Mirusmanov Baxtiyarning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta ipakli trikotaj matolarini olishning texnologik asoslari” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T636 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Ilmiy maslahatchi: Mukimov Mirabzal Mirayubovich.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypillo Lalashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulom Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Bitus Evgeniy Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi). 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Trikotaj to‘quv mashinalarida paxta ipakli trikotaj matolarini olishning texnologik asoslarini ishlab chiqish va uni nazariy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir va ikki qavatli, bosh va hosilali, ikki qatlamli paxta ipakli trikotaj to‘qimalarini olishning texnologik asoslari yassi ignadonli trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan foydalanib ishlab chiqilgan;
yangi tarkibli paxta ipakli trikotaj to‘qimalarini olish usullari xomashyo turi, chiziqli zichligi, miqdori hamda paxta va ipak iplarini to‘qima tarkibida joylarini o‘zgartirish hisobiga ishlab chiqilgan;
xomashyo tarkibi turlicha bo‘lgan trikotajda halqa ipi uzunligi bir xilligini ta’minlash maqsadida ip tarangligini alohida sozlash zarurligi olingan regression tenglamalar tahlili asosida aniqlangan;
paxta ipakli trikotaj to‘qimalarini to‘qish jarayonida xomashyo tarkibi turlicha bo‘lgan ipning tarangligi, deformatsion xususiyati, ishqalanish kuchini halqa ipi uzunligiga ta’sir etish omillarining qiymatlari Sevastyanovning ip tarangligini aniqlash formulasi asosida aniqlangan;
paxta va ipak iplarini trikotajning texnologik parametrlari va fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liqlik ko‘rsatkichlari xomashyoning turli miqdoriy nisbatlari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Trikotaj mashinalarida yangi tarkibli paxta-ipakli bir va ikki qavatli bosh va hosilali hamda ikki qatlamli trikotaj matolarini olishning texnologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida: 
paxta ipakli bir qavatli paxta-ipakli glad` trikotaj to‘qimasini I-4 varianti “CLASS TEX PRODUKTION” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2024y. 9 oktyabr 03/25-2691-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta ipakli trikotaj to‘qima turlarini ko‘payishi bu to‘qimalardan bolalar, ayollar va erkaklar engil ustki trikotaj mahsulot assartimentlarini ishlab chiqarish imkonini bergan; 
ikki qavatli paxta ipakli lastik trikotaj to‘qimasini IV-3-varianti «TEXTILE MILL TASHKENT» MChJ QK va “PORLOQ CHUST BRENDI” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2024y. 9 oktyabr 03/25-2691-son ma’lumotnomasi). Natijada, trikotaj to‘quv mashinalarining texnologik imkoniyatlari va to‘qima turlari assortimentlarining ishlab chiqarish hajmini 3% dan - 5%gacha oshirish imkonini bergan;
paxta ipakli yangi hosilali glad` trikotaj to‘qimalarini III-4-varianti va paxta ipakli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini VI-7-varianti namunalari “SEDAT TRIKO Toshkent” MChJ ChK korxonasi sharoitida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2024y. 9 oktyabr 03/25-2691-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy paxta va ipak homashyolaridan samaraliy foydalanish va yangi tarkibli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish, ipak iplarini qo‘llanish ko‘lamini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish