Malikov G‘anisher Bahromkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kompleks modifikatsiyalangan beton asosida temirbeton avtoyo‘l ko‘priklarining qatnov qismi konstruksiyalarini takomillashtirish”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar)”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4018 Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Ulug‘bek Zabixullaevich, texnika fanlari doktori, professor, Muxammadiev Ne’matjon Raxmatovich texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor, Sattarov Zafar Murodovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tebranishlarning dinamik so‘ndirgichlari parametrlarini tanlash hisobiga avtomobil yo‘llaridagi transport inshootlarining seysmik mustahkamligini oshirish va seysmik ta’sirlarga hisoblash usulini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bazalt tolasini – 3%, gidrofobizator – 0,8%, superplastifikator bog‘lovchi massasiga nisbatan 1,2% miqdorda qo‘shish orqali suv oʼtkazish ko‘rsatkichi past va yuqori ekspluatatsion xususiyatlariga ega boʼlgan fibrobeton qorishmasining tarkibi ishlab chiqilgan;
mayda donador beton bazalt tolasi bilan dispers armaturalanganda, tolaning kompozit matrisasi hajmida bir tekis taqsimlanishi natijasida yopiq g‘ovaklar miqdori oshishi hisobiga gidrofoblangan bazalt tolali betonning asosiy ekspluatatsion koʼrsatkichlarini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan kompleks modifikatsiyalangan beton asosida temirbeton avtoyo‘l ko‘priklari qatnov qismi konstruksiyalari turli fizik-mexanik xususiyatlarga ega ikkita beton qatlamining birgalikda ishlash nazariyasini qo‘llagan holda takomillashtirilgan;
kompleks modifikatsiyalangan beton asosidagi temirbeton avtoyo‘l ko‘priklari “KMB qatlami – qatnov qismi plitasi” konstruksiyasining kuchlanish-deformatsiyalanish holatini hisoblash usuli ikki va ko‘p qatlamli plastinalar nazariyasi asosida ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan “KMB qatlami – qatnov qismi plitasi” konstruksiyasini qo‘llashda mavjud konstruksiyaga nisbatan doimiy yukning ortib ketmasligi isbotlangan, shu bilan birga uning iqtisodiy samaradorligi loyihaviy qurish jarayonidagi hamda uzoq yillik ekspluatatsion harajatlarning qiyoslanishi natijasida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompleks modifikatsiyalangan beton asosida temirbeton avtoyo‘l ko‘priklarining qatnov qismi konstruksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida:
“KMB qatlami – qatnov qismi plitasi” konstruksiyasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli “O‘zyo‘lko‘prik klasteri” davlat muassasasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 2025-yil 13-fevrraldagi, 4/E228-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025-yil 12-martdagi, 02/15-857-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda qo‘shimcha KMB qatlamini yotqizish orqali qatnov qismi plitasidagi armatura sarfini 13-15% gacha tejashga erishilgan;
qatnov qismi konstruksiyalarni takomillashtirilgan usuli “Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish” UK ga qarashli Namangan viloyati P-126 “Baliqchi q.-Mingbuloq q. – Nayman q.-Pungan” avtomobil yo‘lining 26+98km qismidagi ko‘prikni to‘la ta’mirlash jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 2025-yil 13-fevraldagi, 4/E228-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025-yil 12-martdagi, 02/15-857-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsiya jarayonidagi ko‘prik inshootini vaqtinchalik yuklarga moslashtirish maqsadida oraliq qurilma ustki qismiga KMB qatlamini yotqizish orqali uning yuk ko‘tarish qobiliyatini 10-12% gacha ortishiga erishilgan.