Abdurahimov Bobirjon Abdunabi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘-kon sanoati ishchilarining salomatligi va xavf omillarini gigienik baholashga tizimli yondashuv», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib3224.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Baxromjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamroqulova Muqaddasxon Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining salomatligi, ishlab chiqarish sharoiti va hayot tarzi bilan bog‘liq xavf omillarni gigienik baholash va oldini olishda tizimli kompleks gigienik chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘-kon sanoati korxonasining asosiy sexlarida havoning changlanganligi kremniy to‘rt oksidi hisobiga maydalash sexlarida eng yuqori miqdori qayd etilgan bo‘lib, havodagi kremniy to‘rt oksidi, uglerod oksidi va azot oksidi konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan keskin darajada 4 va 6 barobar oshib ketganligi isbotlangan;
tog‘-kon sanoati korxonasining mexanizatsiyalashgan transporti ekskavatorlari, harakatlanuvchi tarkiblari, burg‘ulash qurilmalari va samosvallarning haydovchilariga ta’sir etuvchi shovqin 3-sinf 1-darajaga mansub va 89 dBA ga teng, bu sexlarda burg‘ulash uskunalari shovqini esa 3-sinf 2-darajaga mansub va 94 dBA dan yuqori ekanligi isbotlangan; 
tog‘-kon sanoati ishchilarida kasalliklarning kelib chiqishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi yetakchi xavf omillari zararli ishlab chiqarish omillari darajasi, ish staji, oiladagi ruhiy holat, yashash sharoiti, ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalanmaganligi, kasbiy zo‘riqishlar, surunkali kasalliklarning mavjudligi, ovqatlanish tartibi va xarakteri kabi omillar ekanligi isbotlangan;
ishchilarning mehnat sharoiti, turmush tarzi va salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini hisobga olgan holda ularni dispanser nazoratiga olish va individual kuzatish, hamda birlamchi va ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi bashoratlash jadvali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mis ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining salomatligi, ishlab chiqarish sharoiti va hayot tarzi bilan bog‘liq xavf omillarni gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tog‘-kon sanoati korxonasining asosiy sexlarida havoning changlanganligi kremniy to‘rt oksidi hisobiga maydalash sexlarida eng yuqori miqdori qayd etilgan bo‘lib, havodagi kremniy to‘rt oksidi, uglerod oksidi va azot oksidi konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan keskin darajada 4 va 6 barobar oshib ketganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda 10-23/149-t–son bilan tasdiqlangan «Ishchilarning salomatlik holatini yaxshilashda xavf guruhlarini baholash va kompleks profilaktik chora-tadbirlarni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 05.12.2023 yildagi 167-p-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasining Olmaliq shahar bo‘limi bo‘yicha 23.02.2024 yildagi 196-10-147-SES/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/77-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasbiy kasallikka moyil va yuqori xavf guruhiga kiruvchi ishchilarni erta aniqlash ushbu xavf guruhlarida vaqtida davolash tadbirlarini tashkil qilish natijasida ishchilar orasida VMQY bilan bog‘liq holatlarini hamda kasbiy kasallikdan so‘ng ishchilar orasida uzoq muddatli va tez-tez kasalliklarga chalinish holatlarining yuzaga kelishini oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mis ishlab chiqarish korxonasi bir nafar ishchisining kasallanish tufayli 1 ish kunidagi 2657689 so‘m, 100 ta ishchiga esa 265768900 so‘mli iqtisodiy zarar oldi olinadi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: tog‘-kon sanoati korxonasining mexanizatsiyalashgan transporti ekskavatorlari, harakatlanuvchi tarkiblari, burg‘ulash qurilmalari va samosvallarning haydovchilariga ta’sir etuvchi shovqin 3-sinf 1-darajaga mansub va 89 dBA ga teng, bu sexlarda burg‘ulash uskunalari shovqini esa 3-sinf 2-darajaga mansub va 94 dBA dan yuqori ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda 10-23/149-t–son bilan tasdiqlangan «Ishchilarning salomatlik holatini yaxshilashda xavf guruhlarini baholash va kompleks profilaktik chora-tadbirlarni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 05.12.2023 yildagi 167-p-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasining Olmaliq shahar bo‘limi bo‘yicha 23.02.2024 yildagi 196-10-147-SES/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/77-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishchilar orasidagi kasallanishlarning kelib chiqishiga ta’sir qiluvchi yetakchi xavf omillarni aniqlash va uning asosida ishlab chiqilgan prognostik jadval orqali aholining salomatlik holatini baholash, xavf guruhiga kiruvchi aholi o‘rtasida tibbiy sanitariya yordami muassasalar xodimlari tomonidan salomatlikni saqlashga qaratilgan faoliyatidan qoniqish darajasini oshishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik jadvaldan (bashorat jadvali) samarali foydalanish orqali kasallikning boshlang‘ich davrida erta aniqlash darajasini 32,7% ga oshirish, ularni differensial dispanser monitoringini o‘tkazish va maqsadli sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish, xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish xavfini 19,0% ga kamaytirish, ishchilar orasida sog‘lom turmush ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini 31,7% o‘sishi, sex terapevtining byudjet vaqtini 23,0% kamaytirish, mehnatga layoqatsizlik holatining o‘rtacha davomiyligini 9,5 kundan 6,7 kungacha qisqarish natijasida bir nafar ishchini 1 kun statsionar sharoitida davolash uchun sarflanayotgan 293000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: tog‘-kon sanoati ishchilarida kasalliklarning kelib chiqishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi yetakchi xavf omillari zararli ishlab chiqarish omillari darajasi, ish staji, oiladagi ruhiy holat, yashash sharoiti, ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalanmaganligi, kasbiy zo‘riqishlar, surunkali kasalliklarning mavjudligi, ovqatlanish tartibi va xarakteri kabi omillar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda 10-23/149-t–son bilan tasdiqlangan «Ishchilarning salomatlik holatini yaxshilashda xavf guruhlarini baholash va kompleks profilaktik chora-tadbirlarni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 05.12.2023 yildagi 167-p-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasining Olmaliq shahar bo‘limi bo‘yicha 23.02.2024 yildagi 196-10-147-SES/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/77-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishchilarning kasallanish xavfini majmuaviy baholash, sex, sog‘lomlashtirish punkti, TSQ va umuman korxona miqyosida ishchilar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar samaradorligi tahlilini engillashtirish, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilishi (VMQY), uzoq va tez-tez kasal bo‘luvchilar sonini (UTTK) pasayishi, salomatlik indeksini ortishi, ishchilarni bitta xavf guruhidan chiqib ketishi, ma’lum vaqt kesimi davomida salomatlik guruhlarida dispanser kuzatuvlarini olib borish bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik jadvaldan (bashorat jadvali) samarali foydalanish orqali kasallikning boshlang‘ich davrida erta aniqlash darajasini 32,7% ga oshirish, ularni differensial dispanser monitoringini o‘tkazish va maqsadli sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish, xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish xavfini 19,0% ga kamaytirish, ishchilar orasida sog‘lom turmush ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini 31,7% o‘sishi, sex terapevtining byudjet vaqtini 23,0% kamaytirish, mehnatga layoqatsizlik holatining o‘rtacha davomiyligini 9,5 kundan 6,7 kungacha qisqarish natijasida bir nafar ishchini 1 kun statsionar sharoitida davolash uchun sarflanayotgan 293000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishchilarning mehnat sharoiti, turmush tarzi va salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini hisobga olgan holda ularni dispanser nazoratiga olish va individual kuzatish, hamda birlamchi va ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi bashoratlash jadvali ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda 10-23/149-t–son bilan tasdiqlangan «Ishchilarning salomatlik holatini yaxshilashda xavf guruhlarini baholash va kompleks profilaktik chora-tadbirlarni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 05.12.2023 yildagi 167-p-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasining Olmaliq shahar bo‘limi bo‘yicha 23.02.2024 yildagi 196-10-147-SES/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/77-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishchilar orasida xavf guruhini kompleks baholashga imkon beradigan mazkur istiqbolli jadvaldan keng foydalanish, davriy tibbiy profilaktik ko‘riklar paytida sex terapevti, SEO va JSX mehnat gigiena shifokori, BTSYo muassasalarida faoliyat yuritadigan tibbiyot xodimlariga, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hollarini, uzoq muddatli va tez-tez kasalliklarga moyil bo‘lganlarni dastlabki davrda aniqlashga, ularni differensial dispanser monitoringini o‘tkazishga, individual rejalarni tuzishga va maqsadli ravishda sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik jadvaldan (bashorat jadvali) samarali foydalanish orqali kasallikning boshlang‘ich davrida erta aniqlash darajasini 32,7% ga oshirish, ularni differensial dispanser monitoringini o‘tkazish va maqsadli sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish, xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish xavfini 19,0% ga kamaytirish, ishchilar orasida sog‘lom turmush ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini 31,7% o‘sishi, sex terapevtining byudjet vaqtini 23,0% kamaytirish, mehnatga layoqatsizlik holatining o‘rtacha davomiyligini 9,5 kundan 6,7 kungacha qisqarish natijasida bir nafar ishchini 1 kun statsionar sharoitida davolash uchun sarflanayotgan 293000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish