Eydelnant Nelya Kuzminichnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buxoro-Xiva regioni yura davri karbonat formatsiyasi neftgazli jinslarining petrofizik xususiyatlariga ularning tuzilma-teksturaviy xilma xilligi va o‘zgaruvchanligining ta’siri», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/GM218.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘afur, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Xalismatov Irmuxamat, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva regioni neftgazli yura karbonat formatsiyasi jinslari strukturaviy-teksturaviy xususiyatlari, genezisi, moddiy tarkibi va qayta shakllanishining petrofizik xususiyatlarga ta’siri orqali uglevodorod to‘planishiga istiqbolli zonalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro-Xiva regionining beshta maydoni doirasida yura davri neftgazli karbonatli jinslarining genetik turlari va ularning petrorangbaranglik tarqalish qonuniyatlari aniqlangan;
yura karbonat formatsiyasi jinslarining sedimentatsiyadan so‘ngi jarayonlar ta’sirida o‘zgarganligi (kern bo‘yicha) va ular ta’siri ostida jinslarning fil`tratsiya-sig‘im xususiyatlari yaxshilanganligi aniqlangan;
GIS bo‘yicha yura karbonat kesmalari qatlam-kollektorlarining tarqalganligi va ularning ma’lum bir karbonatli jinslar petroxilma-xil turlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
GIS va kern materiallari bo‘yicha qatlam-kollektorlar g‘ovakligining eng yuqori qiymatlari sezilarli strukturaviy-teksturaviy notekislikka ega bo‘lgan neftgazli yura karbonat yotqiziqlarining biogen va donador genetik turlariga to‘g‘ri kelishi isbotlangan;
Buxoro-Xiva regioni yura karbonatli jinslar majmuasida neft` va gaz to‘plamlarini izlash uchun istiqbolli zonalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro-Xiva regioni yura davri karbonat formatsiyasi neftgazli jinslarining petrofizik xususiyatlariga ularning tuzilma-teksturaviy xilma xilligi va o‘zgaruvchanligining ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Burgutli, Janubiy Chavata, Xalqobod, Yangi Nishon aniqlangan strukturalarni tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar "O‘zbekgeofizika" AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 2 iyuldagi 08-2331-son ma’lumotnomasi). Natijada, aniqlangan Burgutli (Barxanli) tuzilma Qozoqbuloq deb qayta nomlanib, S3 toifasi bo‘yicha istiqbolli resurslar (5830 mln. t.sh.yo) bilan burg‘ilashga tayyorlash imkonini bergan;
Buxoro pog‘onasining markaziy qismi Kogon ko‘tarilmasining janubiy tugashidagi Zirabod konidan to aniqlangan Yangi Zekri maydonigacha MOGT-3D seysmik-qidiruv ishlarini olib borishni asoslash bo‘yicha tavsiyanoma "O‘zbekgeofizika" AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon` sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 2 iyuldagi 08-2331-son ma’lumotnomasi). Natijada, MOGT-2D seysmik-qidiruv ishlarini olib borish jarayonida S3 toifasidagi istiqbolli resurslari 4815 mln. t.sh.yo. bo‘lgan Yangi Chuqurko‘l tuzilmani burg‘ilashga tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish