasi tomonidan 2023 yil 31 mayda  6i-24/u son bilan tasdiqlangan «Keksa yoshdagi bemorlarda neyrovegetativ boshqarishning buzilishlarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Ushbu taklif Andijon shahar markaziy poliklinikasining 22.06.2023 yildagi 16-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 12.07.2023 yildagi 27-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2023 yil 30 sentyabrdagi 6i-25/x-sonli xulosasi). 
ikkinchi ilmiy yangilik: VDSga chalingan keksa yoshli bemorlarda moslashuvchan tartibiga soluvchi regulyator mexanizmlarni o‘ziga xos morfofunksional xususiyatlari isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi  xususiyatlarini aniqlash natijasida VDSni erta bosqichda aniqlash, individual yondashuvni talab qiladigan davo choralarini tavsiya etish, davolash samaradorligini oshirish, kasallik qaytalanishini oldini olish, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatlari yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarni oldini olish natijasida 876400 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa. VDS mavjud bemorlarni kompleks tekshirish natijasida keksa yoshda adaptiv-regulyator mexanizmlarining qiyosiy xususiyatlarini isbotlash bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert komissiyasi tomonidan 2023 yil 31 mayda 6i-24/u son bilan tasdiqlangan «Keksa yoshdagi bemorlarda neyrovegetativ boshqarishning buzilishlarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Ushbu taklif Andijon shahar markaziy poliklinikasining 22.06.2023 yildagi 16-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 12.07.2023 yildagi 27-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan
uchinchi ilmiy yangilik: klinik-nevrologik, elektrofiziologik, dopplero-grafik va magnit-rezonans usullarini o‘z ichiga oluvchi VD sindromi bo‘lgan keksa bemorlarni tekshirishning tashhis qo‘yishdagi ahamiyati va kompleks mezonlari isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi  taklif etilgan usul kasallikning erta bosqichlarida tashxislash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning qaytalanishini oldini olish, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatlarini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarni oldini olish natijasida 1120612  so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keksa yoshdagi VDS mavjud bemorlarni asoratlarning yaqqolligini kamaytirish va kasallikning rivojlanish tezligini sekinlashtirish uchun kompleks patogenetik terapiyaga bioakustik korreksiya usuli ishlab chikilgan. Ijtimoiy samaradorligi. an’anaviy davolash bilan birgalikda BAK-terapiya usulini qo‘llash asoratlar sonini kamaytirish, kasallikning qaytalanishini oldini olish, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarni oldini olish natijasida 1240000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa. Abbosova Ismigul Alisher kizining «Keksa yoshli bemorlarda vegetativ distoniya sindromi: klinikasi va davolash xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 31 maydagi №6i-24/u-sonli xati yuborilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13 oktyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish