Shlykov Ilya Vladimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Daphne mezereum L. dan dafnetin (7,8-dihidroksikumarin) olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Ilmiy rahbar: Arslanov Sharafutdin Sultanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya davlat kimyo-texnologiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramzaddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xoliqov Tursunali Suyumovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Daphne mezereum L.» o‘simligi tarkibiy qismlarini texnologik va fitokimyoviy aniqlash, tarkibidan dafnetin (7,8-digidroksikumarin)ni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Daphne mezereum L. o‘simligida Thymelaeaceae oilasi o‘simliklarning ildiz tizimidagi dafnetin (7,8-digidroksikumarin) mavjudligi isbotlangan;
Daphne mezereum L.ni tarkibida dafnetin bo‘lgan morfologik qismlari, mikro va makroskopik xususiyatlari aniqlanib, uning ildiz qismida 3-5 % gacha dafnetina (7,8-digidroksikumarin) borligi isbotlangan;
Daphne mezereum L. o‘simligidan dafnetin (7,8 - digidroksikumarin)ni ekstraksiyalashda izopropil spirti samarali ektragent ekanligi aniqlangan;
dafnetin (7,8-digidroksikumarin)ni molekulasi bir yoki bir necha vodorod atomlari va (yoki) gidroksil guruhlarini almashtirish (rasmiy almashtirish) natijasida hosil bo‘lgan sintetik yoki tabiiy (nativ) moddalar ekanligi aniqlangan;
«Daphne mezereum L.» o‘simligi tarkibiy qismlarini texnologik va fitokimyoviy aniqlanib, tarkibidan dafnetinni ajratish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Daphne mezereum L.» o‘simligi tarkibiy qismlarini texnologik va fitokimyoviy aniqlash, tarkibidan dafnetin (7,8-digidroksikumarin)ni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dafnetin olish usuliga Rossiya Federatsiyasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (24.03.2025 y., №2836895). Natijada, «Daphne mezereum L.» o‘simligi tarkibidan dafnetin (7,8-digidroksikumarin)ni samarali ajratish imkonini bergan;
Daphne mezereum L.dan dafnetin (7,8-digidroksikumarin) ajratishning takomillashtirilgan texnologiyasi EKSKERAMO MChJ (Moskva, Rossiya)da ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (EKSKERAMO MChJning 2023 yil 3 noyabrdagi 18.01/2023-sonli dalolatnomasi). Natijada, dafnetin (7,8-digidroksikumarin) spirtli ekstraktlar kompozisiyalari ishlab chiqarish imkonini bergan.