Xamidova Dilorom Muhitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnikum o‘quvchilarining iqtisodiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik dasturiy vositasini yaratish va qo‘llash metodikasi), 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.3.PhD/Ped8316.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muhiddinova Nodira Mamalatipovna, pedagogika fanlari nomzodi,  dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Botir Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent,
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik dasturiy vositalar yaratish va qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari interfaol texnologiyalar, raqamli platformalar, case-study texnologiyasi, innovatsion yondashuvlar, modulli ta’lim, interaktiv metodlar va ko‘nikma transformatsiyasiga ko‘ra yangi pedagogik strategiyalarni joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli innovatsion texnologiyalar, kognitiv yondashuvlar, adaptiv o‘qitishning strategiyalari, raqamli ekotizim, kompetensiyaviy yondashuv, talabalar bilimini nazorat qilish monitoring tizimi, soft skills rivoji, adaptiv ta’lim texnologiyalarini klaster hamkorlik va interfaol ekotizimini uyg‘unlashgan kompleks echimlarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ma’lumotlar tahlili, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari, ma’lumotlar tahlili, virtual va kengaytirilgan haqiqat(AR/VR) platformalarini hamda blokcheyn texnologiyalarini kooperatsiyalash, interaktiv iqtisodiy simulyasiyalarni qo‘llash, yangi avlod iqtisodiy bilimlarni shakllantiruvchi integratsiyalashgan yuqori texnologiyalar asosida takomillashtirilgan;
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishni baholash samaradorligini aniqlashtirish integratsiyalashgan diagnostik va prognoz metodlari, raqamli tahlil vositalari hamda metodologik yangiliklarni qo‘llash orqali, ta’lim samaradorligini real vaqt rejimida tahlil qilish va o‘quvchilarning iqtisodiy ko‘nikmalarini chuqur o‘rganish imkoniyatlarini tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik dasturiy vositasini yaratish va qo‘llash metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida;
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari interfaol texnologiyalar, raqamli platformalar, case-study texnologiyasi, innovatsion yondashuvlar, modulli ta’lim, interaktiv metodlar va ko‘nikma transformatsiyasiga ko‘ra yangi pedagogik strategiyalarni joriy etish asosida aniqlashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 11- dekabrdagi 11-05-7110/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni tashkil etish uchun yaratilgan, moslashuvchan, o‘quvchilarning ta’lim olish imkonini kengaytirgan; 
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli innovatsion texnologiyalar, kognitiv yondashuvlar, adaptiv o‘qitishning strategiyalari, raqamli ekotizim, kompetensiyaviy yondashuv, talabalar bilimini nazorat qilish monitoring tizimi, soft skills rivoji, adaptiv ta’lim texnologiyalarini klaster hamkorlik va interfaol ekotizimini uyg‘unlashgan kompleks echimlarini joriy etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 11- dekabrdagi 11-05-7110/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ta’limini tashkil etishning pedagogik modelini interfaol metodlar bilan bir qatorda “Raqamli iqtisodiyot” fani doirasida motivatsion pedagogik dasturiy vositalar bilan to‘ldirilgan ta’lim muhiti-“Elektron ta’lim pedagogik daturiy vosita muhiti” ni qo‘llash asosida takomillashtirishga erishilgan;
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ma’lumotlar tahlili, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari, ma’lumotlar tahlili, virtual va kengaytirilgan haqiqat(AR/VR) platformalarini hamda blokcheyn texnologiyalarini kooperatsiyalash, interaktiv iqtisodiy simulyasiyalarni qo‘llash, yangi avlod iqtisodiy bilimlarni shakllantiruvchi integratsiyalashgan yuqori texnologiyalar asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli oliy ta’lim muassalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktik axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 11- dekabrdagi 11-05-7110/04-son ma’lumotnomasi) natijada talabalarda raqamli va pedadogik daturiy vosita-axborot kompetentligini rivojlanganlik darajasini samarali baholash hamda raqamli va pedadogik daturiy vosita-axborot kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalarisamaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan;
texnikum o‘quvchilarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishni baholash samaradorligini aniqlashtirish integratsiyalashgan diagnostik va prognoz metodlari, raqamli tahlil vositalari hamda metodologik yangiliklarni qo‘llash orqali, ta’lim samaradorligini real vaqt rejimida tahlil qilish va o‘quvchilarning iqtisodiy ko‘nikmalarini chuqur o‘rganish imkoniyatlarini tahlil qilish asosida aniqlashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli oliy ta’lim muassalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 11- dekabrdagi 11-05-7110/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar ta’lim jarayonini tashkil etish modeli mazmuni, kengaytirilgan pedagogik dasturiy vositalar bazasi keng joriy etish orqali takomillashtirilgan hamda ta’lim jarayonlarini samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish