Ostanov Shuxrat Sharifovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik determinantlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P140.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafro‘z Suyunovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, 03/30.12.2021.P.26.02
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Fayziev Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Qabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik determinantlari o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlardagi kreativlikni namoyon bo‘lishida shaxsning fikrlashdagi ravonligi, tafakkur moslashuvchanligi, narsa va hodisalarni tahlil qilish darajasidagi differensial farqlarga asoslanib, ijtimoiy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega ekanligi daillangan;
o‘smirlardagi destruktiv xulqning kreativlikka transformasiyalanishida shaxsning vaqtga nisbatan yo‘nalganlik, ichki qo‘llab-quvvatlanish, sensorlik, sinergiya, bilishga bo‘lgan ehtiyojini dinamik namoyon bo‘lishini ijtimoiy munosabatlarga bog‘liqligiga asoslanib shaxsning o‘z-o‘zini anglashi ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlardagi agressivlik shaxsning faoliyatga, ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qarashlarining emotsional ta’sirchanlikka bog‘liq holda namoyon bo‘lishini konstruktiv yo‘naltirilishiga asoslanib agressiyani kreativlik sifatlari ta’sirida transformasiyalanishi dalillangan;
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun faoliyat motivatsiyasining fikrlashdagi «yangilikka intilish hissi», emotsional holatlarda o‘zini baholashning adekvatligi, ijtimoiy munosabatlarda nostandart va tanqidiy qarashlarning kuchayishini ta’minlash zarurligi tufayli ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllanishiga erishish muhimligi dalillangan;
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik modeli shaxslararo munosabatlardagi agressivlik hamda emotsional beqarorlikning fikrlashdagi adaptivlik va divergentlik orqali transformatsiyalanishiga erishish muhimligiga asoslanib shaxs ijodiy faolligi va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini o‘zaro integrativ namoyon bo‘lish  mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik determinantlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlardagi kreativlikni namoyon bo‘lishida shaxsning fikrlashdagi ravonligi, tafakkur moslashuvchanligi, narsa va hodisalarni tahlil qilish darajasidagi differensial farqlarga asoslanib, ijtimoiy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega ekanligi daillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024- yil 08-oktyabrdagi  PM 222-a-sonli buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 08-oktyabrdagi PM 222-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada destruktiv xulq-atvorli o‘smir1ardagi kreativlikni namoyon bo‘lishidagi differensial farqlari aniqlashtirilgan;
o‘smirlardagi destruktiv xulqning kreativlikka transformasiyalanishida shaxsning vaqtga nisbatan yo‘nalganlik, ichki qo‘llab-quvvatlanish, sensorlik, sinergiya, bilishga bo‘lgan ehtiyojini dinamik namoyon bo‘lishini ijtimoiy munosabatlarga bog‘liqligiga asoslanib shaxsning o‘z-o‘zini anglashi ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan ma’lumotlarni Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 08-oktyabrdagi  PM 222-a-sonli buyrug‘iga binoan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 08-oktyabrdagi PM 222-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi destruktiv xulqning kreativlik sifatlariga bog‘liq jihatlarini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan;
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlardagi agressivlik shaxsning faoliyatga, ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qarashlarining emotsional ta’sirchanlikka bog‘liq holda namoyon bo‘lishini konstruktiv yo‘naltirilishiga asoslanib agressiyani kreativlik sifatlari ta’sirida transformasiyalanishi dalillangan ilmiy yangilikni Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 08-oktyabrdagi  PM 222-a-sonli buyrug‘iga binoan «Shaxslararo munosabatlar  psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 08-oktyabrdagi PM 222-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada destruktiv xulq-atvorli o‘smirlardagi agressiyani kreativlik sifatlari ta’sirida transformasiyalanishini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan; 
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun faoliyat motivasyasining fikrlashdagi «yangilikka intilish hissi», emotsional holatlarda o‘zini baholashning adekvatligi, ijtimoiy munosabatlarda nostandart va tanqidiy qarashlarning kuchayishini ta’minlash zarurligi tufayli ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllanishiga erishish muhimligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 08-oktyabrdagi  PM 222-a-sonli buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 08-oktyabrdagi PM 222-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun psixologik mexanizmlari aniqlashtirilgan; 
destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik modeli shaxslararo munosabatlardagi agressivlik hamda emotsional beqarorlikning fikrlashdagi adaptivlik va divergentlik orqali transformatsiyalanishiga erishish muhimligiga asoslanib shaxs ijodiy faolligi va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini o‘zaro integrativ namoyon bo‘lish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan. ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 08-oktyabrdagi  PM 222-a-sonli buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 08-oktyabrdagi PM 222-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada destruktiv xulq-atvorli o‘smirlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik modelini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish