Mallaboev Anvarjon Sotvoldievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transformatsiyalashuv sharoitida milliy iqtisodiyot barqarorlashuvining makroiqtisodiy jihatlari», 08.00.02-Makroiqtisodiyot, 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt.3689.
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Salimov Baxtiyor Tadjievich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-tehnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tarkibiy transformatsiyalashuv  mexanizmlarini takomillashtirish asosida barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra «tarkibiy transformatsiya jarayoni» tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy o‘sish, samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida iqtisodiyotning tarmoqlari, sohalari va hududlari o‘rtasida resurslarni qayta taqsimlash, yangi texnologik asoslarga o‘tish, innovatsiyalarni keng joriy etish orqali amalga oshiriladigan uzoq muddatli, tizimli jarayon nuqtai nazaridan milliy iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasining aniqlanishi hamda tarkibiy transformatsiyalashuvning takomillashtirilgan uslubiyoti asoslangan;
iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida ishlab chiqaradigan sanoat tarmoq tarkibini texnologik intensivligiga ko‘ra baholash orqali yuqori hamda o‘rta-yuqori texnologiyali tarmoqlarni eksportdagi ulushini oshirish asosida milliy sanoat sifat tarkibini takomillashtirish taklifi asoslangan;
Milliy iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasining Xalqaro sanoat standarti tasnifi (ISIC Rev.4) asosida ishlab chiqarish omillari intensivligiga ko‘ra sanoat tarmoq tarkibi aniqlangan hamda tarkibiy transformatsiyalashuvning uslubiy jihatlari mamlakatlarning “sanoat hayot egri chizig‘i” bo‘ylab joylashuvi mezonlari asosida baholash orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda ishlab chiqaradigan sanoatning barqaror iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda transformatsiyalashuv sharoitida milliy iqtisodiyot barqarorlashuvining makroiqtisodiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «tarkibiy transformatsiya jarayoni» tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy o‘sish, samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida iqtisodiyotning tarmoqlari, sohalari va hududlari o‘rtasida resurslarni qayta taqsimlash, yangi texnologik asoslarga o‘tish, innovatsiyalarni keng joriy etish orqali amalga oshiriladigan uzoq muddatli, tizimli jarayon nuqtai nazaridan milliy iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasining aniqlanishi hamda tarkibiy transformatsiyalashuvning takomillashtirilgan uslubiyoti bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ish faoliyatiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024- yil 24 -iyundagi 9/01-12-13804-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar tarkibiy islohotlar hamda sanoatlashuv jarayonlarini jadallashtirishga doir amaliy ahamiyati yuqori bo‘lgan va ilmiy asoslangan dasturlarni shakllantirishning uslubiy asoslarini  takomillashtirishga xizmat qilgan;
iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida ishlab chiqaradigan sanoat tarmoq tarkibini texnologik intensivligiga ko‘ra baholash orqali yuqori hamda o‘rta-yuqori texnologiyali tarmoqlarni eksportdagi ulushini oshirish asosida milliy sanoat sifat tarkibini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ish faoliyatiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 24-iyundagi 9/01-12-13804-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifninig amaliyotga joriy etilishi IChS tarmog‘ida yaratilgan mahsulotlarni texnologik intensivlik darajasiga ko‘ra tahlil qilish, tarmoq mahsulotlari eksportini texnologik intensivligiga ko‘ra optimallashtirish, yuqori texnologiyali  tarmoqlarni rivojlantirishga doir istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirish hisobiga milliy sanoat ishlab chiqarishi va eksportini sifatli diversifikatsiya qilishga imkon yaratgan;
Milliy iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasining Xalqaro sanoat standarti tasnifi (ISIC Rev.4) asosida ishlab chiqarish omillari intensivligiga ko‘ra sanoat tarmoq tarkibi aniqlangan hamda tarkibiy transformatsiyalashuvning uslubiy jihatlari mamlakatlarning “sanoat hayot egri chizig‘i” bo‘ylab joylashuvi mezonlari asosida baholash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ish faoliyatiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 24 iyundagi 9/01-12-13804-son ma’lumotnomasi).Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar tahlilini amalga oshirish va milliy sanoatni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlashga zamin yaratgan. 
O‘zbekistonda ishlab chiqaradigan sanoatning barqaror iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024 yil 21 fevraldagi  PF-37 sonli  “O‘zbekiston-2030” strategiyasini  “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmonining 2-ilovasidagi   45-, 47-, 48-moddalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 -yil 24- iyundagi 9/01-12-13804-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi YaIM o‘sish sur’atlarini 6 foiz, bunda sanoat mahsulotlari o‘sishini 7 foizdan kam bo‘lmagan darajada ta’minlash, mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish, sanoatning «drayver» sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish borasidagi imkoniyatlarni aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish