Fayzulloev Otabek Muxamadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek bolalar folklori janrlari tipologiyasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: № B2023.4.DSc/Fil727.
Ilmiy maslahatchi: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori, professor, Qayumov Olim Sadiriddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek bolalar folklorining janrlar tizimi va tarkibi, taraqqiyot bosqichlari, poetikasi, obraz va motivlar tarkibi, ijro xususiyatlaridagi tipologik belgilarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek bolalar folklorining qadimiy va hozirgi namunalari asosidagi an’anaviy hamda zamonaviy turlari insonlarning qarashlari, madaniy turmush tarzi, zamon bilan hamnafaslik, yangicha fikrlash, poetik tafakkur tadrijining an’analarga ta’siri natijasida postan’anaviy va postfolklor sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek bolalar folklorida bolalarni parvarishlash, avaylash, uxlatish, erkalash, ovutish va tevarak-olam manzarasiga qiziqtirish, tabiat bilan tanishtirish maqsadida ijro qilinadigan alla, erkalama, sanama, cheklashmachoq, tarqalmachoq, ovutmachoq, qiziqmachoq kabi onalik folklori poeziyasi ona va bola ruhiyatining hamda bolalikning badiiy ifodasi orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan;
bolalarning mavsumiy hamda marosimiy folklori, bolalar marosimlari xususiyatlari, kattalar folklorining bolalar folklori shakllanishiga va rivojiga ta’siri, shuningdek, undan bolalar repertuariga ko‘chgan topishmoq, tez aytish, ertak janrlarining badiiy-kompozision o‘ziga xosligi ingliz va o‘zbek bolalar folklori misolida aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillar bolalar folkloridagi maktab folklorining asosiy ijodkori va ijrochilari maktab yoshidagi boshlang‘ich sinf, o‘rta va katta yoshdagi maktab o‘quvchilarining qiziqishi va intilishlari avtograf yoki “yoshlik albomi”, alifbo qo‘shiqlar yetakchiligida; bolalar o‘yin folklori esa o‘yinga chorlov, o‘yin jarayoni, undan tarqalish, o‘yinchilarni sanash bilan bog‘liq qo‘shiqlar, so‘z o‘yinlari hamda hazil qo‘shiqlar orqali voqelanishi dalillangan;
har ikkala til bolalar folklori namunalarida milliy til realiyalariga xos so‘zlar: asar qahramonlarining yoki kishi ismlari (antroponimlar), joy nomlari (toponimlar), kasb-hunar nomlari (professionalizmlar), urf-odat, rasm-rusum nomlari (etnografizmlar), milliy-madaniy so‘zlar (lingvokulturemalar), o‘tmishga aloqador tarixiy so‘zlar (arxaizmlar), dialektizmlar, pul birliklarini ifodalovchi so‘zlar birlamchi qiymat kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek bolalar folklori janrlari tipologiyasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek bolalar folklorining qadimiy va hozirgi namunalari asosidagi an’anaviy hamda zamonaviy turlari insonlarning qarashlari, madaniy turmush tarzi, hukumat boshqaruvidagi o‘zgarishlar, yangicha fikrlash, poetik tafakkur tadrijining an’analarga ta’siri natijasida postan’anaviy, postfolklor sifatida namoyon bo‘lishiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-dekabrdagi №04/1-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslik hamda o‘zbek adaniyotini qiyosiy o‘rganish sohasiga oid ilmiy-nazariy ko‘rsatmalar ishlab chiqishga asos yaratgan;
ingliz va o‘zbek bolalar folklori tipologiyasi, ulardagi ayrim janrlar, motiv va obrazlar namunalari, avvalo, shu xalqning madaniy hayot tarzi, milliy dunyoqarashi, yashash joyi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy muhiti bilan bog‘liq holda yaratilgani, ularning kelib chiqish ildizi, mazmuniy tasnifi, badiiy ifoda va ijro xususiyatlarida umumbashariy poetik tafakkurga xos mifopoetika, etnopoetika, tarixiy, nazariy, dinamik poetika xususiyatlari bilan bog‘langani, ularni maxsus to‘plash, chop etish va o‘rganish, poetik tahlil qilish, janrlarining o‘ziga xosligi, ijrochilik san’ati, yozma adabiyot, kinematografiya, postfolklor bilan bog‘liq nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 19-dekabrdagi №01-04/8108-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida yoshlarning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga oid tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
bolalarning mavsumiy hamda marosimiy folklori, bolalar marosimlari xususiyatlari, kattalar folklorining bolalar folklori shakllanishi va rivojiga ta’siri undan bolalar repertuariga ko‘chgan topishmoq, tez aytish, ertak janrlarining badiiy-kompozision o‘ziga xosligi ingliz va o‘zbek bolalar folklori misolida voqelanishiga doir ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda 2022-2024 yillarda bajarilgan “English Access Microscholarship Program” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-dekabrdagi №2859/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek bolalar folklori janrlari tipologiyasi aniqlashtirilgan ma’lumotlar va u bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar loyiha doirasida amalga oshirilgan o‘quv mashg‘ulotlari mazmuniga singdirilgan;
qiyoslanayotgan tillar bolalar folkloridagi maktab folklorining asosiy ijodkori va ijrochilari maktab yoshidagi boshlang‘ich sinf, o‘rta va katta yoshdagi maktab o‘quvchilarining qiziqishi va intilishlari avtograf yoki “yoshlik albomi”, alifbo qo‘shiqlar yetakchiligida; bolalar o‘yin folklori esa o‘yinga chorlov, o‘yin jarayoni, undan tarqalish, o‘yinchilarni sanash bilan bog‘liq qo‘shiqlar, so‘z o‘yinlari hamda hazil qo‘shiqlar orqali voqelanishiga doir ilmiy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2019-2021 yillarda bajarilgan AQShning SUZ800191NO158-MOO3 raqamli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 20-dekabrdagi 06/8142-son ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida o‘tkazilgan tadbir va mashg‘ulotlarda tinglovchilarga namoyish etilgan prezentatsiyalar asosida ingliz va o‘zbek bolalar folkloridagi o‘xshash sujet va motivlar, obrazlar haqida ma’lumotlar etkazilgan;
har ikkala til bolalar folklori namunalarida milliy til realiyalariga xos so‘zlar: asar qahramonlarining yoki kishi ismlari (antroponimlar), joy nomlari (toponimlar), kasb-hunar nomlari (professionalizmlar), urf-odat, rasm-rusum nomlari (etnografizmlar), milliy-madaniy so‘zlar (lingvokulturemalar), o‘tmishga aloqador tarixiy so‘zlar (arxaizmlar), dialektizmlar, pul birliklarini ifodalovchi so‘zlar birlamchi qiymat kasb etishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “asrlarning asraganlari” teledasturlari, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-dekabrdagi №01-09-181-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.