Oripov Nodirbek Mansurjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta separatorining ixcham, resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4477
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Kayumov Abdul-Malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta pnevmotransporti tizimidagi separatorning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish orqali paxtaning tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va separatsiya jarayoni samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta separatori ishchi kamerasida kiruvchi quvurni vakuum-klapanga parallel va ustma-ust joylashtirish orqali separatsiya jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyati mavjudligi asoslangan;
paxtani havodan ajratib olishda to‘rli sirtni kiruvchi quvur qarshisida, vacuum-klapan ustida, markaziy o‘qlari o‘zaro parallel joylashtirishga asoslangan texnikaviy echim ishlab chiqilgan;
separatsiya jarayonida kiruvchi quvurni vakuum-klapan ustida va unga parallel joylashtirish yo‘li bilan ixcham, resrustejamkor paxta separatori konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxtani havo oqimidan ajratib olish jarayonini matematik modellashtirish yo‘li bilan separatorning aerodinamik qarshiligi past va paxta sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’siri kam bo‘lishini ta’minlovchi optimal parametrlari- vacuum-klapan diametri va sidirgichning aylanish tezliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani tashuvchi havodan ajratib beruvchi separator ishchi organlarining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasi “LuxYanTex CLUSTER” MChJga qarashli “Beshariq paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi»ning 2024-yil 18-martdagi 03/22-126 sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan separator uskunasi mavjud SS-15A markali separatorga nisbatan istemol qilayotgan energiya sarfi 32kvt soatga, paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini 0,8%ga, chigitning mexanik shikastlanganlik darajasi 0,3% ga kamaytirishga erishilgan hamda korxonada kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 340,662 mln. (uch yuz qirq million olti yuz oltmish ikki ming) so‘mni, ishlab chiqarilayotgan 1 tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy samara esa 21000 (yigirma bir ming) so‘mni tashkil etgan.