Axmedov Xurshid Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirkoniy va metallokeramikadan yasalgan ko‘priksimon protezlar bilan protezlashda og‘iz bo‘shlig‘i a’zolaridagi klinik-funksional va immunologik o‘zgarishlar», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2281.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzuddinov Nurmuxammad Saurbekovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: sirkoniy va metall-keramik protezlardan foydalanishda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida ro‘y beradigan immunologik, mikrobiologik ko‘rsatkichlarni aniqlash, ularni solishtirma baholash orqali mazkur protezlarning biomoslashuvchanligi hamda samaradorligini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sirkoniy protezlardan foydalanish metallokeramika protezlariga qaraganda yallig‘lanishni belgilovchi interleykin-6 (IL-6) va interleykin-8 (IL-8) darajasini sezilarli darajada pasaytirishga olib kelishi isbotlangan;
sirkoniy protezli va metallokeramika protezli bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiologik solishtirilganda sirkoniy protezli bemorlarda Streptococcus mutans va Porphyromonas gingivalis kabi patogen mikroorganizmlar miqdorini keskin kamayishi aniqlangan;
sirkoniy protezli bemorlarda so‘lakdagi sekretor immunoglobulin A (sIgA) darajasi 240,1 pg/mlni tashkil etishi hisobiga, uzoq muddatli barqaror himoya tizimiga erishish asoslangan;
ilk bor sirkoniy protezlarning yallig‘lanishga qarshi ta’siri sezilarli darajada kuchliroq ekanligi aniqlanishi bilan bir qatorda tish-milk cho‘ntaklari chuqurligi darajasining olti oydan so‘ng 17,2 %ga pasayishi (2,9±0,3 mm dan 2,4±0,2 mm gacha) bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2024 yil 26 noyabrdagi 09/45– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sirkoniy protezlardan foydalanish metallokeramika protezlariga qaraganda yallig‘lanishni belgilovchi interleykin-6 (IL-6) va interleykin-8 (IL-8) darajasini sezilarli darajada pasaytirishga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, sirkoniy va metallokeramik protezlarni stomatologlarning klinik amaliyotiga joriy etish an’anaviy usullarga nisbatan bir qator afzalliklarni namoyon etadi. Bular yuqori klinik samaradorlik, patogen mikroflora darajasining pasayishi va og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatining yaxshilanishini o‘z ichiga oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi bo‘yicha buyruq (18.09.2024 y.; №36-son) hamda Xorazm viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (04.10.2024 y.; №53-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Sirkoniy protezlardan foydalanish jarayonini hisobga olgan holda protezlash samaradorligini baxolash olingan bevosita natijalar tishsizlikning birlamchi profilaktikasi samarasini ishonarli darajada kuchaytiruvchi yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlar orasida protezlashning o‘rtacha darajasi 60,0% holatda qayd etilgan, intensivligi ishonarli darajada yuqori bo‘lgan, engil darajasi 9,7 baravar kam aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning poliklinikada davolanish muddatini 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan (BVSP ning preyskurantiga ko‘ra 1 kun davolanish 46000 so‘mni tashkil qiladi); poliklinikaga tashrif qilish bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Immunologik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, sirkoniy protezli bemorlarda IL-6 va IL -8 darajasi past bo‘lib, bu sirkoniy materiallariga javoban yallig‘lanish sitokinlarining kamroq faollashuvidan dalolat beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: sirkoniy protezli va metallokeramika protezli bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiologik solishtirilganda sirkoniy protezli bemorlarda Streptococcus mutans va Porphyromonas gingivalis kabi patogen mikroorganizmlar miqdorini keskin kamayishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sirkoniyli protezlarning afzalliklari, jumladan ularning biomoslashuvchanligi va yallig‘lanish jarayonlarining pastroq faolligi baholandi. Bu, sirkoniyli protezli bemorlarda milklardan qon ketish indeksining 6 oydan so‘ng 40% ga pasayishida aks etdi, metallokeramik protezli guruhda esa bu ko‘rsatkich atigi 30% ni tashkil etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi bo‘yicha buyruq (18.09.2024 y.; №36-son) hamda Xorazm viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (04.10.2024 y.; №53-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Sirkoniy protezlardan foydalanish jarayonini hisobga olgan holda protezlash samaradorligini baxolash olingan bevosita natijalar tishsizlikning birlamchi profilaktikasi samarasini ishonarli darajada kuchaytiruvchi yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlar orasida protezlashning o‘rtacha darajasi 60,0% holatda qayd etilgan, intensivligi ishonarli darajada yuqori bo‘lgan, engil darajasi 9,7 baravar kam aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning poliklinikada davolanish muddatini 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan (BVSP ning preyskurantiga ko‘ra 1 kun davolanish 46000 so‘mni tashkil qiladi); poliklinikaga tashrif qilish bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Sirkoniyli protezlar o‘rnatilgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining miqdoriy tarkibi patogen floraning pasayishi tomon o‘zgaradi.
uchinchi ilmiy yangilik: sirkoniy protezli bemorlarda so‘lakdagi sekretor immunoglobulin A (sIgA) darajasi 240,1 pg/mlni tashkil etishi hisobiga, uzoq muddatli barqaror himoya tizimiga erishish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Sirkoniyli protezlarning yuqori ko‘rsatkichlari protezlashdan bir yil o‘tgach, sekretor immunoglobulin A (sIgA) darajasining 28% ga oshishi bilan tasdiqlandi, metallokeramik protezli bemorlarda esa bu ko‘rsatkich 19% ni tashkil etdi. Sirkoniyli protezlardan foydalanish 6 oydan so‘ng Streptococcus mutans miqdorini 2,3 barobar kamaytirishga olib kelishi isbotlandi, metallokeramik protezli bemorlarda esa bu mikroorganizm darajasi atigi 21% ga kamaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi bo‘yicha buyruq (18.09.2024 y.; №36-son) hamda Xorazm viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (04.10.2024 y.; №53-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Sirkoniy protezlardan foydalanish jarayonini hisobga olgan holda protezlash samaradorligini baxolash olingan bevosita natijalar tishsizlikning birlamchi profilaktikasi samarasini ishonarli darajada kuchaytiruvchi yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlar orasida protezlashning o‘rtacha darajasi 60,0% holatda qayd etilgan, intensivligi ishonarli darajada yuqori bo‘lgan, engil darajasi 9,7 baravar kam aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning poliklinikada davolanish muddatini 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan (BVSP ning preyskurantiga ko‘ra 1 kun davolanish 46000 so‘mni tashkil qiladi); poliklinikaga tashrif qilish bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Sirkoniy konstruksiyalar bilan protezlashdan so‘ng milkdagi yallig‘lanish markerlari darajasining 45% ga ishonchli pasayishi kuzatildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor sirkoniy protezlarning yallig‘lanishga qarshi ta’siri sezilarli darajada kuchliroq ekanligi aniqlanishi bilan bir qatorda tish-milk cho‘ntaklari chuqurligi darajasining olti oydan so‘ng 17,2 %ga pasayishi (2,9±0,3 mm dan 2,4±0,2 mm gacha) bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Milklardan qon ketish darajasi va tish-milk cho‘ntaklarining chuqurligi kabi stomatologik indekslar ko‘rsatkichlari sezilarli klinik yaxshilanishni tasdiqladi, jumladan sirkoniyli protezli guruhda cho‘ntaklar chuqurligining 26,7% ga kamayishi kuzatildi. Olingan natijalar xalqaro va mahalliy tadqiqotlar ma’lumotlari bilan taqqoslandi, bu esa mazkur tadqiqotning yuqori ishonchliligi va ilmiy ahamiyatini ta’kidladi, shuningdek sirkoniyli protezlarning biologik muvofiqligi va klinik samaradorligining ajoyib ko‘rsatkichlarini tasdiqladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi bo‘yicha buyruq (18.09.2024 y.; №36-son) hamda Xorazm viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (04.10.2024 y.; №53-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Sirkoniy protezlardan foydalanish jarayonini hisobga olgan holda protezlash samaradorligini baxolash olingan bevosita natijalar tishsizlikning birlamchi profilaktikasi samarasini ishonarli darajada kuchaytiruvchi yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlar orasida protezlashning o‘rtacha darajasi 60,0% holatda qayd etilgan, intensivligi ishonarli darajada yuqori bo‘lgan, engil darajasi 9,7 baravar kam aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning poliklinikada davolanish muddatini 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan (BVSP ning preyskurantiga ko‘ra 1 kun davolanish 46000 so‘mni tashkil qiladi); poliklinikaga tashrif qilish bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Tish-milk cho‘ntagidagi mikrobiologik tekshiruvlaridagi Streptococcus mutans darajasi 2,3 martaga, Lactobacillus spp. esa 1,8 martaga pasayadi (p<0,01), bu og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini saqlash uchun yanada qulay sharoitlardan dalolat beradi.