Seytmusaeva Zuxra Abatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini samarali urchitish va seleksiyalash xususiyatlari”, 06.02.01-Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx 878
Ilmiy rahbar: Gaziev Adxam, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Donaev Xusniddin Abdiolimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalash va urchitish asosida ularning mahsuldorlik va irsiy potensialidan unumli foydalanish yoʻllarini aniqlash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor shimoliy Qoraqalpog‘iston hududi sharoitida sur rangli qorako‘l qo‘ylarini seleksiyalash va urchitish asosida ularning irsiyatini tirik vazn ko‘rsatkichi orqali sinash bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilib 4,5 oylik bir bosh qo‘zidan 28200,0 so‘m sof foyda olingan va, 51,4% rentabellikka erishilishi isbotlangan;
Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari seleksiyasida rangbarangliklar bo‘yicha differensiyalangan juftlash usullari qo‘llanilib, avlodlarda qimmatli rangbarangliklarning chiqimi 7-12 foizga ko‘payishi, teri sifatining yaxshilanishi, bir dona qorako‘l terisini sotishdan olingan sof foydaning 29700,0 so‘mni, rentabellik darajasining 52,9 foizni tashkil etgani aniqlangan;
qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini rangbaranglik bo‘yicha diffrensiyalangan juftlashda gul sifatiga ta’sir etuvchi jun tolalari uzunligini 10,7 mm gacha qisqartirish, gullarning sifatini sezilarli yaxshilash mumkinligi isbotlangan;
qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini gul tiplari bo‘yicha gomogen va geterogen juftlashning ijobiy va salbiy tomonlari aniqlanib, gomogen juftlashda gul va jun-tola sifatining sezilarli darajada (10-15%) yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini samarali urchitish va seleksiyalash xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
turli rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining tirik vaznini bashorat qilish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Qorako‘lchilik ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi” unitar korxonasida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/017-4791-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan qo‘zilarning 4,5 oylik yoshida 1 bosh qo‘zidan olingan o‘rtacha daromad 28,2 ming so‘mni, rentabellik darajasi 51,4 foizni tashkil etgan;
turli rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘ylarini juftlash orqali avlodlar tirik vaznini oshirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Qorako‘l Nukus” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/017-4791-son ma’lumotnomasi). Natijada 4,5 oylik yoshida 1 bosh qo‘zidan olingan o‘rtacha daromad 29,7 ming so‘mni, rentabellik darajasi 52,9 foizni tashkil etgan;
Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari barra-teri xususiyatlarini yaxshilash natijalari Qorao‘zak tumani “40 jildik sharua” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/017-4791-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sifatli terilar olish hisobiga 1 bosh qo‘zidan olingan o‘rtacha daromad 10,8 ming so‘mni, rentabellik darajasi 47,9 foizni tashkil etgan.