Xakimjonov Islombek Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Metallga ishlov berish korxonalari ishchilari uchun maxsus kiyimlarni tadqiq qilish va ishlab chiqarish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.4.PhD/T4276
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Nabidjonova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Bazarbaeva Guzal Gulimovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolarni qo‘llangan holda tashqi termik ta’sirdan himoyalovchi materiallar paketining maqbul tarkibini tanlash, hayot havfsizligini ta’minlash tamoyillariga asoslangan maxsus kiyimning ratsional variantini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tashqi termik ta’sir va xavfli ishlab chiqarish omillari tadqiqi va iste’molchilar talablarini hisobga olgan holda metallga ishlov berish sohasi ishchilari uchun yangi turdagi maxsus kiyimni loyihalashning additiv texnologiyalarni qo‘llashga asoslangan takomillashgan konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
maxsus kiyim uchun mahalliy xomashyodan foydalangan holda metal zarrachalari, ochiq alanga kabi termik ta’sirdan himoyalovchi paketlar komponentlarining maqbul varianti ishlab chiqilgan;
maxsus kiyimlarni tozalash (yuvish) jarayonlarida kiyim paketining fizik-mexanik xossalaridan uzilish kuchi, havo o‘tkazuvchanlik, gigroskoplik kabi ko‘rsatgichlariga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan va ratsional konstruktiv parametrlari aniqlangan;
maxsus kiyimga ta’sir etadigan xavfli hamda zararli ishlab chiqarish omillarini va iste’molchilar talablarini inobatga olgan holda metallga ishlov beruvchi korxonalarni ishchilari uchun maxsus kiyim modellarini qo‘shimcha haqlarning maqbul qiymatlaridan foydalangan holda kiyimining tashqi termik ta’sirdan himoyalovchi engi, yoqasi kabi lokal uchastkalarining funksional konstruktiv elementlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallga ishlov berish sohasi ishchilari maxsus kiyimining ratsional konstruksiyasi va samarali ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga (№ SAP 2663) patenti olingan. Natijada metallga ishlov berish sohasi ishchilarining mehnat sharoitlari yaxshilangan, mehnat jarayonida ishchilarga, ergonomik nuqtai nazardan qulay sharoitlar yaratilgan, maxsus kiyimning sifati yaxshilangan va uning ekspluatatsiya davri oshgan;
metallga ishlov berish sohasi ishchilari uchun yaratilgan maxsus kiyim komplektlari va ularning konstruktorlik - texnik hujjatlar paketi “IDEAL TEXTIL ORZU” va “Golden Ring” MChJlarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 11 dekabrdagi 03/25 - 3313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada moddiy resurslarni tejash va ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 18,3 % ga oshishiga erishilgan hamda metallga ishlov berish sohasi ishchilari sifatli maxsus kiyim bilan ta’minlangan.