Xalilova Feruza Abdulvosievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida “Elektr texnik materiallar” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (texnika fanlari) bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhDT3669
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, p.f.d., professor, Babajanov Xusonxon Toxirovich, t.f.d., professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida “Elektr texnik materiallar” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Elektr texnik materiallar” fanini oʻqitishning texnik, tadqiqot, kreativ va innovatsion yondashuvlari asosida didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
fanlararo bog‘liqlikni mustahkamlash orqali talabalarda muhandislik fikrlashini shakllantirish, kasbiy faoliyati uchun mavjud o‘qitish metodlari taxlil qilinib, axborot texnologiya vositalaridan foydalanilgan holda “Munosibini toping”, “Chaynvord” metodlari takomillashtirilgan;
“Elektr texnik materiallar” fanini o‘qitishda mustaqil ta’limning zamonaviy shakllariga yo‘naltirilgan, raqamli va amaliy integratsiyalashgan metodik model ishlab chiqilgan; 
talabalarga “Elektr texnik materiallar” fanini o‘qitishda differensial yondashuvga asoslangan va modullashtirilgan metodik tizim ishlab chiqilib, o‘qitish samaradorligi aniqlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektr texnik materiallar” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida: 
texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektr texnik materiallar” fanini o‘qitishning metodik asoslari, zamonaviy pedagogik yondoshuvlar va didaktik imkoniyatlardan foydalanib “Elektr izolyasiya materiallari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma asosida talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarni oshirishga erishilgan;
elektr texnik materiallar fanini o‘qitish metodikasining kasbiy faoliyati uchun mos mavjud o‘qitish metodlaridan samarali foydalanish va axborot texnologiya vositalari asosida “Munosibini toping”, “Chaynvord” metodlari takomillashtirilgan, “Munosibini toping” (Guvohnoma № DGU 17298) va “Chaynword” (Guvohnoma № DGU 17297). Natijada, “Elektr texnik materiallar” fanini o‘qitish samaradorligini, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishi, ijobiy munosabati va o‘quv faolligini oshirish, o‘quv mashg‘ulotlarini innovatsion ko‘rinishda tashkil qilishga imkon yaratilgan;
elektr texnik materiallar fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli ishlab chiqilib, fan-fan tarkibiy qismlari, fan-fanlararo, fan-ishlab chiqarish bilan integratsiyasini tizimli tashkil etish bosqichlarini amalga oshirish asosida takomillashtirilgan; (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 2024 yil 10 fevraldagi 11-05-489/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak energetika mutaxassisligi muhandislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlanishi va amaliy bilim-ko‘nikmalarini oshirishga  erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish