Atajanov Xamdambek Kuromboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav fondidagi ulush o‘tishini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Yu1618.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Baxshillo Kamolovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Xamrokulov Baxodir Mamasharifovich, yuridik fanlar doktori, Berdiyarov Rahmatjon Tojinorovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondidagi ulush o‘tishini huquqiy tartibga solish muammolarini tahlil qilish va shular asosida amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha umumnazariy xulosalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat muassasasini xususiylashtirish mulkiy majmuani xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida kiritish orqali amalga oshirish mumkinligi isbotlangan;
mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari jamiyat ustav fondidagi ulushlarni begonalashtirish jarayonini o‘zaro tartibga solish uchun korporativ shartnomalar tuzish huquqiga egaligi, ushbu shartnomaga asosan jamiyat ishtirokchilari yoki ayrim ishtirokchilari jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (aksiyalarini) ma’lum narxda yoki muayyan holatlar yuzaga kelganda qo‘lga kiritish yoki boshqa shaxsga berish yoxud qo‘lga kiritishdan yoki boshqa shaxsga berishdan o‘zini tiyish majburiyatini olishi asoslantirilgan;
korporativ shartnoma taraflaridan birining xo‘jalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (aksiyasiga) bo‘lgan huquqining bekor bo‘lishi qolgan taraflar uchun shartnomaning bekor bo‘lishiga olib kelmasligi asoslab berilgan;
mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravaridan ko‘p bo‘lgan naqd pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi asoslantirilib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
davlat muassasasini xususiylashtirish mulkiy majmuani xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida kiritish orqali amalga oshirish mumkinligi haqidagi takliflari “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risidagi” O‘RQ-907-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19, 25, 26 va 27-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 14-martdagi №3/dn-55-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat muassasasini xususiylashtirish mulkiy majmuani xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida kiritish orqali amalga oshirishni huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari jamiyat ustav fondidagi ulushlarni begonalashtirish jarayonini o‘zaro tartibga solish uchun korporativ shartnomalar tuzish huquqiga egaligi, ushbu shartnomaga asosan jamiyat ishtirokchilari yoki ayrim ishtirokchilari jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (aksiyalarini) ma’lum narxda yoki muayyan holatlar yuzaga kelganda qo‘lga kiritish yoki boshqa shaxsga berish yoxud qo‘lga kiritishdan yoki boshqa shaxsga berishdan o‘zini tiyish majburiyatini olishi haqidagi takliflari “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” O‘RQ-1025-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 3581-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 14-martdagi №3/dn-55-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari jamiyat ustav fondidagi ulushlarni begonalashtirish jarayonini o‘zaro tartibga solish uchun korporativ shartnomalar tuzish orqali amalga oshirish huquqiga ega ekanligini belgilab berishga xizmat qilgan;
korporativ shartnoma taraflaridan birining xo‘jalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (aksiyasiga) bo‘lgan huquqining bekor bo‘lishi qolgan taraflar uchun shartnomaning bekor bo‘lishiga olib kelmasligi haqidagi takliflari “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” O‘RQ-1025-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 3581-moddasi beshinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Parlament tadqiqtolari institutining 2025-yil 14-martdagi №3/dn-55-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi korporativ shartnoma taraflaridan birining xo‘jalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (aksiyasiga) bo‘lgan huquqining bekor bo‘lishi qolgan taraflar uchun shartnomaning bekor bo‘lishiga olib kelmasligiga xizmat qiladi;
masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravaridan ko‘p bo‘lgan naqd pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi takliflari “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” O‘RQ-1025-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Masʼuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuni 14-modda ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 14-martdagi №3/dn-55-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravaridan ko‘p bo‘lgan naqd pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanishiga xizmat qiladi.