Tillaeva Shoxida Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suzish bilan shug‘ullanuvchi maktab yoshidagi qizlarning ovqatlanish tartibi va salomatlik holatini gigienik baholash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib2090.
Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Tojikiston profilaktik tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: suzish bilan shug‘ullanuvchi qizlarning salomatlik holatiga sport havzalari gigienik holati, jismoniy faollik darajasi va ovqatlanish holatini baholash hamda yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suzish bilan shug‘ullanuvchi qizlarning salomatlik holatida xavf keltirib chiqaradigan suzish havzalari suvining bakteriologik va kimyoviy ko‘rsatkichlari hamda havo tarkibidagi kimyoviy moddalardan serovodorod, fenol, uglevodorod va ammiakning ruxsat etilgan miqdori belgilangan me’yordan ortiqchaligi isbotlangan;
jismoniy faollik darajasi yuqori bo‘lgan qizlarda ikkilamchi jinsiy belgilardan pubis, axillaris, mammellaris rivojlanish muddatlari 5-6 oy oldin boshlanishi va menarche, aksincha, deyarli kech boshlanishi, keyinchalik qizlarning funksional holati va gormonal strukturasini o‘zgarishiga keskin ta’sirining o‘rni asoslangan;
suzish bilan shug‘ullanuvchi qizlar somatometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlarning maksimal o‘sish jarayoni 10-11 yoshli o‘quvchilar orasida qayd etilganligi sport bilan shug‘ullanmaydigan tengdoshlarda esa bir yil kechroq kuzatilishi natijasida suzishning funksional tizimlarga ta’sirini o‘rni isbotlangan;
suzish bilan shug‘ullanuvchi qizlarning ovqatlanish tartibi va odatlari sog‘lom ovqatlanish talablariga mos kelmasligi, hayvon oqsillari o‘rniga tarkibida protein bo‘lgan sport oziq-ovqat mahsulotlari hamda gazlangan, rangli ichimliklar va yarim tayyor mahsulotlarning ortiqchaligi hisobiga ayrim qizlar yiliga to‘rt martadan ortiq tibbiy yordamga murojaat qilishlari ovqatlanish statusini yangi tartibini ishlab chiqish zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Suzish mashg‘ulotlari sharoitini, davomiyligini va chastotasini gigienik baholash hamda profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: suzish bilan shug‘ullanuvchi qizlarning salomatlik holatida xavf keltirib chiqaradigan suzish havzalari suvining bakteriologik va kimyoviy ko‘rsatkichlari hamda havo tarkibidagi kimyoviy moddalardan serovodorod, fenol, uglevodorod va ammiakning ruxsat etilgan miqdori belgilangan me’yordan ortiqchaligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 3 noyabrda 8n-r/1222-son bilan tasdiqlangan «O‘quvchilar organizmining fiziologik ehtiyojlari va funksional imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakat motivatsiyasini rivojlantirish uslubiyati» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 5-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 81-T-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: suzish bilan muntazam shug‘ullanish uchun optimal gigienik sharoitlarni yaratish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasi, mashg‘ulotlarni boshlash uchun eng qulay yosh, mashg‘ulotlarning davomiyligi va takroriyligini, ovqatlanish va suv ichish tartibini inobatga olgan holda amalga oshirilgan. Bu esa sog‘liq holatini nazorat qilishni ta’minladi hamda suzish bilan shug‘ullanayotgan qizlarning o‘sishi va rivojlanishidagi buzilishlarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 90000-110000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir davolanish kursi uchun 630000-770000 so‘m) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslikdagi shifokorlar maslahatlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, turli darajadagi kasalliklar, ortiqcha vazn va semirishning oldini olish hisobiga davlat byudjeti xarajatlarini 90% ga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: jismoniy faollik darajasi yuqori bo‘lgan qizlarda ikkilamchi jinsiy belgilardan pubis, axillaris, mammellaris rivojlanish muddatlari 5-6 oy oldin boshlanishi va menarche, aksincha, deyarli kech boshlanishi, keyinchalik qizlarning funksional holati va gormonal strukturasini o‘zgarishiga keskin ta’sirining o‘rni asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 3 noyabrda 8n-r/1222-son bilan tasdiqlangan «O‘quvchilar organizmining fiziologik ehtiyojlari va funksional imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakat motivatsiyasini rivojlantirish uslubiyati» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 5-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 81-T-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: suzish bilan muntazam shug‘ullanish uchun optimal gigienik sharoitlarni yaratish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasi, mashg‘ulotlarni boshlash uchun eng qulay yosh, mashg‘ulotlarning davomiyligi va takroriyligini, ovqatlanish va suv ichish tartibini inobatga olgan holda amalga oshirilgan. Bu esa sog‘liq holatini nazorat qilishni ta’minladi hamda suzish bilan shug‘ullanayotgan qizlarning o‘sishi va rivojlanishidagi buzilishlarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 90000-110000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir davolanish kursi uchun 630000-770000 so‘m) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslikdagi shifokorlar maslahatlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, turli darajadagi kasalliklar, ortiqcha vazn va semirishning oldini olish hisobiga davlat byudjeti xarajatlarini 90% ga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: suzish bilan shug‘ullanuvchi qizlar somatometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlarning maksimal o‘sish jarayoni 10-11 yoshli o‘quvchilar orasida qayd etilganligi sport bilan shug‘ullanmaydigan tengdoshlarda esa bir yil kechroq kuzatilishi natijasida suzishning funksional tizimlarga ta’sirini o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 3 noyabrda 8n-r/1222-son bilan tasdiqlangan «O‘quvchilar organizmining fiziologik ehtiyojlari va funksional imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakat motivatsiyasini rivojlantirish uslubiyati» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 5-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 81-T-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: suzish bilan muntazam shug‘ullanish uchun optimal gigienik sharoitlarni yaratish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasi, mashg‘ulotlarni boshlash uchun eng qulay yosh, mashg‘ulotlarning davomiyligi va takroriyligini, ovqatlanish va suv ichish tartibini inobatga olgan holda amalga oshirilgan. Bu esa sog‘liq holatini nazorat qilishni ta’minladi hamda suzish bilan shug‘ullanayotgan qizlarning o‘sishi va rivojlanishidagi buzilishlarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 90000-110000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir davolanish kursi uchun 630000-770000 so‘m) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslikdagi shifokorlar maslahatlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, turli darajadagi kasalliklar, ortiqcha vazn va semirishning oldini olish hisobiga davlat byudjeti xarajatlarini 90% ga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: suzish bilan shug‘ullanuvchi qizlarning ovqatlanish tartibi va odatlari sog‘lom ovqatlanish talablariga mos kelmasligi, hayvon oqsillari o‘rniga tarkibida protein bo‘lgan sport oziq-ovqat mahsulotlari hamda gazlangan, rangli ichimliklar va yarim tayyor mahsulotlarning ortiqchaligi hisobiga ayrim qizlar yiliga to‘rt martadan ortiq tibbiy yordamga murojaat qilishlari ovqatlanish statusini yangi tartibini ishlab chiqish zarurligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 3 noyabrda 8n-r/1222-son bilan tasdiqlangan «O‘quvchilar organizmining fiziologik ehtiyojlari va funksional imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakat motivatsiyasini rivojlantirish uslubiyati» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 5-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 81-T-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: suzish bilan muntazam shug‘ullanish uchun optimal gigienik sharoitlarni yaratish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasi, mashg‘ulotlarni boshlash uchun eng qulay yosh, mashg‘ulotlarning davomiyligi va takroriyligini, ovqatlanish va suv ichish tartibini inobatga olgan holda amalga oshirilgan. Bu esa sog‘liq holatini nazorat qilishni ta’minladi hamda suzish bilan shug‘ullanayotgan qizlarning o‘sishi va rivojlanishidagi buzilishlarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 90000-110000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir davolanish kursi uchun 630000-770000 so‘m) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslikdagi shifokorlar maslahatlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, turli darajadagi kasalliklar, ortiqcha vazn va semirishning oldini olish hisobiga davlat byudjeti xarajatlarini 90% ga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish