Shirinova Hilola Hamroqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parodont to‘qimasida ortiqcha tana vazn ta’sirida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va ularning asoratlarini oldini olish yo‘llari” 14.00.21 – Stomatologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1256.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akbar Axadovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parodont to‘qimasida ortiqcha tana vazn ta’sirida   yuzaga keladigan o‘zgarishlar profilaktikasi va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: 
ilk bor bemorlarda ortiqcha tana vazn (TMI>30) parodontal cho‘ntak chuqurligining normadan oshishiga olib kelganligi va bu tana vazni norma bo‘lgan bemorlarga nisbatan yuqori ekanligiligi aniqlangan;
ortiqcha tana vazniga ega bemorlarda antiseptik dori vositasi va lazeroterapiya qo‘llash bilan kompleks davolash parodontopatogen mikroorganizmlar tarkibini kamaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
kompleks davo ortiqcha tana vazniga ega bemorlarda parodontal cho‘ntaklar chuqurligini kamaytirib, kasallikning remissiya davrini uzaytirganligi isbotlangan;
ilk bor ortiqcha tana vaznli bemorlarda parodont kasalliklarini davolash samaradorligini oshishiga olib kelgan kompleks davolashning optimal sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ortiqcha tana vazniga ega bemorlarda parodont to‘qima kasalliklarini profilaktikasi va davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik:  ilk bor bemorlarda ortiqcha tana vazn (TMI>30) parodontal cho‘ntak chuqurligining normadan oshishiga olib kelganligi va bu tana vazni norma bo‘lgan bemorlarga nisbatan yuqori ekanligiligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarda parodont to‘qimalarida mikrotsirkulyator buzilishlari natijasida patologik milk cho‘ntaklari chuqurligining ortishi asosiy kasallikka bevosita bog‘lash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (27.09.2024 y; №51I) bilan hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y; № 01-58)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarni parodontal cho‘ntak holatini baholash ortiqcha tana vazn negizida shakllangan surunkali tarqoq parodontitni erta tashxislash va samarali davolash hamda profilaktika samaradorligini oshirishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemorning murakkab klinik diagnostikasi narxi 148000 so‘m, diagnostika natijalarini qayta ishlashda vaqt birligi uchun shifokorning va hamshiralarning ish haqi uchun 41000 so‘mni tashkil qildi. Bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni tashhislash orqali sarflanadigan xarajatlarini 107000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarning patologik cho‘ntak holatini baholash orqali erta tashxis va samarali davolash usullarini tavsiya etish orqali, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 107000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 148000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ortiqcha tana vazniga ega bemorlarda antiseptik dori vositasi va lazeroterapiya qo‘llash bilan kompleks davolash parodontopatogen mikroorganizmlar tarkibini kamaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida parodontopatogen mikroorganizmlar bunday patologiyalar kuzatilmagan bemorlarga qaraganda yuqori konsentratsiyada uchrashi va bu yallig‘lanish jarayonini kuchaytirishi, parodont kasalliklarini klinik ko‘rinishini qiyinlashtirishi hamda klinik-prognostik ehtimolini inobatga olgan holda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik va mikrobiotsenozini  yaxshilashda  antiseptik dori vositasi va lazeroterapiyani qo‘llash samarali natijalar olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (27.09.2024 y; №51I) bilan hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y; № 01-58)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda kechayotgan surunkali tarqoq parodontitda mahalliy to‘qimalardagi tizimli yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davo-profilaktika natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishi, tavsiya etilayotgan antiseptik dori vositasi va lazeroterapiyani qo‘llash amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davo-profilaktika usulini tanlashga maqsadli yondashuv va samarali davolash imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tana massasi normadan yuqori bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarning klinik-prognostik ehtimolini inobatga olgan holda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik va mikrobiologik holatini yaxshilashda tavsiya etilgan davo-profilaktika usullari sog‘ayish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib (BDTI qoshidagi stomatologik ilmiy amaliy markazning preyskurantiga ko‘ra stomatolog ko‘rigi 1 bemor uchun 41000 so‘mni tashkil qiladi); stomatolog qabulida bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 30000 so‘m dori vositalari sarflanadi), malakali gigienani ta’minlash 110000 so‘m. Xulosa: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarni tashxislash va davolash usullarining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: kompleks davo ortiqcha tana vazniga ega bemorlarda parodontal cho‘ntaklar chuqurligini kamaytirib, kasallikning remissiya davrini uzaytirganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarda surunkali tarqoq parodontitda og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenoziga ta’sir etuvchi omillarni baholash, yallig‘lanish jarayonining generalizatsiyalanishining rivojlanishini tashhislash va suyak rezorbsiyasi hamda parodontal cho‘ntaklar chuqurligini inobatga olib kompleks davolash bu bemorlarda parodont kasalliklarini davolash va profilaktika qilish usulini optimallashtirish imkonini bergan. Bu o‘z navbatida, davolash natijalarini yaxshilab, shifo jarayonini tezlashtirib, davo kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (27.09.2024 y; №51I) bilan hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y; № 01-58)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarda surunkali tarqoq parodontitda parodont to‘qimalarida mikrotsirkulyasiya buzilishi, patologik parodontal cho‘ntaklar chuqurligini aniqlash, og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi o‘zgarishlarini tahlil qilish o‘z vaqtida tashxislash va davolash imkonini berdi, bu esa bemorlarda residivlarning kamayishi va rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha tana vaznga ega bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarning klinik-prognostik ehtimolini inobatga olgan holda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini yaxshilashda tavsiya etilgan davo-profilaktika usullari: sog‘ayish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib (BDTI qoshidagi stomatologik ilmiy amaliy markazning preyskurantiga ko‘ra stomatolog ko‘rigi 1 bemor uchun 41000 so‘mni tashkil qiladi); stomatolog qabulida bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 30000 so‘m dori vositalari sarflanadi), malakali gigienani ta’minlash 110000 so‘m. Xulosa: ortiqcha tana massasiga ega bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarni tashxislash va davolash usullarining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ortiqcha tana vaznli bemorlarda parodont kasalliklarini davolash samaradorligini oshishiga olib kelgan kompleks davolashning optimal sxemasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ortiqcha tana vazn bilan uyg‘unlikda kechuvchi parodontitni kompleks davolashni takomillashtirish uchun tavsiya etilgan antiseptik dori vositasi va lazeroterapiyani qo‘llash yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini ko‘paytirishi, davolash natijalarining qoniqarsiz holatlarning oldini olish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (27.09.2024 y; №51I) bilan hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y; № 01-58)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tana massasi normadan yuqori bo‘lgan bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni antiseptik dori vositasi va lazeroterapiya yordamida kompleks davolash davo usulini takomillashtirish uchun tavsiya etilgan tavsiyalardan foydalanishga imkon bergan va mazkur kasallikga chalingan bemorlarning kompleks davolanish samaradorligini oshirilishi va parodont to‘qimalarining tiklanish muddatlarini tezlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha vaznga ega bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni tavsiya etilgan kompleks davolash usulining amaliyotda qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ortiqcha vaznga ega bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni tavsiya etilgan kompleks davolash usuli 1 nafar bemor uchun 750000 so‘m iqtisod qilish va kompleks davolash samaradorligini oshirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish