Abdisamadov Akmaljon Axmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘zning sil bilan zararlanishida diagnostik yondashuvlarni optimallashtirish», 14.00.26 – Ftiziatriya, 14.00.08 - Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib785.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Davronbek Zuxurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Toshpulatova Fotima Qudratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zokirxodjaev Rustam Asralovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘z tuberkulyozini aniqlashga kompleks yondashuv orqali erta tashxis qo‘yish usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z tuberkulezi ko‘z enukleatsiyasidan keyin gistologik verifikatsiyalanishda aniqlanishi, bu esa oftal`mologik tashhislash jarayonidagi xususiyatlar tufayli a’zoning chegaralangan zararlanishlarini erta aniqlash chastotasi pastligi asoslangan;
ko‘ruv a’zolarining tuberkulyozida mul`tifokal zararlanishi qayd qilinib, shox pardada, uveal o‘zanda infeksion agent bilan kontaktning hamda ta’sirchanlikning yuqoriligi sababli, kasallanishning ustunlik qilishi isbotlangan; 
ko‘zning tuberkulyozdan zararlanishida boshqa a’zolarning tuberkulyoz bilan zararlanishi va ko‘p hollarda tuberkulyozning havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi sababli,  o‘pka tuberkulyozi  bilan uchrash ehtimolligi yuqoriligi asoslangan;  
ko‘z tuberkulyozini erta bosqichlarda tashxislashda kompleks tartibda ko‘z yoshining molekulyar-genetik tekshiruvidan olingan natija yuqori diagnostik ahamiyatliligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi DM “Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi” Ilmiy kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/63-sonli xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘z tuberkulezi ko‘z enukleatsiyasidan keyin gistologik verifikatsiyalanishda aniqlanishi, bu esa oftal`mologik tashhislash jarayonidagi xususiyatlar tufayli a’zoning chegaralangan zararlanishlarini erta aniqlash chastotasi pastligi 2023-yil 26-oktyabrdagi 3/5-sonli akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan “Ko‘z tuberkulyozini aniqlashning diagnostik algoritmini ishlab chiqish” uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ushbu taklif Toshkent viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2024-yil 12-fevraldagi 20-son buyruq va Namangan viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2023-yil 15-noyabrdagi 49-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 15-yanvardagi 11/63 – sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy – tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: ko‘z tuberkulyozini erta aniqlash va davolashdan iborat bo‘lib, bu kasallikni aniqlash uchun tavsiya etilgan dasturlarning samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tuberkulyoz bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z tuberkulyozi erta aniqlanadi va har bir bemor davolanishida 7700000 so‘m byujet mablag‘lari iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘ruv a’zolarining tuberkulyozida mul`tifokal zararlanishi qayd qilinib, shox pardada, uveal o‘zanda infeksion agent bilan kontaktning hamda ta’sirchanlikning yuqoriligi sababli, kasallanishning ustunlik qilishi bo‘yicha tavsiyalar akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023-yil 26- oktyabrdagi 3/5-sonli “Ko‘z tuberkulyozini aniqlashning diagnostik algoritmini ishlab chiqish” uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ushbu taklif Toshkent viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2024-yil 12-fevraldagi 20-son buyruq va Namangan viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2023-yil 15-noyabrdagi 49-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 15-yanvardagi 11/63 – sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy – tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: ko‘z tuberkulyozini erta aniqlash va davolashdan iborat bo‘lib, bu ko‘z tuberkulyozini aniqlash bo‘yicha taklif etilayotgan dasturlar samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘z tuberkulyozini erta tashxislash bilan kasallangan bemorlarni davolash xarajatlarini 2,2 baravarga (kasallikka o‘z vaqtida tashxis qo‘yilib davolash natijasida, odatda sarflanadigan 26664000 so‘mlik xarajatning, 12120000 so‘mgacha kamayishiga erishiladi) iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘zning tuberkulyozdan zararlanishida boshqa a’zolarning tuberkulyoz bilan zararlanishi va ko‘p xollarda o‘pka tuberkulyozi bilan uchrashining ehtimolligi bo‘yicha tavsiyalar 2023-yil 26-oktyabrdagi 3/5-sonli akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan “Ko‘z tuberkulyozini aniqlashning diagnostik algoritmini ishlab chiqish” uslubiy tavsiyalari asosini tashkil etdi. Ushbu taklif Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2024-yil 12-fevraldagi 20-son buyruq va Namangan viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2023-yil 15-noyabrdagi 49-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 15-yanvardagi 11/63 – sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy – tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq qilish buyicha xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: ko‘z tuberkulyozini erta aniqlash va davolashdan iborat bo‘lib, bu taklif qilingan ko‘z tuberkulyozini aniqlash dasturlarining samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z tuberkulyozini erta tashxislashda har bir bemor uchun 7700000 so‘m tejashga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘z tuberkulyozini erta bosqichlarda tashxislashda kompleks tartibda ko‘z yoshining molekulyar-genetik tekshiruvi natijasi yuqori diagnostik ahamiyatliligi bo‘yicha tavsiyalar akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazning ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023-yil 26-oktyabrdagi 3/5-sonli “Ko‘z tuberkulyozini aniqlashning diagnostik algoritmini ishlab chiqish” uslubiy tavsiyasining mazmuniga kiritilgan.  Ushbu taklif Toshkent viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2024-yil 12-fevraldagi 20-son buyruq va Namangan viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 2023-yil 15-noyabrdagi 49-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 15-yanvardagi 11/63 – sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy – tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: ko‘z tuberkulyozini erta aniqlash va davolashdan iborat bo‘lib, bu taklif qilingan ko‘z tuberkulyozini aniqlash dasturlarining samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘z tuberkulyozini erta tashxislash bilan kasallangan bemorlarni davolash xarajatlarini 2,2 baravarga (kasallikka o‘z vaqtida tashxis qo‘yilib davolash natijasida, odatda sarflanadigan 26664000 so‘mlik xarajatning, 12120000 so‘mgacha kamayishiga erishildi) iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish