Xamraeva Gulchexra Ibraximovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmasini  mavzuga asoslangan yondashuv asosida shakllantirish metodikasi (ingliz tili misolida)” 
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz  tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5220
Ilmiy rahbar: Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li,  filologiya fanlari doktori 
(DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza G‘aybullaevna, pedagogika fanlari   
doktori (DSc), professor; Kushieva Nodira Habibjonovna,  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tili darslarida gapirish ko‘nikmasini mavzuga asoslangan yondashuv asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini shakllantirishning avtoritar shaklidagi an’anaviy hamda bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’limning tafovutlari, ta’lim oluvchi va beruvchining tutgan o‘rni, vazifasi, ta’lim berish va o‘rganish usullari, vositalari hamda shakllari negizida mavzuga asoslangan yondashuvning konseptual mohiyati asoslangan hamda o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda orfoepik, leksik, grammatik farqlilik kabi lingvistik va milliy-madaniy xoslikka oid ekstralingvistik qiyinchiliklar hamda yoshga oid pedagogik-psixologik xususiyatlar asosida o‘quvchilarning ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini shakllantirish tamoyillari tahlil qilingan; 
mavzuga asoslangan yondashuv doirasida boshlang‘ich ta’limda ingliz tili fani o‘quv dasturlari va darsliklaridagi gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan, fanlararo bog‘liqlikda ishlab chiqilgan mavzularni umumlashtiruvchi shaxsga yo‘naltirilgan kommunikativ faoliyatga jalb etishning lingvodidaktik imkoniyatlari va mavzuga asoslangan yondashuv asosida didaktik ta’minot tizimining ustuvor ahamiyati 1-4-sinflar uchun yaratilgan “Guess What!” darsligi misolida uslubiy dalillangan hamda darslik mazmuni 4K modeli asosida tahlil qilingan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini o‘zaro universal kontent va til integratsiyasi (CLIL) va kontentga asoslangan ko‘rsatma (CBI) tarkibidagi mavzuga asoslangan yondashuv orqali shakllantirish modelining samaradorligi matematik-statistik tahlillarga ko‘ra isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini va muloqot qila olish kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
 mavzuga asoslangan yondashuvning konseptual mohiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini shakllantirishning avtoritar shaklidagi an’anaviy hamda bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’limning tafovutlari, ta’lim oluvchi va beruvchining tutgan o‘rni, vazifasi, ta’lim berish va o‘rganish usullari, vositalari hamda shakllari negizida asoslanganligi bilan bog‘liq asosiy natijalari Qashqadaryo viloyati MMTBning Qarshi shahridagi 4-maktabda (2024-yil 26-yanvardagi 02/6-5-407-sonli dalolatnoma), Buxoro viloyati MMTBning Buxoro shahridagi 5,6,31-maktablarida (2024-yil 6-fevraldagi 01/457-sonli dalolatnoma), Navoiy viloyati MMTBning Navoiy shahridagi 7,17–maktablarda (2024-yil 6-martdagi 01/03-01/8-242-sonli dalolatnoma) amaliyotda joriy etilgan, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmalarini shakllantiradigan usullarning samaradorligini oshirishga qaratilgan metodika sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan 2025-yil 16-aprelda berilgan 01/11-6-281-sonli ma’lumotnoma). Natijada boshlang‘ichsinf o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmasini mavzuga asoslangan yondashuv asosida shakllantirish an’anaviy darslarga qaraganda samaradorligi isbotlangan;
orfoepik, leksik, grammatik farqlilik kabi lingvistik va milliy-madaniy xoslikka oid ekstralingvistik qiyinchiliklar hamda yoshga oid pedagogik-psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq amaliy  takliflardan Buxoro davlat universitetida 2018-2022-yillarda bajarilgan “OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 27-martdagi 01-04/1963-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida gapirish kompetensiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan kommunikativ faoliyatga jalb etishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish g‘oyalari asosida yosh avlodni milliy g‘oya va mafkuraviy immuniteti shakllangan barkamol inson, yuksak axloq sohibi etib tarbiyalashga xizmat qilgan;
mavzuga asoslangan yondashuv doirasida boshlang‘ich ta’limda ingliz tili fani o‘quv dasturlari va darsliklaridagi gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar 60112600 –  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Methodology of teaching English to young learners” nomli elektron o‘quv qo‘llanma (Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 2-aprelda berilgan  DGU 35694-raqamli “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida”gi guvohnoma), 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60230112 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-293 raqamli nashr guvohnomasi), 70230104-Adabiyotshunoslik (ingliz) magistratura mutaxassisligi II bosqich talabalari uchun “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘iga asosan berilgan 232-530 raqamli nashr guvohnomasi) yaratishda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan; 
 1-4-sinf o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan, fanlararo bog‘liqlikda ishlangan mavzularni umumlashtiruvchi shaxsga yo‘naltirilgan kommunikativ faoliyatga jalb etishning lingvodidaktik imkoniyatlari mavzuga asoslangan yondashuv asosida didaktik ta’minot tizimining ustuvor ahamiyati “Guess What!” darsligi misolida uslubiy dalillanganligi bilan bog‘liq tavsiyalardan Evropa  Ittifoqining Erasmus + dasturi 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 26-sentyabrdagi 611/02-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmasini mavzuga asoslangan yondashuv asosida shakllantirish samaradorligi, til va fan integratsiyasining o‘qitish jarayonida ustuvorligi aniqlangan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish