Fozilov Feruzjon Abdumuminovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak shifokorlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Dermatovenerologiya fani misolida)”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
     Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Ped8334.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Ismanova Arofat Abdulxamidovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc. 04/08.05.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponentlar: Saidova Moxinur Jonpo‘latovna– Buxoro davlat pedagogika instituti, kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori; Xo‘jamnazarov O‘ktam Eshtemirovich -Toshkent davlat pedagogika universiteti   professori, pedagogika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Farq’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak shifokorlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish  metodlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak shifokorlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari  xalq tabobati usullarining ijtimoiy-antropologik mazmun - mohiyati, psixologik xususiyatlarini tasniflash orqali sog‘lom muhitni tashkil qilishda inson salomatligining ruhiyat, psixosomatik jarayonlar bilan bog‘liqligi xamda ma’naviy, pedagogik axloqiy omillar genezisini nazariy va amaliy tajribalari uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlangan; 
bo‘lajak shifokorlarda tibbiy madaniyatni rivojlantirishning lokal – modulli texnologiyasi baholash, refleksiya, tanlov; interiorizatsiyani faoliyatda namoyon etish xamda mustahkamlash va korreksiya bosqichlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarda muloqot texnikasini rivojlantirish metodikasi o‘z xulq-atvorini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faoliyatga tayyorlash hamda fikriy jarayonlarni tashqi va ichki ta’sirlar birligini mos ta’minlash xamda  tibbiy madaniyatni rivojlantirishning neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarda tibbiy  madaniyatni rivojlantirish samaradorligi  sog‘lom turmush tarzi, faoliyat turlari, madaniyatli shifokor sifatlari, tibbiyot etikasi va deontologiyasi tamoiyillari  tarkibiy qismlari elementlarini tanlash, saralash, qo‘llash xamda ma’anviy qadriyatlar mazmunga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak shifokorlarninig tibbiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak shifokorlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari   xalq tabobati usullarining ijtimoiy-antropologik mazmun - mohiyati, psixologik xususiyatlarini tasniflash orqali sog‘lom muhitni tashkil qilishda inson salomatligining ruhiyat, psixosomatik jarayonlar bilan bog‘liqligi xamda ma’naviy, pedagogik axloqiy omillar genezisini nazariy va amaliy tajribalari uyg‘unligini ta’minlash asosida aniglashga oid takliflar “Dermatovenerologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024- yil 15- oktyabrdagi 11-05-5908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak shifokorlarda tibbiy madaniyatini rivojlantirish metodlarini takomillashtirishninig pedagogik va psixologik omillarini aniqlashga sharoit yaratilgan;  
bo‘lajak shifokorlarda tibbiy madaniyatni rivojlantirishning lokal – modulli texnologiyasi baholash, refleksiya, tanlov; interiorizatsiyani faoliyatda namoyon etish xamda mustahkamlash va korreksiya bosqichlarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Teri va tanosil kasalliklari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024- yil 15- oktyabrdagi 11-05-5908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak shifokorlarninig tibbiy madaniyatini rivojlantirishninig lokal-modulli texnologiyasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak shifokorlarda muloqot texnikasini rivojlantirish metodikasi o‘z xulq-atvorini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faoliyatga tayyorlash hamda fikriy jarayonlarni tashqi va ichki ta’sirlar birligini mos ta’minlash xamda  tibbiy madaniyatni rivojlantirishning neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalari asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Sifilisninig namoyon bo‘lishi va oq’iz shilliq qavatidagi sifilisga o‘xshash kasalliklar(rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024- yil 15- oktyabrdagi 11-05-5908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak shifokorlarda tibbiy madaniyatni rivojlantirish metodlarini takomillashtirishninig didaktik mazmuni takomillashtirilgan; 
            bo‘lajak shifokorlarda tibbiy  madaniyatni rivojlantirish samaradorligi  sog‘lom turmush tarzi, faoliyat turlari, madaniyatli shifokor sifatlari, tibbiyot etikasi va deontologiyasi tamoiyillari  tarkibiy qismlari elementlarini tanlash, saralash, qo‘llash xamda ma’anviy qadriyatlar mazmunga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Piodermiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024- yil 15- oktyabrdagi 11-05-5908/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak shifokorlarninig tibbiy madaniyatini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish