Boynazarov Baxron Raimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Atrof-muhit ob’ektlarida ftor va ayrim og‘ir metallarning zararli ta’sirini kamaytiruvchi agrobiotexnologiyasini ishlab chiqish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/B146.
Ilmiy maslahatchi: Djumaniyazova Gul`nara Ismailovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.V.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jobborov Baxrom Turg‘unovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Juliev Muxiddin Komilovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Sanakulov Akmal Lapasovich,  qishloq xo‘jaigi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti  .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atrof-muhit ob’ektlarida ftor va ayrim og‘ir metallarning zararli ta’sirini kamaytiruvchi agrobiotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarda N180P110K65 kg/ga, K-Gumat o‘g‘iti (200 l/ga), Teria-S (1,5 l/ga) va Serhosil (20 l/ga) biopreparatlarini majmuaviy qo‘llanilishi tuproqning agrokimyoviy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sirini ochib berilgan;
hududning tuproq sharoitlarida ftor va og‘ir metallar miqdorlarini kamaytirishda  N180P110K65 kg/ga, K-Gumat o‘g‘iti (200 l/ga), Teria-S (1,5l/ga) va Serhosil (20l/ga) biopreparatlarini majmuaviy qo‘llanilishi tuproqdagi fosfor parchalovchi bakteriyalar soni 3 tartibga, kaliy parchalovchi bakteriyalar soni 4 tartibga nazorat variantiga nisbatan ko‘tarilganini ilmiy asoslangan;
ftor birikmalari bilan ifloslangan tuproq sharoitida ftorning harakatchan shakllarni kamaytirishda K-Gumat ning kam miqdorlari (0,15 ml/100 g tuproqqa) ijobiy samara berishi ilmiy asoslangan;
hududning tuproq sharoitlarida tuproqni sog‘lomlashtirish va kuzgi bug‘doy o‘simliklarida og‘ir metallar va ftor miqdorlarini kamaytirishda Rizokom-2 biopreparati (1,5 l/ga), K-Gumat organik o‘g‘iti (200 l/ga), Teria-S bakterial o‘g‘iti (1,5 l/ga) va Serhosil  biopreparatlarini (20 l/ga) miqdorlarida qo‘llanilishi ilmiy tomondan isbotlangan;
ftor birikmalari bilan ifloslangan tuproqlarda bug‘doy etishtirishda NPK, K-Gumat organik o‘g‘iti, Teria-S bakterial o‘g‘iti va Serhosil  biopreparatlarini majmuaviy qo‘llanilishi tuproqlarga ftorning toksik ta’sirini kamaytirganini va agronomik muhim bo‘lgan azot (0,085-0,109%), fosfor (0,145-0,155%) va kaliy (0,9-0,96%) elementlarini miqdori bioo‘g‘itlar qo‘llanilmagan variantlarga nisbatan ko‘payishi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Atrof-muhit ob’ektlarida ftor va ayrim og‘ir metallarning zararli ta’sirini kamaytiruvchi agrobiotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproq sharoitida kuzgi bug‘doy o‘simligini etishtirish agrobiotexnologiyasi” va “Qishloq xo‘jalik ekinlarini ftor birikmalarining zararli ta’sirlariga nisbatan chidamliligini oshirish” nomli tavsiyanomalar fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrda 05/06-04-476-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, sanoat chiqindilari bilan nisbatan ifloslangan hudud erlaridan foydalanuvchilarga tuproqlarni sog‘lomlashtishda hamda boshoqli don mahsulotlarni etishtiruvchi dexqon  va fermer xo‘jalik xodimlariga tavsiyanoma sifatida xizmat qilgan;
og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarda K-Gumat o‘g‘iti, Teria-S va Serhosil biopreparatlari Toshkent viloyati “Olmaliq konmetallurgiya kombinatining” iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli xo‘jalikning 150,0 gektar er maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrda 05/06-04-476-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqning agrokimyoviy ko‘rsatkichlaridan harakatchan azot 3 mg/kg, harakatchan fosfor 6,1 mg/kg va harakatchan kaliy 84 mg/kg ga, mikrobiologik ko‘rsatkichlaridan ammonifikatorlar 5x102 ga, fosfor parchalovchi bakteriyalar 5x103 ga, oligonitrofillar 2,4 x104 ga nazoratga nisbatan oshirish imkonini bergan;
og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproq sharoitlarida kuzgi bug‘doy o‘simligini etishtirishda K-Gumat organik o‘g‘itini tuproqga, Teria-S bakterial o‘g‘itini urug‘larga va Serhosil biopreparatini barglarga ishlov berish asosida yangi ilmiy asoslangan agrobiotexnologiyasi Toshkent viloyati “Olmaliq konmetallurgiya kombinatining” iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli fermer xo‘jalikka joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrda 05/06-04-476-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilari bilan nisbatan ifloslangan hudud tuproqlarini sog‘lomlashtirish hamda boshoqli don mahsulotlarini hosildorligini oshirish imkonini bergan;
«Og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproq sharoitida kuzgi bug‘doy o‘simligini etishtirish agrobiotexnologiyasi» nomli tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 03-03/3-7927-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doy o‘simligiga og‘ir metallarning zararli ta’siri balki, atrof muhitni ifloslantiruvchi boshqa fizikaviy-kimyoviy omillarga nisbatan chidamliligini oshirish uslublari haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish fanlari amaliy mashg‘ulotlarida hamda ishlab chiqarishda ekologiya (qishloq xo‘jalik) mutahassislari uchun foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish