Mamadjonov Adhamjon Baxtiyorjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatida “yumshoq kuch” omili”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss411
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, professor, Jalilov Aktam Tashnazarovich siyosiy fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiya Respublikasining Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatida “yumshoq kuch” omilini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiya Respublikasining zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni va faol ishtirokining ortib borishi, bugungi tashqi siyosatdagi milliy manfaatlarini amalga oshirishda “yumshoq kuch” vositalaridan samarali foydalanayotgani hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik jarayonlaridagi “yumshoq kuch” diplomatiyasining madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy va ommaviy axborot vositalari kabi sohalarda erishilgan yutuqlarini turkiy davlatlar makonida tadbiq etishga qaratilgan tashabbuslari “turkiy yumshoq kuch” modeliga ko‘ra asoslab berilgan; 
Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik kun tartiblarini shakllantirayotgan va xalqaro munosabatlarning obekti maqomidan faol subekti sifatida jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanayotgani, Turkiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro ishonch, tenglik va hurmat tamoyillari hamda ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarning ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ta’lim singari ustunlarga asoslanishi “Turkiy davr” konsepsiyasi asosida isbotlangan;
Turkiyaning Markaziy Osiyodagi “yumshoq kuch” siyosati tarixiy, til, madaniy, diniy va mafkuraviy vositalar orqali mintaqaga ta’sir ko‘rsatishi, bu boshqa tashqi aktorlarning “yumshoq kuch”ga yo‘naltirilgan strategiyasini ikki tomonlama aloqalar doirasidan tashqari ko‘p tomonlama institutsional mexanizmlar asosida amalga oshirishiga turtki bo‘layotgani va “yumshoq kuchga qarshi yumshoq kuch” tamoyilini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqib, Markaziy Osiyoning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha mintaqaviy agentligini tashkil etish taklifi dalillangan;
Turkiya Respublikasining tashqi siyosatida “yumshoq kuch”dan foydalanish amaliyotini tahlil qilish asosida, “Markaziy Osiyo ruhi”, vositachilik, xalq va madaniy diplomatiyaning to‘plangan tajribasi hamda O‘zbekistonning xorijiy maydondagi ijobiy imidjini yanada kengroq targ‘ib qilishga qaratilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi “yumshoq kuch” siyosatini amalga oshirishning konseptual modelini takomillashtirish, hamda mazkur modelni samarali amalga oshirish maqsadida alohida tashqi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston Tashqi Hamkorlik Agentligini tashkil etish g‘oyasi ilgari surilgan hamda uning zarurati ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatida “yumshoq kuch” omilini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari asosida:
Turkiya Respublikasining tashqi siyosatida “yumshoq kuch”dan foydalanish amaliyotini tahlil qilish asosida, “Markaziy Osiyo ruhi”, vositachilik, xalq va madaniy diplomatiyaning to‘plangan tajribasi hamda O‘zbekistonning xorijiy maydondagi ijobiy imidjini yanada kengroq targ‘ib qilishga qaratilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi “yumshoq kuch” siyosatini amalga oshirishning konseptual modelini takomillashtirish, hamda mazkur modelni samarali amalga oshirish maqsadida alohida tashqi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston Tashqi Hamkorlik Agentligini tashkil etish g‘oyasi ilgari surilgan hamda uning zarurati borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 202-yil 28-sentyabrdagi №15/29325-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Turkiyaning Markaziy Osiyodagi “yumshoq kuch” siyosati tarixiy, til, madaniy, diniy va mafkuraviy vositalar orqali mintaqaga ta’sir ko‘rsatishi, bu boshqa tashqi aktorlarning “yumshoq kuch”ga yo‘naltirilgan strategiyasini ikki tomonlama aloqalar doirasidan tashqari ko‘p tomonlama institutsional mexanizmlar asosida amalga oshirishiga turtki bo‘layotgani va “yumshoq kuchga qarshi yumshoq kuch” tamoyilini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqib, Markaziy Osiyoning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha mintaqaviy agentligini tashkil etish taklifi va ilmiy xulosalaridan millatlararo madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xalqlar do‘stligi bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 9-sentyabrdagi №14-08-1465-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar qo‘mitaning sohaviy, axborot-tahliliy materiallarni boyitish va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik kun tartiblarini shakllantirayotgan va xalqaro munosabatlarning obekti maqomidan faol subekti sifatida jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanayotgani, Turkiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro ishonch, tenglik va hurmat tamoyillari hamda ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarning ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ta’lim singari ustunlarga asoslanishi “Turkiy davr” konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgani haqidagi ilmiy xulosalari, taklif va tavsiyalari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqbollar (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” amaliy tashabbuskor loyihasi doirasida foydalanilgan. (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 28-iyundagi №01-04-01/1446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar loyiha doirasida chop etilgan tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan 
Turkiya Respublikasining zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni va faol ishtirokining ortib borishi, bugungi tashqi siyosatdagi milliy manfaatlarini amalga oshirishda “yumshoq kuch” vositalaridan samarali foydalanayotgani hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik jarayonlaridagi “yumshoq kuch” diplomatiyasining madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy va ommaviy axborot vositalari kabi sohalarda erishilgan yutuqlarini turkiy davlatlar makonida tadbiq etishga qaratilgan tashabbuslari “turkiy yumshoq kuch” modeliga asoslanayotganligi  kabi fikrlardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi faoliyati hamda axborot, tahliliy xujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston – “Shanxay” hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiya markazining 2024 yil 7 apreldagi №179/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar tashkilot faoliyatidagi tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish