Tirkashev Otabek Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizamiqning immunoprofilaktikasi va uning kasallik epidemiologik xususiyatlariga ta’siri», 14.00.30 – Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1774.
Ilmiy rahbar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida qizamiqning immunoprofilaktikasi va uning kasallanish epidemiologik xususiyatlariga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor revaksinatsiyadan so‘ng ma’lum miqdordagi emlanmagan shaxslar to‘planganligi va jamoaviy immunitetining tarangligi pasayganligi sababli 12 yosh va undan kattalarda qizamiq virusiga qarshi seronegativ shaxslar sonining ortishi isbotlangan;
qizamiqqa nisbatan maxsus immunologik tuzilishni 12-14 yosh guruhida seronegativ qon zardoblari namunalarining ulushi (17,2%), 15-16 yosh guruhiga (22,2%) nisbatan past ekanligi asoslangan;
qon zardobidagi IgG ning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarning qizamiqqa nisbatan moyil bo‘lgan shaxslarni erta aniqlashda qo‘llashning patogentik ahamiyati yuqoriligi isbotlangan;
ilk bor qizamiq tarqalishini erta prognozlash va epidemik avj olish xavfini aniqlash uchun ishlab chiqilgan matematik model yordamida epidemiologik vaziyatni monitoringini olib borish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/55-son yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor revaksinatsiyadan so‘ng ma’lum miqdordagi emlanmagan shaxslar to‘planganligi va jamoaviy immunitetining tarangligi pasayganligi sababli 12 yosh va undan kattalarda qizamiq virusiga qarshi seronegativ shaxslar sonining ortishi isbotlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 fevraldagi 12-son bilan tasdiqlangan «Qizamiqning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xamda Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor revaksinatsiyadan so‘ng ma’lum miqdordagi emlanmagan shaxslar to‘planganligi va jamoaviy immunitetining tarangligi pasayganligi sababli 12 yosh va undan kattalarda qizamiq virusiga qarshi seronegativ shaxslar sonining ortishi hisobiga qizamiq bilan kasallanishning oldini olish uchun emlash ishlari o‘tkazilishi ushbu kasallikni oldini olishda zarurligi ekanligi aniqlanadi. Serologik monitoring natijalari asosida «havfli hudud» va «havfli guruh» lar aniqlanilib, ularga profilaktik ishlarini amalga oshirish uchun epidemiologik nazoratni matematik modellashtirish tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar orasida qizamiq bilan kasallanish darajasi kamaytirish natijasida o‘rtacha bir kurs davolanish natijasida kuniga o‘rtacha 201837 so‘mdan bir martalik davolanish uchun bir bemorga 2018374,11 so‘m miqdorda tejamlashnishi so‘mni, agar asoratlar qayd qilinsa, yiliga ikki marta davolanish uchun 4036748 so‘mni tashkil qiladi. Qizamiq bilan kasallanish darajasining kamaytirish uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 4036748 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qizamiqqa nisbatan maxsus immunologik tuzilishni 12-14 yosh guruhida seronegativ qon zardoblari namunalarining ulushi (17,2%), 15-16 yosh guruhiga (22,2%) nisbatan past ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 fevraldagi 12-son bilan tasdiqlangan «Qizamiqning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xamda Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: serologik taxlil asosida aholining postvaksinal immunitetini baholash orqali hozirgi bosqichda qizamiqqa xos immunitetning tarangligini o‘rganishni o‘z ichiga olgan holda turli populyasiyalarda seroprevalentlik darajasi asoslangan. Aholining qizamiq virusiga qarshi immunologik tuzilishini yosh kontingenti bo‘yicha (immunitetning darajasi) 12-14 yosh guruhida qizamiq virusiga nisbatan seronegativ qon zardoblari namunalarining ulushi (17,2%), 15-16 yosh guruhiga (22,2%) nisbatan bir oz past ekanligiga asoslanib, tashxislash va chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xizmat qilish tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: seronegativ shaxslarning yuqori foizi aniqlangan bo‘lib, rejadan tashqari shoshilinch emlash ishlari o‘tkazilishida dastlab aholi orasida (homiladorlardan tashqari) qo‘shimcha immunizatsiya o‘tkazilib kasallikni kamaytirish natijasida o‘rtacha bir kurs davolanish natijasida kuniga o‘rtacha 220522 so‘mdan bir martalik davolanish uchun bir bemorga 2205220 so‘mni, agar asoratlar qayd qilinsa, yiliga ikki marta davolanish uchun 4410440 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Qizamiq bilan kasallanish darajasining kamaytirish uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 4410440 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: qon zardobidagi IgG ning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarning qizamiqqa nisbatan moyil bo‘lgan shaxslarni erta aniqlashda qo‘llashning patogenetik ahamiyati yuqoriligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 fevraldagi 12-son bilan tasdiqlangan «Qizamiqning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xamda Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Samarqand viloyati aholisining immunologik tuzilishini o‘rganilganda qon zardobidagi 300 ta (100%) namunadan 32 (10,7%) hollarda serologik manfiy namunalar va 268 (89,3%) namunalarda qizamiq virusiga nisbatan serologik musbat bo‘lgan, IgG sinfiga antitelolar mavjudligi erta tashxislash va samarali davolash, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xizmat qilish tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Qizamiq vaksinasi bilan emlashdan keyingi IgG sinfiga antitelolar mavjudligi natijasida o‘rtacha bir martalik vakisina bir nafar shaxs uchun 202000 so‘mni, umumiy 268 nafar vaksina olgan shaxslar uchun 60600000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Qizamiq bilan kasallanish darajasining kamaytirish uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2196991 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor qizamiq tarqalishini erta prognozlash va epidemik avj olish xavfini aniqlash uchun ishlab chiqilgan matematik model yordamida epidemiologik vaziyatni monitoringini olib borish mumkinligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 fevraldagi 12-son bilan tasdiqlangan «Qizamiqning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xamda Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2030 yil uchun bashoratlash, kasallikni tarqalish real holati va aholini qancha qismini emlash kerakligini umumiy modellarni tuzib, Samarqand viloyatining shahar va tumanlari kesimida 2010-2023 yillar davomida qayd etilgan qizamiq kasalligi to‘g‘risida ma’lumotlar asosida jadval va Trend chizig‘i modeli ishlab chiqilganligi samarasi hisobiga kasallanish darajasining xavfini kamaytirishning samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xizmat qilish tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar orasida qizamiq bilan kasallanish darajasi kamaytirish natijasida o‘rtacha bir kurs davolanish natijasida kuniga o‘rtacha 201837 so‘mdan bir martalik davolanish uchun bir bemorga 2018374,11 so‘m miqdorda tejamlashnishi, agar asoratlar qayd qilinsa, yiliga ikki marta davolanish uchun 4036748 so‘mni tashkil qiladi. Qizamiq bilan kasallanish darajasining kamaytirish uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 4036748 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.