Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxtani havo yordamida tashuvchi qurilmaning samaradorligini oshirish asoslari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T478
Ilmiy maslahatchi: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennekovich, texnika fanlari doktori, professor, Abbasov Ilhom Zapirovich, texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini tashishda qo‘llaniladigan qo‘zg‘aluvchan qurilmaning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va yangi separator konstruksiyasini yaratish orqali pnevmotransport samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta xomashyosini tashish jarayonida havodan ajratuvchi separatorning to‘rli yuzasi bilan ta’sirlashuvidan hosil bo‘ladigan shikastlanishni kamaytirish imkonini beruvchi ishchi kamera yuqori qismiga o‘rnatilgan polimer to‘rli yuzali lenta konstruksiyasi yaratilgan;
paxta bo‘lagining separatordagi harakati tahlili asosida ishchi kamerasi hamda uning elementlari bo‘lgan, yo‘naltirgich va ishchi kameraga o‘rnatilgan qiya to‘rli yuzaning qiyalik burchagi, to‘rli yuzali lentaning o‘lchamlari va aylanishlar sonining konstruktiv-ekspluatatsion parametrlari aniqlangan;
paxta bo‘lagini separator vakuum-klapan parraklari va qobiq ichki sirti bilan ta’sirlashuvi tahlili asosida paxta shikastlanishini A.G. Sevostyanov modeli bo‘yicha nazariy asoslangan;
separatorning ishchi kamerasida paxta xomashyosi tarkibidagi mayda iflosliklardan tozalash imkonini beruvchi hamda vakuum-klapandagi shikastlanishni oldini oluvchi qiya to‘rli sirt konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separatorning kirish qismiga kelayotgan paxta xomashyosini to‘g‘ri vakuum-klapanga borishi uchun yo‘naltirgich konstruksiyasi yaratilgan hamda uning uzunligi va enining optimal o‘lchamlari tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani uzoq masofadan tashuvchi qo‘zg‘aluvchan qurilma elementlarini ishlash prinsiplarini optimallashtirish bo‘yicha natijalar asosida:
Paxtani uzoq masofadan tashuvchi qo‘zg‘aluvchan qurilmasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» AJ tasarrufidagi “Namangan To‘qimachi cluster” MChJ qoshidagi “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT» uyushmasining 2024 yil 8-iyuldagi № 03/25-1662-sonli ma’lumotnomasi). Natijada toshtutgich orqali og‘ir aralashmalarni ushlab qolish 18 %ga ko‘payadi, separatorda chigit shikastlanishi 0,24 %ga hamda chang havo bilan tolaning chiqib ketishi 34%ga kamayadi. Paxta tolasi dastlabki tabiiy xususiyatlari saqlab qolinib, uning tarkibidagi mayda iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,4% ga kamaytirishga, jarayonda tolaning yo‘qolishi paxtaning I-II navlarida 0,7% dan 0,2% ga hamda III-IV-V navlarda esa 3,78% dan 2% ga kamayishiga erishilgan.