Fayzullaeva Nodira Ilxam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immun trombotsitopeniyaning morfofunksional, genetik xususiyatlarini o‘rganish va samarali davolash sxemalarini aniqlash” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2928.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Isxokov Eldor Djasurovich tibbiyot fanlari doktori; Qurbanova Zumrad Chutbaevna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali immun trombotsitopeniyada trombotsitlarning morfofunksional xolatini, molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish asosida tashxislash va davolashni takomillashtirish va samaradorligini bashorat qilish mezonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali immun trombotsitopeniya bemorlarida trombotsitlarning strukturaviy morfologik xususiyatlari va funksional faolligi hamda morfometrik ko‘rsatkichlari asosida ularni farqlash imkoniyati aniqlangan;
surunkali immun trombotsitopeniyaning bo‘lgan bemorlar guruhida GP I α (A1648G) genining polimorf lokuslari GS 2-3 darajali bemorlar guruxlarida va sog‘lom shaxslarga nisbatan noxush G allel va A/G genotip 3.6 va 3.4 marta oshishini statistik jixatdan ishonchli ekanligi aniqlangan;
GPIIβ genining polimorfizmi (T2622G) GS 0-1 va 2-3 darajadagi og‘irlik darajasi bo‘lgan immun trombotsitopeniya bilan og‘rigan bemorlarda salbiy allel (G: χ2=4.2; R=0.05) sonining statistik jihatdan sezilarli o‘sishi va asosiy genotip (T/T: χ2=4.9; R=0.05) soni pasayishi kasallik kechishi og‘irlik darajasini bashoratlashda axamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
gemopoezni rag‘batlantiruvchilari bilan konservativ davolashda surunkali immun trombotsitopeniya bemorlaridagi gemorragik sindromlarning og‘irlik darajasiga qarab individual yondoshish 80% xolatlarda 2-darajali terapiya sifatida qo‘llanilishida yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immun trombotsitopeniya bilan kasallangan bemorlarda kasallikning xavfini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali immun trombotsitopeniya bemorlarida trombotsitlar morfologiyasi MRV, PDW ko‘rsatkichlari oshganligi, P-LCR, PCT ko‘rsatkichlari pasayganligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 02.12.2024y, №32-I-sonli buyrug‘i va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 02.12.2024y, №1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-yanvar` 11-son bayonnomasiga asosan xulosasi). Trombotsitlarning morfometrik parametrlari asosida ularni farqlash imkoniyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immun trombotsitopeniyani aniqlash uchun MRV, PDW, P-LCR, PCT ko‘rsatkichlarini o‘rganish ushbu turdagi bemorlarni diagnostika sifatini yaxshilaydi, bu esa davolash muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirishga shuningdek, ushbu bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immun trombotsitopeniyani morfologik parametrlarini aniqlash uchun qo‘shimcha laborator-instrumental tekshiruvlar talab qilinmaydi, qo‘shimcha tekshiruvlar uchun vaqt va moddiy xarajatlarni kamaytirish orqali tejashga erishilgan. Zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan (TTA Urganch filiali klinikasi preyskuranti 1 kunga 130000 so‘m ) keyingi davolash usulini tanlash va tashxisiy tekshiruvlarga nisbatan qisqa vaqt ichida yakuniy tashxis qo‘yish imkonini bergan. Bu nogironlikni 50% ga kamaytirib, kasalxona uchun sarflanadigan mablag‘ni 1 nafar bemor uchun 1300000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik asoratini 6 bemordan 3 bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1300000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3900000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qilgan. Xulosa: Surunkali immun trombotsitopeniya bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlarning morfometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan xolda bir nafar bemor hisobiga 1300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali immun trombotsitopeniya bo‘lgan bemorlar guruhida GP I α (A1648G) genining polimorf lokuslari GS 2-3 darajali bemorlar guruxlarida va sog‘lom shaxslarga nisbatan noxush G allel va A/G genotip 3.6 va 3.4 marta oshishini statistik jixatdan ishonchli ekanligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 02.12.2024 y, №32-I-sonli buyrug‘i, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 02.12.2024y, №1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-yanvar` 11-son bayonnomasiga asosan xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immun trombotsitopeniya uchun xavf omillarini erta aniqlash, zarur profilaktika choralarini ko‘rish va davolanishni individual tarzda tuzish orqali erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan (TTA Urganch filiali klinikasi preyskuranti 1 kunga 130000 so‘m ) keyingi davolash usulini tanlash va tashxisiy tekshiruvlarga nisbatan qisqa vaqt ichida yakuniy tashxis qo‘yish imkonini bergan. Bu nogironlikni 50% ga kamaytirib, kasalxona uchun sarflanadigan mablag‘ni 1 nafar bemor uchun 1300000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: immun trombotsitopeniyani molekulyar-genetik hususiyatlarini baholash ishonchli tashhis qo‘yish va kasallikning salbiy oqibatlarning oldini olish imkonini bergan, bu esa bemorlarning umr ko‘rish sifati va davomiyligini yaxshilash imkonini bergan..
uchinchi ilmiy yangilik: GPIIβ genining polimorfizmi (T2622G) GS 0-1 va 2-3 darajadagi og‘irlik darajasi bo‘lgan immun trombotsitopeniya bilan og‘rigan bemorlarda salbiy allel (G: χ2=4.2; R=0.05) sonining statistik jihatdan sezilarli o‘sishi va asosiy genotip (T/T: χ2=4.9; R=0.05) soni pasayishi kasallik kechishi og‘irlik darajasini bashoratlashda axamiyatga ega ekanligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 02.12.2024 y, №32-I-sonli buyrug‘i, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 02.12.2024y, №1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-yanvar` 11-son bayonnomasiga asosan xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usulning joriy etilishi immun trombotsitopeniya va uning salbiy oqibatlarini erta bashorat qilish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immun trombotsitopeniya hastaligi bo‘lgan bemorlarda GPIIβ mutatsiyasini o‘rganish tashhis qo‘yish va klinik kechishida gemorragik sindromni kechishini og‘irlik darajasini erta bashorat qilish orqali bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini bir necha kunga kamaytirish orqali erishish imkonini bergan. Xulosa: GPIIβ mutatsiyasini o‘rganish immun trombotsitopeniyaning erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini bergan. Ushbu bemorlarning farmakoterapiyasini nazorat qilish kasallikning og‘irlashishini oldini olish va yotoq kunlari sonini kamaytirish orqali bitta bemorga xisoblaganda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gemopoezni rag‘batlantiruvchilari bilan konservativ davolashda surunkali immun trombotsitopeniya bemorlaridagi gemorragik sindromlarning og‘irlik darajasiga qarab individual yondoshish 80% xolatlarda 2-darajali terapiya sifatida qo‘llanilishida yuqori samaradorligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 02.12.2024 y, №32-I-sonli buyrug‘i, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 02.12.2024 y, №1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-yanvar` 11-son bayonnomasiga asosan xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immun trombotsitopeniyani gemopoez rag‘batlantiruvchilari bilan konservativ davolash bemorlarda og‘ir gemorragik sindromlarning engillashishiga, xayot sifatini yaxshilanishiga nogironlik ko‘rsatkichining kamayish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gemopoez rag‘batlantiruvchilari bilan konservativ davolash uchun katta moddiy xarajatlardan qochish, maqsadli terapevtik va profilaktika choralarini o‘tkazish imkonini bergan va davolashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: immun trombotsitopeniyani gemopoez rag‘batlantiruvchilari bilan konservativ davolash bemorlarda og‘ir gemorragik sindromlarning engillashishiga, xayot sifatini yaxshilanishiga nogironlik ko‘rsatkichining kamayish imkonini bergan.