Nurabullaev Tanirbergen Allambergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rahbar kadrlar yetakchilik sifatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P277.
Ilmiy rahbar: Saparov Shingis Baxievich, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Haitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdullajonova Dilnozaxon Sultanbekovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rahbar kadrlar yetakchilik sifatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbar kadrlar kasbiy faoliyatida yetakchilik sifatlarining shakllanishi o‘zaro kongruent hamkorlik, kasbda mas’ullik, mustaqil va konstruktiv qarorlarni qabul qilishga interpersonal xususiyatlarning ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tufayli shaxslararo munosabatlar tizimiga bog‘liq ekanligi isbolangan.
shaxsning kasiy faolyaitdagi «rahbar-xodim» munosabatlarida konvensional axloq, ma’naviy va emotsional etuklik, ijtimoiy intellekt, mustaqil fikrlashning ustuvorligi jamoada liderlik hamda guruh jipsligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etganligi tufayli ijtimoiy-psixologik faktorlarga bog‘liq ekanligi asoslangan.
rahbarlarning kasbiy faoliyatdagi yetakchilik sifatlarining namoyon bo‘lishi o‘zaro munosabatlarda hukmronlikka intilishning mustaqil, ishonchsizlik, tortinchoqlik bilan, muammoli vaziyatlarda o‘zini tutishning bo‘ysunuvchanlik, hamkorlik, mas’uliyatlilik bilan uyg‘un holda qaror qabul qilish uslubiga intensiv ta’sir etganligi bois boshqaruv qarorlarini qabul qilishga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan.
rahbarlarda yetakchilik faoliyatini shakllanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar jamoadagi shaxslararo munosabatlarda avtoritar uslub, agressivlik, skeptiklik (ishonchsizlik), tortinchoqlik, tobelik va nostandart vaziyatlarda o‘zini boshqara olmaslikning boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs kommunikativ sifatlariga bog‘liq ravishda differensiatsiyalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Rahbar kadrlar yetakchilik sifatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
rahbar kadrlar kasbiy faoliyatida yetakchilik sifatlarining shakllanishi o‘zaro kongruent hamkorlik, kasbda mas’ullik, mustaqil va konstruktiv qarorlarni qabul qilishga interpersonal xususiyatlarning ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tufayli shaxslararo munosabatlar tizimiga bog‘liq ekanligi isbolanganligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga tatbiq qilingan. (Nizomiy nomli TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-232-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada rahbar kadrlar faoliyatida yetakchilik sifatlarining shakllanish jarayonlarining psixologik jihatlari ochib berilgan.
shaxsning kasiy faolyaitdagi “rahbar-xodim” munosabatlarida konvensional axloq, ma’naviy va emotsional etuklik, ijtimoiy intellekt, mustaqil fikrlashning ustuvorligi jamoada liderlik hamda guruh jipsligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etganligi tufayli ijtimoiy-psixologik faktorlarga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga tatbiq qilingan. (Nizomiy nomli TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-232-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning kasbiy faoliyatdagi “rahbar-xodim” munosibatlarida konvencional axlox normalari tafsiflangan.
rahbarlarning kasbiy faoliyatdagi yetakchilik sifatlarining namoyon bo‘lishi o‘zaro munosabatlarda hukmronlikka intilishning mustaqil, ishonchsizlik, tortinchoqlik bilan, muammoli vaziyatlarda o‘zini tutishning bo‘ysunuvchanlik, hamkorlik, mas’uliyatlilik bilan uyg‘un holda qaror qabul qilish uslubiga intensiv ta’sir etganligi bois boshqaruv qarorlarini qabul qilishga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganlik darajasi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga tatbiq qilingan. (Nizomiy nomli TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-232-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada rahbarlarning kasbiy faoliyatdagi yetakchilik sifatlarining namoyon bo‘lishida qaror qabul qilish uslubiga oid ma’lumotlar ochib berilgan.
rahbarlarda yetakchilik faoliyatini shakllanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar jamoadagi shaxslararo munosabatlarda avtoritar uslub, agressivlik, skeptiklik (ishonchsizlik), tortinchoqlik, tobelik va nostandart vaziyatlarda o‘zini boshqara olmaslikning boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs kommunikativ sifatlariga bog‘liq ravishda differensiatsiyalashtirilganligiga doir natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga tatbiq qilingan. (Nizomiy nomli TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-232-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada rahbarlarda yetakchilik faoliyatini shakillanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning shaxs kommunikativ sifatlariga bog‘liqligini tadqiq etish samaradorligi oshgan.