Raxmanova Vazira Kaimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf rus tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (o‘zbek sinflarida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5112
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna  p.f.d. (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti.  PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09 
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), Qurbonova  Gulnoz  Nematova, f.f.d. (DSc)  Djuraeva Zulxumor Radjabovna 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf rus tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy - metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf rus tili darslarida o‘quvchilarning verbal hamda noverbal muloqot qilish jarayonida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvistik, fonetik, leksik, orfografik mashqlarni bajarishga oid nazariy asoslar hamda ijodiy metodik yondashuvlar pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarning dinamik qiyosiy tahlili orqali ilmiy asoslangan;
2-4-sinf rus tili fani o‘quv dasturlari va darsliklari mazmunida o‘quvchining kommunikativlik komponentlari (lingvistik, muloqotchanlik, diskursiv, pragmatik, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalar)ni ART pedagogikasi hamda immersiv texnologiyalar vositasida intensiv rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan kognitiv yondashuvli psixologik imkoniyatlar hamda shaxs faolligini kafolotlovchi didaktik tamoyillar aniqlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf rus tili darslarida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ vaziyatlarda o‘zaro suhbatga kirishishda nutqiy va muloqot jarayonida mantiqiy urg‘u, intonatsiya modellarini farqlash, oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalanishga oid lingvistik kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida o‘quvchilarning kommunikativlik darajasini baholash  mezonlari takomillashtirilgan;
rus tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “kommunikativ kompetentlik formulasi”ga oid rivojlantirish metodikasi ART texnologiyasi, “4K”- kommunikativlik, kolloborativlik, kritiklik, kreativlik tamoyillari mezonlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy, akmeologik, integrativ yondashuvli ta’lim modeli ijodiy mashq va topshiriqlar asosida takomillashtirilib, ilmiy - metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tilini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf rus tili darslarida o‘quvchilarning verbal hamda noverbal muloqot qilish jarayonida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvistik, fonetik, leksik, orfografik mashqlarni bajarishga oid nazariy asoslar hamda ijodiy metodik yondashuvlar pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarning dinamik qiyosiy tahlili orqali ilmiy asoslangan tavsiyalaridan oliy o‘quv yurti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Russkiy yazik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, №438357 guvohnomasi) Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanmaning xalqaro standartlar darajasidagi talablar hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida ilmiy asoslangan va amaliy ishlab chiqilgan kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish modelining qo‘llanish auditoriyasi kengaytirilgan;
2-4-sinf rus tili fani o‘quv dasturlari va darsliklari mazmunida o‘quvchining kommunikativlik komponentlari (lingvistik, muloqotchanlik, diskursiv, pragmatik, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalar)ni ART pedagogikasi hamda immersiv texnologiyalar vositasida intensiv rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan kognitiv yondashuvli aniqlashtirilgan psixologik imkoniyatlar hamda shaxs faolligini kafolotlovchi didaktik tamoyillarga oid taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tili darslari mazmundorligini oshirishda ART pedagogikasi hamda immersiv texnologiyalardan foydalanishga oid dars ishlanmalari tayyorlangan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-sentyabrdagi 11-05-4914/0-4son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tilidan kommunikativ kompentensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim yondashuvlaridan foydalanish imkoniyati oshgan;
boshlang‘ich sinf rus tili darslarida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ vaziyatlarda o‘zaro suhbatga kirishishda nutqiy va muloqot jarayonida mantiqiy urg‘u, intonatsiya modellarini farqlash, oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalanishga oid lingvistik kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida o‘quvchilarning kommunikativlik darajasini baholash  mezonlari takomillashtirilgan tavsiyalaridan “Russkiy yazik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, №438357 guvohnomasi) Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanma til kompetentligini rivojlantiruvchi loyihaviy ta’lim texnologiyasiga asoslangan ijodiy dars namunalari, tafakkurni rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar bilan mazmunan boyitilgan.
rus tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “kommunikativ kompetentlik formulasi”ga oid rivojlantirish metodikasi ART texnologiyasi, “4K”- kommunikativlik, kolloborativlik, kritiklik, kreativlik tamoyillari mezonlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy, akmeologik, integrativ yondashuvli ta’lim modeli ijodiy mashq va topshiriqlar asosida takomillashtirilib, ishlab chiqilgan ilmiy - metodik tavsiyalardan "Umumta’lim maktablarining rus tili va adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi") mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 15-oktyabrdagi 01/15-09/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyihada boshlang‘ich sinf rus tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish hamda rus tilda erkin muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini tarkib toptirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish