Mirxalilova Nargiza Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish metodikasi” (O‘qish savodxonligi fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7859.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshmamatov Ismoil Absalamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Hamroev Alijon Ruziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘hyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari PIRLS xalqaro baholash dasturi konsepsiyasida mavjud mezon ko‘rsatkichlarini shaxs individual xususiyatlari va intellektini rivojlantirishga proporsional moslashtirish hamda milliy ta’lim tizimi meyoriy talablari bilan integratsiyalashuvini barqaror ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish metodikasi ishlab chiqilayotgan topshiriqlarning PIRLS xalqaro baholash dasturiga muvofiqligini ta’limiy maqsadlarga muvofiq ta’minlash, fanlarga oid integrativ keyslardan iborat kontekstual ma’lumotlarni oddiydan murakkabga qarab shakllantirish hamda o‘quv jarayonining intensiv ta’sirchanlik muhitidan ratsional foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishning funksional modeli xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlikning metodik ta’minotini kengaytirish, samaradorlik preferensiyalarini, pedagogik shart-sharoitlar komponentlarini analog topshiriqlar, konseptual tamoyillar, kognitiv mustaqillik mazmuni bilan uyg‘unlashtirish hamda qayta aloqaga kirishish dinamikasini o‘quv davrlari kesimida barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishning metodik ta’minoti xalqaro baholash tadqiqotlari standartlarini ta’lim oluvchilarning o‘quv potensiali va individual ta’lim traektoriyasiga mos pedagogik korreksiyalash hamda differensial, variativ va ergonomik talablarga muvofiq qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quvchilarida funksional savodxonlikni shakllantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
PIRLS xalqaro baholash dasturi konsepsiyasida mavjud shaxsga qo‘yilgan talablarni tezkor tahlil etish hamda hayotiy qaror qabul qilish ratsionalligini milliy ta’lim tizimi meyoriy talablari bilan uyg‘un integrallash jarayonlarini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishning didaktik ta’minotiga doir taklif va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-buyrug‘i, № 68-476 -son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash bo‘yicha ularning funksional savodxonligini shakllantirishga xizmat qilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturiga muvofiq topshiriqlar ishlab chiqishning didaktik imkoniyatlarini interpretativ tizimlashtirish hamda o‘quv jarayoniga ta’sir doirasini ta’limiy maqsadlarga konstruktiv validlash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishning pedagogik modeliga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-461 sonli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimedia texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2024 yil 28-noyabrdagi 04/11-12110-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonlarini tashkil etishda xalqaro baholash dasturlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishilgan;
PIRLS dasturiga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quv-meyoriy va tashkiliy komponentlarning analog topshiriqlar va konseptual tamoyillarga o‘quvchilarning qayta aloqaga kirishish darajasi progressiv dinamikligiga ko‘ra proporsional bog‘liqligini kogerentli aniqlash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish metodikasiga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-buyrug‘i, № 68-476 -son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash bo‘yicha ularning funksional savodxonligini shakllantirishning metodik mazmuni boyitilgan.
PIRLS tadqiqotlari standartlarini ta’lim oluvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga idientiv yo‘naltirish hamda differensial va variativ munosabatlarning ergonomik talablarga muvofiqligini istiqbol natijalar monitoring ko‘rsatkichlariga ko‘ra kalibrlash asosida takomillashtirilgan o‘quvchlarida funksional savodxonlikni shakllantirish mexanizmlariga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (2022-2023 yillarda). (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 04 sentyabrdagi 04-36-1317-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish imkoniyatlari oshgan.