To‘raev Bahodir Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erkaklar bepushtligini oldini olish bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib3228.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Baxromjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; To‘xtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erkaklar bepushtligining tarqalganligi, unga ta’sir etuvchi xavf omillarini majmuaviy o‘rganish, bepushtlikni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tizimli profilaktika chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
spermatozoidlar miqdorining pasayishi va bolalik davridagi epidemik parotit, jismoniy rivojlanishning kechikishi, hayvon oqsilining etishmasligi, ish joyida 3,4-benzpiren va bisfenol A ta’siri o‘rtasida bog‘liqlik isbotlangan;
polisiklik aromatik uglevodli ifloslantiruvchi moddalar bilan surunkali nafas olishi urug‘ suyuqligida ushbu ifloslantiruvchi moddalarning metabolitlari miqdorining ortishi bilan bog‘liq bo‘lib, urug‘ suyuqligi sifatining pasayishiga, jumladan spermatozoidlarning hayotiyligi va harakatchanligining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
erkaklar bepushtligining yetakchi xavf omillarini baholash uchun prognostik jadval, xavf diapazonlari bo‘yicha guruhlarga ajratgan holda o‘tkaziladigan individual va guruhli profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini baholovchi va gigienik xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-funksional model ishlab chiqilgan;
erkaklarda bepushtlik bilan kasallanish darajasini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z navbatida erkaklarning reproduktiv salomatligini saqlashga qaratilgan muammolarni tizimli hal etish imkonini beruvchi profilaktika chora-tadbirlari samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erkaklar bepushtligini oldini olish bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi profilaktik chora tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: spermatozoidlar miqdorining pasayishi va bolalik davridagi epidemik parotit, jismoniy rivojlanishning kechikishi, hayvon oqsilining etishmasligi, ish joyida 3,4-benzpiren va bisfenol A ta’siri o‘rtasida bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 22 avgustda 8n-p/897-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar reproduktiv salomatligiga ta’sir qiluvchi xavf omillar va ularni integral baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.08.2023 yildagi 28-son hamda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 115/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: farzandsiz oilalarni kamaytirishga, farzand ko‘rmayotgan oilalarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va yon atrofidagilar oldida o‘zini noqulay his qilish holatlarini bartaraf qilishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bepushtlikning tarqalganligi, unga ta’sir qiluvchi omillar, hamda muammo erkaklar bilan bog‘liq oilalar ulushini bilish oilaviy hayotning dastlabki oylarida ayoli homilador bo‘lmaganligi sababli asossiz tibbiy yordamga murojaat qiladigan va davolanadigan oilalarning ulushini shaharlarda 5,05% dan 2,8% gacha kamaytirish natijasida aholi orasida yangi qurilgan har 100 ta oilaga yiliga 2925000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: polisiklik aromatik uglevodli ifloslantiruvchi moddalar bilan surunkali nafas olishi urug‘ suyuqligida ushbu ifloslantiruvchi moddalarning metabolitlari miqdorining ortishi bilan bog‘liq bo‘lib, urug‘ suyuqligi sifatining pasayishiga, jumladan spermatozoidlarning hayotiyligi va harakatchanligining pasayishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 22 avgustda 8n-p/897-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar reproduktiv salomatligiga ta’sir qiluvchi xavf omillar va ularni integral baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.08.2023 yildagi 28-son hamda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 115/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tibbiy yordamga murojaat qilgan erkaklarda oligospermiya aniqlangani ushbu erkaklarda farzand ko‘rish bilan bog‘liq muammo borligini ko‘rsatadi. Nikohdan oldin bepushtlikni aniqlash erkaklarni nasl qoldirish imkoniyati cheklanganligini to‘g‘ri qabul qilish uchun ruhiy tayyorlash, ularni kasbiy va ijtimoiy moslashtirish, qolaversa farzandsizlik sababli oilalar ajralishlarini oldini olishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: oila qurmagan erkaklar orasida xavf omillari baholanganda yuqori xavf guruhiga kiruvchi yoshlarga spermogramma ko‘rsatkichlarini aniqlash zarurligi tushuntirilgandan so‘ng ixtiyoriy ravishda tahlil topshirgan 23 nafar erkaklarning 14 tasining spermogramma ko‘rsatkichlarida turli patologiyalar borligi aniqlandi. Ularning barchasi oila qurishdan oldin davolash muolajalarini olishga va sog‘lom mehnat va turmush tarzini olib borishga qaror qilishdi. Erkaklarning oila qurishdan oldin spermogramma tahlillarini olib borishlari, patologik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash nikohdan keyin ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ajrimlarni oldini olish natijasida har bir holat uchun 118310000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: erkaklar bepushtligining yetakchi xavf omillarini baholash uchun prognostik jadval, xavf diapazonlari bo‘yicha guruhlarga ajratgan holda o‘tkaziladigan individual va guruhli profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini baholovchi va gigienik xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-funksional model ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 22 avgustda 8n-p/897-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar reproduktiv salomatligiga ta’sir qiluvchi xavf omillar va ularni integral baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.08.2023 yildagi 28-son hamda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 115/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: reproduktiv salomatlikka ta’sir qiluvchi yetakchi xavf omillarni aniqlash va u asosida ishlab chiqilgan prognostik jadval orqali erkaklarni reproduktiv salomatlik holatini baholash erkaklarning birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida reproduktiv salomatlikni saqlashga qaratilgan faoliyatidan qoniqish darajasini ortishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: erkaklarni reproduktiv tizimiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash va ularni baholash orqali oila qurganiga 2 yilgacha vaqt o‘tgan va farzandsizlik sababli davolanmoqchi bo‘lgan erkaklarning 36 % xavf past bo‘lgan guruhga kirishi aniqlandi. Bunday holatlarda ularni erkaklar bepushtligini aniqlash uchun chuqur tekshiruv olib borishga ehtiyoj bo‘lmaydi va tekshiruv xarajatlari iqtisod qilib qolinadi. Oilaviy hayot davomiyligi 2 yildan oshmagan va ushbu davrda farzand ko‘rmagan oilalarning 36% erkaklari past xavf guruhiga kirishi natijasida har 100 ta shunday oilaga nisbatan 14199000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erkaklarda bepushtlik bilan kasallanish darajasini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z navbatida erkaklarning reproduktiv salomatligini saqlashga qaratilgan muammolarni tizimli hal etish imkonini beruvchi profilaktika chora-tadbirlari samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 22 avgustda 8n-p/897-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar reproduktiv salomatligiga ta’sir qiluvchi xavf omillar va ularni integral baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.08.2023 yildagi 28-son hamda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 115/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erkaklar bepushtligini birlamchi profilaktikasini olib borish erkaklarning hayot sifatini yaxshilab, oiladagi va jamiyatdagi mavqeyini saqlab turishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: erkaklar orasida bepushtlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish orqali o‘rganilgan 100 nafar erkaklardan 7 tasida xavf omillarini bartaraf etishga va buning natijasida ehtimoliy bepushtlikni davolash uchun sarflanadigan 9500000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.