Ishonkulova Feruza Asatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuk avtomobillari transport xizmatlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1778
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuk avtomobillari transport xizmatlari ko‘rsatishning tashkiliy – iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yuk avtomobil transport xizmati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuk avtomobil transport xizmatining alohida yaxlit olingan avtomobil transportining yuk tashish funksiyasini amalga oshiruvchi tuzilmalarning transport xizmatlari faoliyati majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
xududlarda yuk avtomobillari transport xizmatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, soha tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishda ko‘p omilli regressiya tenglamasi y=f(x1,x2,x3,x4) ekonometrik modellashtirishidan foydalanib asoslanilgan;
transport xizmati ko‘rsatishning hududiy xususiyatlari va soha taraqqiyotini ta’minlash imkoniyatlariga ko‘ra yuk avtomobillari transport xizmatlarini uzlyuksiz va tizimli faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashga asoslangan “Samarqand viloyati hududiy klasteri”ning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
o‘zgaruvchi omilning oldingi yillardagi qiymatlari bilan statistik bog‘lanish darajasi hamda sirg‘aluvchi o‘rtachalar orqali ifodalanuvchi model asosida Samarqand viloyatida yuk avtomobil transportida tashiladigan yuklar hajmining 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuk avtomobillari transport xizmatlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yuk avtomobil transport xizmati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuk avtomobil transport xizmatining alohida yaxlit olingan avtomobil transportining yuk tashish funksiyasini amalga oshiruvchi tuzilmalarning transport xizmatlari faoliyati majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan mualliflik ta’rifidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mikroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayorlanishida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 284-sonli buyrug‘i muvofiq Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2022 yil 5-dekabrdagi 4-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada yuk avtomobil transport xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha nazariy bilimlar kengayib, soha samaradorligini oshirish, respublika va uning hududlarida yuk avtomobili transporti xizmat ko‘rsatish samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar tizimi asosida baholashning nazariy asoslarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
xududlarda yuk avtomobillari transport xizmatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, soha tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishda ko‘p omilli regressiya tenglamasi y=f(x1,x2,x3,x4) ekonometrik modellashtirishidan foydalanib asoslanilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo - sanoat palatasi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 4/1931-sonli va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil
27 noyabrdagi 06-10-33-17189-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish yuk avtomobillari transport xizmatlari sohasi korxonalari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni har birining ta’sir darajasi aniqlanib, buning oqibatida yuk avtomobillarida yuk tashish transport xizmatlari xajmi qo‘shimcha 6-7 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
transport xizmati ko‘rsatishning hududiy xususiyatlari va soha taraqqiyotini ta’minlash imkoniyatlariga ko‘ra yuk avtomobillari transport xizmatlarini uzlyuksiz va tizimli faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashga asoslangan “Samarqand viloyati hududiy klasteri”ning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo - sanoat palatasi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 4/1931-sonli va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 27 noyabrdagi 06-10-33-17189-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sohani yangi bosqichga olib chiqish, Samarqand viloyatida yuk tashish transport xizmatlari samaradorligining 5-7 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
o‘zgaruvchi omilning oldingi yillardagi qiymatlari bilan statistik bog‘lanish darajasi hamda sirg‘aluvchi o‘rtachalar orqali ifodalanuvchi model asosida Samarqand viloyatida yuk avtomobil transportida tashiladigan yuklar hajmining 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 27 noyabrdagi 06-10-33-17189-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kelajakda yuk avtomobili transport xizmati sohasini kelgusidagi o‘sish prognoz parametrlari ko‘rsatib berilib, Samarqand viloyatida yuk avtomobil transportida tashiladigan yuklar hajmi 2027 yilga borib
72,3 ming tonnani tashkil etishi asoslangan.