Gulyamova Muxtabar Abdujabbarovna
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ekologik PR: xususiyatlari va taraqqiyot tendensiyalari”
10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/Fil2010
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Sanginov Saidrasul Saidakparovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Karimov Amrullo Ashurovich filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi ekologik tashkilotlar jamoatchilik bilan aloqalarining ahamiyatini tadqiq etish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ekologik PR muammolari va tendensiyalarini aniqlash hamda uning istiqbollari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekologik PR texnologiyalarning atrof-muhitni muhofaza qilishga doir davlat siyosatini amalga oshirish, ijtimoiy javobgarlikni shakllantirish, ekologik masalalar yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim kommunikativ mexanizm ekanligi isbotlangan;
davlat boshqaruvi organlari va nodavlat tashkilotlar faoliyatida ekologiyani muhofaza qilish usul va vositalarilaridan foydalanish, biznes taraqqiyoti hamda brend imijini yaratishda ekologik PRning roli va tendensiyalarini namoyon qiluvchi mediativ strategiyalar ishlab chiqilgan;
tashkilotlarning ekologik imijini shakllantirishda ijtimoiy-kommunikasion texnologiyalarning zarurati aniqlanib, live striming, interaktiv kontent yaratish, ma’lumotlarni vizuallashtirish, blokcheyn texnologiyalari orqali ekologik sertifikatlarni verifikatsiya qilish va ularni ekologik PRda qo‘llash zarurati asoslangan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhit muammolarini bartaraf etishda “yashil PR” texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan integratsion va konseptual modellarini qo‘llash zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Ekologik PR xususiyatlari, taraqqiyot tendensiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik mavzuda jamoatchilikka axborot etkazishda davlat va nodavlat tashkilotlar veb-saytida til va alifbo masalasiga jiddiy yondashish, bloglarda turli janrlardagi materiallarni tadqim qilish, jurnalistlar uchun PR-matnlar blogini tashkil etish lozimligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston ekologik partiyasi jamoat tashkilotining rasmiy sayti, OAV bilan aloqalari hamda ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi materiallarni qayta tahlil qilishda foydalanilgan. (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2024-yil 12-avgustdagi 01-02/346-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya sayti obunachilari soni ortishi, unda beriladigan axborotga jamoatchilik tomonidan izohlar qoldirilishi hamda saytda xabarlari boshqa aloqa kanallariga ulashilishiga xizmat qilgan.
nodavlat ekologik tashkilotlar jamoatchilik bilan aloqalar olib borishda mutasaddilari bilan intervyular, jamoatchilik ishtirokida aksiyalar, tanlovlar, festivallar, muammoli vaziyatlarga doir davra suhbatlari, maxsus tadbirlar alohida o‘rin tutishi masalasida mutasaddilar bilan intervyular orqali tashkilot o‘z faoliyatini yoritib, jamoatchilikning diqqatini atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq dolzarb muammolarga qaratishi bo‘yicha xulosalardan «Ekolog» jamoat birlashmasi faoliyatida foydalanilgan. («Ekolog» jamoat birlashmasining 2024-yil 14-avgustdagi 01-50-son ma’lumotnomasi). Natijada jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilgan maxsus tadbirlar orqali keng jamoatchilik ishtiroki ta’minlangan hamda ekovolontyorlar soni yanada ortgan;
ekologik mavzularning OAVda keng yoritilishi aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishdagi asosiy vazifalardan ekani, bu borada nazariy fikrlar asosida mamlakatimizning telekanallari monitoring amalga oshirilishi lozimligi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo‘ylab» telekanalidagi «Landshaft.uz» va «Agro tur» ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo‘ylab» telekanalining 2024-yil 25-iyuldagi 03.14-161-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik mavzularni yoritishda asosiy vositalardan hisoblangan teleko‘rsatuvlar orqali aholining bu boradagi tushunchalarini yanada ortishi, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish masalasidagi qarashlari hamda omma tomonidan ushbu ko‘rsatuvlarga yuboriladigan xatlar mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
yoshlar o‘rtasida taniqli sportchilar, san’atkorlar, kinoyulduzlarning ekologik tashabbuslariga katta e’tibor qaratilishi, ularning ekologik manfaatlarni himoya qilishi, tabiatni asrash, tiklash va unumli foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarini ommaviy axborot vositalari orqali, xususan, televidenieda keng tarqatish lozimligi haqidagi xulosalar «Renesans» telekanalining «Renesans minbari» va boshqa qator ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasining 2024-yil 12-avgustdagi 01-02/670-son ma’lumotnomasi). Natijada «Renesans» telekanalining 2024-yilda efirga uzatilayotgan ko‘rsatuvlarida taniqli yosh yulduzlarning ekologiya masalasidagi fikrlari berila boshlanib, bu orqali ekologik mavzu yanada ommalashishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti bakalavr bosqichi talabalari uchun «Ekologik PR» fanining o‘quv dasturi ishlab chiqilgan.