Adigezalova Zulfiyaxon Parxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Salix L. turkum turlarining ekologik-biologik xususiyatlari va ularning atmosfera ifloslanishiga chidamliligi (Toshkent shahri misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B341.
Ilmiy rahbar: Yodgorova Dilfuza Shavkatovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Olimjon Qaxxorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Salix L. turkumiga  mansub S. alba, S. babylonica,
S. masudana, S. aegyptiacalarning ekologik va biologik xususiyatlarini hamda ularning Toshkent shahri sharoitida atmosfera ifloslanishiga chidamliligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor S. aegyptiaca, S. alba, S. babylonica, S. masudana turlarining Toshkent shahri sharoitida atmosfera ifloslanishiga chidamliligi aniqlangan;
Toshkent shahrining turli darajada ifloslangan hududlarida S. aegyptiaca,
S. alba, S. babylonica, S. masudanalarning fenologik o‘zgarishlari ekologik muhitlarga bog‘liq holda ochib berilgan;
S. babylonica, S. matsudana barglari tuzilishining morfo-anatomik xususiyatlari tahlil qilingan va o‘simliklarning ifloslanishga chidamliligini ifodalovchi kseromorf belgilari aniqlangan;
S. babylonica, S. masudana barglarida va tajriba maydonlari tuproqlarida og‘ir metallarning (Pb, Zn, Cd, Cu) yig‘ilishi tahlil qilingan va o‘simliklarning kumulyativ hususiyati, tuproq va barg o‘rtasida to‘g‘ri va teskari korrelyasiya mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Salix L. turkumiga mansub S. aegyptiaca, S. alba, S. babylonica, S. masudana turlarining bioekologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ining  4 sotix maydonida S. alba, S. babylonica, S. masudana, S. aegyptiaca (jami 2335) qalamchalari tayyorlanib, ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasining 2022 yil 10 avgustdagi 4/1255-1897-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, etishtirilgan ko‘chatlardan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga muvofiq, Toshkent shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish uchun foydalanish imkonini bergan;
O‘zbekiston milliy gerbariy jamg‘armasiga (TASh) Toshkentda keng tarqalgan Salix L. turkumining mansub 4 turidan 48 ta gerbariy nusxasi hamda Toshkent viloyatining Oqtosh tog‘lari va Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududidan 6 ta turdan iborat 72 ta gerbariy nusxasi yig‘ilib, gerbariy fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 15 avgustdagi 4/1255-1938-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston milliy gerbariysi (TASh) o‘simliklar kolleksiyasi to‘ldirilib, elektron ma’lumotlar bazasini (botany.uz) kengaytirish imkonini bergan;
Toshkent viloyati Oqtosh tog‘lari va Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududlaridan Salix L. turkumining 3 yangi turi Botanika bog‘ining “Markaziy Osiyo ekspozisiyasi”da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04-02/7-1787-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shahar ekotizimini optimallashtirish uchun o‘rganilayotgan yangi turlarni ko‘paytirish va ularni turli darajada ifloslangan hududlarda ekish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish