Raxmonova Xabiba Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t pufagining orqa miya va qorin nerv tugunlari bilan innervatsion aloqalarining morfologik asoslari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1622.
Ilmiy rahbar: Dexkanov Toshpulat Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Th7-Th10 segmentdagi orqa miya tugunlari va qorin nerv tugunlari bilan o‘t pufagining nerv apparati innervatsion bog‘lanishlarining morfologik o‘zgarishlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba hayvonlarining o‘t pufagi intramural nerv apparatining strukturaviy tarkibi o‘xshashligi, neyronlarning aksariyati bo‘yin qismida joylashganligi, ularning tanasi va tubida kamroq bo‘lishi, neyronlarning zichligi va ularning hajmi quyonlarga qaraganda itlarda yuqoriligi va bu farqlar II tip Dogel` hujayralariga qaraganda I tip Dogel` hujayralariga ko‘proq tegishli ekanligi asoslangan;
quyonlar va itlarda orqa miya va qorin nerv tugunlarining tuzilishi, ularning joylashishi, neyronlar, neyrogliyalar shakli, hujayraviy tarkibi tamoyili bir xil ekanligi, morfometrik ko‘rsatkichlardagi farqlar quyonlarga qaraganda itlarda nisbatan yuqoriligi isbotlangan;
ilk bor eksperimental xolesistektomiyadan so‘ng o‘t pufagini innervatsiyalovchi Th7-Th10 segmentdagi orqa miya tugunlari neyronlari va neyrogliyalaridagi morfofunksional o‘zgarishlar eksperimentning erta muddatlarida satellit hujayralarining giperplaziyasi va kechki muddatlarida neyronlar hajmining kichrayishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
ilk bor eksperimental xolesistektomiyadan so‘ng qorin nerv tugunlarida neyronlarning va ular tolalarining degenerativ o‘zgarishlari darajasi morfologik va morfometrik usullar yordamida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental hayvonlarda Th7-Th10 segmentdagi orqa miya va qorin nerv tugunlarining nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlar morfologiyasini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tajriba hayvonlarining o‘t pufagi intramural nerv apparatining strukturaviy tarkibi o‘xshashligi, neyronlarning aksariyati bo‘yin qismida joylashganligi, ularning tanasi va tubida kamroq bo‘lishi, neyronlarning zichligi va ularning hajmi quyonlarga qaraganda itlarda yuqoriligi va bu farqlar II tip Dogel` hujayralariga qaraganda I tip Dogel` hujayralariga ko‘proq tegishli ekanligi asoslanligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 11-son qarori bilan tasdiqlangan «Xolesistektomiyadan keyin orqa miya tugunlarining nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2024 yildagi 1708-7-107-TV/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 232-U-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nerv apparati bog‘lanishlarining morfofunksional xususiyatlarini tushunish o‘t pufagi kasalliklarini erta tashhislashning yangi usullarini ishlab chiqishga imkon beradi, bu esa yanada samarali davolashga va asoratlarni oldini olishga yordam beradi. Olingan bilimlarga asoslanib, o‘t pufagi nerv apparatining faoliyatini tartibga solishga qaratilgan innovatsion davolash usullarini yaratish mumkin, bu esa ushbu a’zoning surunkali kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘t pufagi kasalliklarini tashhislash va davolashning takomillashtirilgan usullaridan foydalanish orqali shifoxonaga yotqizish va jarrohlik aralashuvlar sonini kamaytirish, o‘t pufagi kasalliklarini samarali davolash va oldini olish, vaqtinchalik nogironlik darajasini pasaytirish natijasida shifoxonada bo‘lish vaqtini va xarajatlarni qisqarishi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: quyonlar va itlarda orqa miya va qorin nerv tugunlarining tuzilishi, ularning joylashishi, neyronlar, neyrogliyalar shakli, hujayraviy tarkibi tamoyili bir xil ekanligi, morfometrik ko‘rsatkichlardagi farqlar quyonlarga qaraganda itlarda nisbatan yuqoriligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 11-son qarori bilan tasdiqlangan «Xolesistektomiyadan keyin orqa miya tugunlarining nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2024 yildagi 1708-7-107-TV/2024-son, va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 232-U-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘t pufagi nerv apparati birikmalarining morfofunksional xususiyatlarini tushunish o‘t pufagi kasalliklarini erta tashhislashning yangi usullarini ishlab chiqishga imkon bergan, bu esa yanada samarali davolash va asoratlarni oldini olishga yordam bergan. Olingan bilimlarga asoslanib, o‘t pufagi nerv apparatining faoliyatini tartibga solishga qaratilgan innovatsion davolash usullarini yaratish mumkin, bu esa ushbu a’zoning surunkali kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘t pufagi kasalliklarini tashhislash va davolashning takomillashtirilgan usullaridan foydalanish orqali shifoxonaga yotqizish va jarrohlik aralashuvlar sonini kamaytirish, o‘t pufagi kasalliklarini samarali davolash va oldini olish, vaqtinchalik nogironlik darajasini pasaytirish natijasida shifoxonada bo‘lish vaqtini va xarajatlarni qisqarishi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental xolesistektomiyadan so‘ng o‘t pufagini innervatsiyalovchi Th7-Th10 segmentdagi orqa miya tugunlari neyronlari va neyrogliyalaridagi morfofunksional o‘zgarishlar eksperimentning erta muddatlarida satellit hujayralarining giperplaziyasi va kechki muddatlarida neyronlar hajmining kichrayishi bilan namoyon bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan «Xolesistektomiyadan keyin orqa miya tugunlarining nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2024 yildagi 1708-7-107-TV/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 232-U-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xolesistektomiyadan keyin orqa miya tugunlarining nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlarni tushunish bizga yanada samarali reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqishga imkon beradi, bu bemorlarning tiklanishini tezlashtirishga va operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Th7-Th10 segmentdagi orqa miya tugunlaridagi o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish shifokorlarga har bir bemorning asab tizimining xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash va reabilitatsiyaga yondashuvni individuallashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi yordamni yaxshilash, asoratlar sonining kamayishi va bemorlarning vaqtinchalik nogironlik muddatini qisqarishi, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlari qisqarishi orqali diagnostika va davolash harajatlari kamaytirishi natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental xolesistektomiyadan so‘ng qorin nerv tugunlarida neyronlarning va ular tolalarining degenerativ o‘zgarishlari darajasi morfologik va morfometrik usullar yordamida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 11-son qarori bilan tasdiqlangan «Xolesistektomiyadan keyin orqa miya tugunlarining nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2024 yildagi 1708-7-107-TV/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 232-U-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nerv tugunidagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash xolesistektomiyadan keyingi og‘riq, oshqozon-ichak disfunksional o‘zgarishlari va boshqalar kabi asoratlarni oldini olish va minimallashtirish strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi. Xolesistektomiyaning ayrim asoratlarining patogenetik mexanizmlarini aniqlash ularni davolash va qo‘llash bo‘yicha asosli tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular asosida bunday hollarda keyingi tekshirish va davolashni, shuningdek, profilaktika choralarini yaxshilash natijasida kasallikning asoratlari chastotasini kamaytirish orqali bemorlar nogironligining oldini olish, ularning ijtimoiy mavqeini yaxshilash mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot ishlari reaktiv o‘zgarishlarni o‘rganish va klinik amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eksperimental modellarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Olingan natijalar keyingi ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalar va davolash usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib, operatsiyadan keyingi asoratlar soni va og‘irligining kamayishi tibbiy yordam, reabilitatsiya va surunkali kasalliklarni davolash xarajatlarini kamaytirishi, operatsiyadan so‘ng bemorlarning tez va samarali tiklanishi, shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.