Qosimov Shohrux Begalievich
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti masalalarini yoritishda OAVning o‘rni va roli (Professor Begali Qosimov ilmiy-adabiy asarlari asosida)
10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/Fil3021
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Halim Saidov filologiya fanlari doktori, dotsent; Davlatova Adiba Rahmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadi mustaqillik davri ommaviy axborot vositalarida o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti masalalari yoritilishiga xos tamoyillar, tendensiyalar, janr va metod xususiyatlari, jurnalistik tahrir qonuniyatlarini professor Begali Qosimov ijodi misolida monografik planda kompleks tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
publisistika va adabiyotshunoslikda ijtimoiy muammolar talqinidagi sintezlashuv jarayonlarining OAVda yoritilishi qonuniyatlari aniqlanib, ushbu ikki yo‘nalishning tarixan mushtarakligi asoslangan;
istiqlol davri publisistikasida jadidshunoslik muammolarining yoritilishi tendensiyalari hamda o‘zbek jadid adabiyotiga doir Begali Qosimov asarlarining matbuotda yoritilishi tamoyillari asosida OAV va ijtimoiy tafakkurdagi yangilanishda milliy uyg‘onish adabiyotining o‘rni dalillangan;
- OAVda ta’lim islohi, jadidchilikning tamal toshi hisoblangan yangi usul maktablarining avlod ta’limi va tarbiyasidagi o‘rni, jadid adabiyotida Vatan va millat taraqqiysi masalalarini yoritishda Begali Qosimov asarlarining o‘rni isbotlangan;
- Begali Qosimovning OAVdagi chiqishlari janr xususiyatlariga ko‘ra tasniflanib, jadidchilik va jadid adabiyoti muammolariga doir olim asarlari misolida mavzuga yondashuv metodlari va metodologiyasi, jurnalistik tahrir masalalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Jadidshunos olim Begali Qosimov ilmiy-adabiy asarlari misolida o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti masalalarini yoritishda OAVning o‘rni va rolini tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
publisistika va adabiyotshunoslikda ijtimoiy muammolar talqinidagi sintezlashuv jarayonlari hamda o‘zbek jadid adabiyotiga doir Begali Qosimov asarlarining matbuotda yoritilishi tendensiyalariga doir tahlillardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F-030 – «O‘zbek adabiyoti tarixi» ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish» mavzusidagi fundamental loyihaning “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” qismida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 14-dekabrdagi №01/10 – 2679-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha jadidchilikning tamal toshi hisoblangan yangi usul maktablarining avlod ta’limi va tarbiyasidagi o‘rni, ta’lim islohi, jadid adabiyotida Vatan va millat taraqqiysi masalalarining OAVda yoritilishi tamoyillariga doir nazariy qarashlar bilan boyigan. 
jadidchilik va jadid adabiyoti muammolariga doir OAVdagi Begali Qosimov chiqishlarining janr xususiyatlari va didaktik qimmatiga doir xulosalar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “PZ-2020042022 – “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada joriy etilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 14 dekabrdagi №01/10-2680-son ma’lumotnomasi). Natijada jadid publisistikasiga yondashuv metodi va metodologiyasi, faktlar bilan ishlash texnikasi, hujjatlilik, qiyoslash mezonlari, sarlavha va matn mutanosibligi hamda jurnalistik tahrirning lingvodidaktik xususiyatlariga doir nazariy xulosalar ishlab chiqilgan. 
Istiqlol davri publisistikasida jadidshunoslik muammolari, o‘zbek jadid adabiyotiga doir Begali Qosimov asarlarining matbuotda yoritilishi tamoyillari hamda jadidchilikning asosi sanalgan yangi usul maktablarining avlod ta’limi va tarbiyasidagi o‘rniga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Tarixiy savol” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariyarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 14-dekabrdagi 06-28-2027-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar jadid adabiyoti va publisistikasiga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitilib, ilmiy-ma’rifiy qimmati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish