Abduxalilov Abdullo Abduxamitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining asosi sifatida” 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/S19.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matibaev Taspo‘lat Boltabaevich sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Oybek Eshboevich psixologiya fanlari doktori, professor; Seitov Azamat Pulatovich sotsiologiya fanlari doktori, dotsent; G‘afforova Mavlyuda Qurbonboevna sotsiologiya fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning inklyuzivligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush sifatini aniqlash maqsadida ijtimoiy farovonlik, fiziologik qulaylik, moddiy ta’minot, o‘zaro emotsional tushunish, to‘siqsiz muhitning ta’minlanganligi salohiyatni rivojlantirish uchun teng imkoniyatlarni ochib berish indikatorlarni joriy qilinishi zarurati nazariy-empirik asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida to‘siqsiz muhit va inklyuziv ta’limni ta’minlashda ta’lim muassasalarida to‘siqsiz muhitni ta’minlash standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish, inklyuzivlikni ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish, surda tarjimon, tiflopedagog, shaxsiy yordamchi lavozimlarini kiritish, professor o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonlarida nogironligi bor shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi kurslarni tashkil qilish, volontyorlik harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish, xizmatlar va ta’lim sohalarida nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan bevosita ishlovchilar va boshqa barcha soha xodimlari uchun “Inklyuziv madaniyat”ni singdirish, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonuniga “imo-ishora tili haqida”gi normani kiritishning ijtimoiy zarurati asoslab berilgan;
nogironligi bor shaxslarga (mustaqil yashash, o‘z salohiyatini namoyon qilish, yaratilgan imkoniyatlardan teng foydalanish uchun) shaxsiy yordamchi institutini joriy qilish jarayonlarida shaxsiy yordamchilarni tayyorlovchi o‘quv markazini ochish taklifi ishlab chiqilgan;
raqamli texnologiyalarning inklyuzivligini ta’minlash maqsadida saytlardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi, O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan ilovalar va dasturlarning universal dizayn qoidalariga mosligi, nogironligi bor shaxslarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining yaratilganligi, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish jarayonlarida nogironligi bor shaxslarning ishtirokini oshirish dinamikasi, oqilona moslashuv konsepsiyasi talablariga javob beradigan reabilitatsion va abilitatsion vositalarni ishlab chiqarish holatini aks ettiruvchi inklyuziv raqamli texnologiyalarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirish jarayonlarini tadqiq etish natijasida:
Davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nogironlik masalalari bo‘yicha keng jamoatchilikni xabardorligini oshirish, inklyuziv jamiyat tamoyillaridan kelib chiqqan holda, nogironligi bor shaxslarga ta’lim olish jarayonlarida teng imkoniyatlarni yaratish yuzasidan tavsiyalardan OTMlarda inklyuziv ta’limni shakllantirish, maxsus ijtimoiy mexanizmlarni joriy etishda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilganligi yuzasidan dalolatnomalar mavjudligi aniqlandi. (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Ta’lim Fan va Innovatsiyalar Vazirligining 16.05.2024-yil 4/17-4/3-997-sonli ma’lumotnomasi). Natijada OTMlarda inklyuziv ta’limni shakllantirish jarayonida ijtimoiy mexanizmlarni joriy etish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirish bo‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga nogironlik masalalari bo‘yicha keng jamoatchilikni xabardorligini oshirish, shuningdek inklyuziv jamiyat tamoyillaridan kelib chiqqan holda nogironligi bor shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda davlat va nodavlat institutlarini nogironlik masalalari bilan ishlash bo‘yicha tajribalarini oshirishga imkon berish, nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirish bo‘yicha jamoatchilik fikri pozisiyalari doirasida muntazam ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va maxsus ijtimoiy mexanizmlarni joriy etish kabi ilmiy tadqiqot xulosalari va tavsiyalaridan nazariy-metodologik asos sifatida foydalanildi. (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 20.05.2024 yildagi 01-16/114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada A.A.Abduxalilov dissertatsiyasining ilmiy yangiligi hisoblangan O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush sifatini aniqlash maqsadida ijtimoiy farovonlik, fiziologik qulaylik, moddiy ta’minot, o‘zaro emotsional tushunish, to‘siqsiz muhitning ta’minlanganligi salohiyatni rivojlantirish uchun teng imkoniyatlarni yuzaga keltiruvchi indikatorlarni joriy qilinishining asoslanganligiga oid xulosalardan nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini yanada oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda “Nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirish” mavzusidagi ekspert so‘rovi o‘tkazish orqali nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalardan Markaz tomonidan o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda foydalanildi;
Nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirishda A.Abduxalilov tomonidan taklif etilgan O‘zbekistonda “Shaxsiy yordamchi” institutini joriy etish jarayonlarida shaxsiy yordamchilarni tayyorlash uchun o‘quv markazni tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga kiritildi. (O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasining 21.05.2024 yildagi 74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muallif tomonidan shaxsiy yordamchilarni tayyorlash uchun o‘quv markazini tashkil qilish borasidagi berilgan taklif O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Shaxsiy yordamchi” institutini shakllantirish nizom loyihasida o‘z aksini topdi.
Inklyuziv jamiyat tamoyillaridan kelib chiqqan holda nogironligi bor shaxslarning axborot olish, uni tarqatish huquqlarini ta’minlash, hamda davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlarini nogironligi bor shaxslarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda faoliyat olib borishga qaratilgan tajribalarini oshirish, nogironligi bor shaxslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlarni inklyuzivligini ta’minlash va maxsus ijtimoiy mexanizmlarni joriy etish masalalarini o‘rganish uchun tatbiq etildi. Xususan, A.A.Abduxalilov dissertatsiyasining ilmiy yangiligi hisoblangan O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni inklyuzivligini ta’minlash maqsadida (saytlardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi, O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan ilovalar va dasturlarning universal dizayn qoidalariga mosligi, nogironligi bor shaxslarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratilganligi, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish jarayonlarida nogironligi bor shaxslarning ishtirokini oshirish dinamikasi, oqilona moslashuv konsepsiyasi talablariga javob beradigan reabilitatsion va abilitatsion vositalarni ishlab chiqarilish holatini) aks ettiruvchi inklyuziv raqamli texnologiyalarni rivojlantirish to‘g‘risida konsepsiya loyihasini ishlab chiqish imkonini berdi. (O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasining 24.05.2024-yildagi 77–sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi bilan memorandum imzoladi va undan kelib chiqqan holda raqamli texnologiyalarni inklyuzivligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqilishi hamkorlik yo‘l xaritasiga kiritildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi qoshida Inklyuziv texnologiyalar markazi tashkil qilindi.
Dissertatsiya ishi natijalaridan nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston karlar jamiyati faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga nogironlik masalalari bo‘yicha keng jamoatchilikni xabardorligini oshirish, shuningdek, inklyuziv jamiyat tamoyillaridan kelib chiqqan holda nogironligi bor shaxslarga muloqot qilish va axborot olish jarayonlarida teng imkoniyatlarni yaratish O‘zbekistonda inklyuziv jamiyatni shakllantirish va bu borada maxsus mexanizmlarni joriy etish kabi ilmiy tadqiqot xulosalari va tavsiyalaridan nazariy-metodologik asos sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston Karlar jamiyati tomonidan berilgan 05.07.2024 yildagi 01/01-192-sonli dalolatnoma). Xususan, A.A.Abduxalilov dissertatsiyasining ilmiy yangiligi hisoblangan O‘zbekistonda eshitish qobiliyatini yo‘qotgan shaxslarga (Jamiyat a’zolari bilan muloqot qilish, axborot olish, o‘zining muammolarini jamiyat va davlat tuzilmalariga etkazish borasida) teng imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonuniga “imo-ishora tili to‘g‘risida”gi normani kiritish taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston karlar jamiyati tomonidan olib borilayotgan faoliyatda foydalanildi. Natijada, “Imo-ishora tili” borasidagi normani O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuniga kiritish taklifi O‘zbekiston karlar jamiyatining 2024-yilning ish rejasiga kiritildi.