Maxammadjonov Tursunboy A’zamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biologik kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Ped8236
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Ismanova Arofat Abdulxamidovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc. 04/08.05.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Obidjon Shaxobiddinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Shomurotova Shirin Xajievna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD),dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyοt οliy ta’lim tashkilοtlarida biologik kimyo fanini o‘qitish metοdikasini takοmillashtirish va rivοjlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan ibοrat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy ko‘nikmalarni yaxlit integratsiyalash biokimyoviy diagnostika natijalarini tahliliy tasniflash hamda dars jarayoni natijadorligini oshirishda inson omilining tibbiy texnik vositalarga proporsional uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida aniqlangan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanini o‘qitish modeli bo‘lajak shifokorlarda mantiqiy fikrlash, bemorlarga tezkor tashxis qo‘yish, muammoli vaziyatlarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan yaxlitligini ta’minlash xamda xamkorlikda xarakat qilish faolligini izchil oshirib borish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanini o‘qitish metodikasi “Kvartet-blok”, “Muammoli ta’lim”, “Loyihalash” “Hamkorlikda o‘qitish”, “texnologiyalari integrativ xususiyatlarini ta’limiy maqsadlarga barqaror moslashtirish xamda izchillik, natijaviylik, samaradorlik, mantiqiylik, dolzarblilik tamoyillarining o‘zaro ’o‘ldiruvchi imkoniyatlaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanini o‘qitish metodikasi samaradorligi virtual olam taraqqiyoti dinamikasini xisobga olish xamda masofaviy axborot etkazish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga mos ijodiy mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanining o‘qitish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy ko‘nikmalarni yaxlit integratsiyalash, biokimyoviy diagnostika natijalarini tahliliy tasniflash hamda dars jarayoni natijadorligini oshirishda inson omilining tibbiy texnik vositalarga proporsional uyg‘unligini bosqichma bosqich ta’minlash asosida aniqlashga oid ma’lumotlar “Statik biokimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetininig 2024- yil 15- oktyabrdagi 11-05-5907/04-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanini o‘qitish modeli bo‘lajak shifokorlarda mantiqiy fikrlash, bemorlarga tezkor tashxis qo‘yish, muammoli vaziyatlarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan yaxlitligini ta’minlash xamda xamkorlikda xarakat qilish daolligini izchil oshirib borish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Dinamik biokimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetininig 2024- yil 15- oktyabrdagi 11-05-5907/04-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik kimyo fanini o‘qitish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida “Biologik kimyo” fanini o‘qitish metodikasi “Kvartet-blok”, “Muammoli ta’lim”, “Loyihalash” “Hamkorlikda o‘qitish”, “texnologiyalari integrativ xususiyatlarini ta’limiy maqsadlarga barqaror moslashtirish xamda izchillik, natijaviylik, samaradorlik, mantiqiylik, dolzarblilik tamoyillarining o‘zaro ’o‘ldiruvchi imkoniyatlaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Biologik kimyoning nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetininig 2024- yil 15- oktyabrdagi 11-05-5907/04-son ma’lumotnomasi). Natijada integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali biologik kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biologik kimyo fanini o‘qitish metodikasi samaradorligi virtual olam taraqqiyoti dinamikasini xisobga olish xamda masofaviy axborot etkazish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga mos ijodiy mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Bioorganik kimyoning nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetininig 2024-yil 15-oktyabrdagi 11-05-5907/04-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik kimyo fanini o‘qitish samaradorligini takomillashtirishning didaktik mazmuni boyitilgan.