Xatamova Gulbaxor Abdumo‘min qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kursantlarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P961.
Ilmiy rahbar: Muxtarova Aziza Erkinovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Axnazarova Diyora Erkin qizi, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kursantlarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish asosida tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanishida  hissiy boshqaruv emosional bilimdonlik, empatiya, moslashuvchanlik o‘z emosiyalarini boshqarish, muloqotchanlik esa o‘ziga motivasiya berish, o‘zga insonlarning kechinmalariga sezuvchanlik bilan uzviy bog‘liqligiga asoslanib, emosional intellekt ustuvor omil ekanligi isbotlangan
kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanishi shaxslararo munosabatlardagi hissiy boshqaruv o‘ziga yo‘nalganlik, ta’limga moslashuvchanlik odamlarga yo‘nalganlik, muloqotchanlik esa faoliyatga yo‘nalganlikka bog‘liq namoyon bo‘lishi tufayli shaxs yo‘nalganligiga identiv kechishi isbotlangan
kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini ta’lim kurslariga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra «hissiy boshqaruv» omili «yon bosuvshanlik» omili bilan ijobiy hamda «agressivlik» omili bilan salbiy, «moslashuvchanlik» omili «layoqatlilik» omili bilan ijobiy, «muloqotchanlik» omili «agressivlik» omili bilan salbiy aloqadorlikda ekanligiga asoslanib, psixologik xususiyatlarning differensial ta’siri aniqlangan.  
kursantlarning kommunikativ  kompetensiyalarini rivojlantirishda  «hissiy boshqaruv», «moslashuvchanlik» va «muloqotchanlik»ka korreksion ta’sir etish orqali empatiya, o‘zini baholash darajasini oshirish muhimligi tufayli hissiy-konativ sohani barqaror shakllanishiga erishish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kursantlar kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanishida  hissiy boshqaruv emosional bilimdonlik, empatiya, moslashuvchanlik o‘z emosiyalarini boshqarish, muloqotchanlik esa o‘ziga motivasiya berish, o‘zga insonlarning kechinmalariga sezuvchanlik bilan uzviy bog‘liqligiga asoslanib, emosional intellekt ustuvor omil ekanligi isbotlangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-298-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial  psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-298-a-son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik imkoniyatlari tahlil etish inkoniyati yaratilgan.
kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanishi shaxslararo munosabatlardagi hissiy boshqaruv o‘ziga yo‘nalganlik, ta’limga moslashuvchanlik odamlarga yo‘nalganlik, muloqotchanlik esa faoliyatga yo‘nalganlikka bog‘liq namoyon bo‘lishi tufayli shaxs yo‘nalganligiga identiv kechishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-298-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial  psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-298-a-son ma’lumotnomasi).  Natijada kursantlarning kommunikativ kompetensiyalari namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlar aniqlashtrilgan.
kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini ta’lim kurslariga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra «hissiy boshqaruv» omili «yon bosuvshanlik» omili bilan ijobiy hamda «agressivlik» omili bilan salbiy, «moslashuvchanlik» omili «layoqatlilik» omili bilan ijobiy, «muloqotchanlik» omili «agressivlik» omili bilan salbiy aloqadorlikda ekanligiga asoslanib, psixologik xususiyatlarning differensial ta’siri aniqlangan xulosalar  Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-298-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial  psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-298-a-son ma’lumotnomasi). Natijada  kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarining psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
kursantlarning kommunikativ  kompetensiyalarini rivojlantirishda  «hissiy boshqaruv», «moslashuvchanlik» va «muloqotchanlik»ka korreksion ta’sir etish orqali empatiya, o‘zini baholash darajasini oshirish muhimligi tufayli hissiy-konativ sohani barqaror shakllanishiga erishish zarurati asoslangan ma’lumotlar  Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-298-son buyrug‘iga asosan «Psikorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-298-a-son ma’lumotnomasi). Natijada  kursantlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantiruvchi dastur ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish