Haydarov Islomjon Hatamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ““Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8869
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi “Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kontekst  mazmunini, semantik mohiyatini og‘zaki nutqi vositasida integratsiyalash hamda o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy fikrlash hamda subektiv munosabat bildirish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida aniqlangan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishning korreksion-pedagogik modeli integratsiya, pedosentrik, madaniyatshunoslik, ekologizasiya, izchillik, o‘lkashunoslik,  ekstralingvistik, paradigmatik, sintagmatik, funksional, kontekstual tamoyillarining uzviy bog‘liqligi va integrativ elementlarini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich optimallashtirish hamda bilish idroki va aqliy darajasini intensiv faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish texnologiyalari operatsion, loyihalash, eksperimental, analogiya, statistik usullar integratsiyasining pedagogik mazmunini yaxlitlash hamda og‘zaki, daktil, imo-ishorali muloqot faoliyatini shakllantirishga ustuvorlik berish va analitik-sintetik, semantik, strukturaviy-lingivistik o‘quv topshiriqlarini oddiydan murakkabga qarab kiritish asosida takomillashtirilgan;
“Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish texnologiyalari samaradorligi nutqiy faoliyatni  tinglab-ko‘rib tushunish, o‘qib tushunish, so‘zlash va yozma nutq malakalarini rivojlantiruvchi sintez operatsiyalarini qamrab olgan o‘quv topshiriqlarini yangi nostandart vaziyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ““Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish boʻyicha olingan natijalar asosida: 
“Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kontekst  mazmunini, semantik mohiyatini og‘zaki nutqi vositasida integratsiyalash hamda o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy fikrlash hamda subektiv munosabat bildirish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tabiat o‘qitish texnologiyasi” darsligi  mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10-apreldagi 11-05-2230/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagoglarni “Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayonini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;   
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishning korreksion-pedagogik modeli integratsiya, pedosentrik, madaniyatshunoslik, ekologizasiya, izchillik, o‘lkashunoslik,  ekstralingvistik, paradigmatik, sintagmatik, funksional, kontekstual tamoyillarining uzviy bog‘liqligi va integrativ elementlarini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich optimallashtirish hamda bilish idroki va aqliy darajasini intensiv faollashtirish asosida komillashtirilganga oid tavsiyalar “Tabiat o‘qitish texnologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10-apreldagi 11-05-2230/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada “Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish texnologiyalari operatsion, loyihalash, eksperimental, analogiya, statistik usullar integratsiyasining pedagogik mazmunini yaxlitlash hamda og‘zaki, daktil, imo-ishorali muloqot faoliyatini shakllantirishga ustuvorlik berish va analitik-sintetik, semantik, strukturaviy-lingivistik o‘quv topshiriqlarini oddiydan murakkabga qarab kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tabiat o‘qitish texnologiyasi”  darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10-apreldagi 11-05-2230/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada “Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirilgan;
“Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish texnologiyalari samaradorligi nutqiy faoliyatni  tinglab-ko‘rib tushunish, o‘qib tushunish, so‘zlash va yozma nutq malakalarini rivojlantiruvchi sintez operatsiyalarini qamrab olgan o‘quv topshiriqlarini yangi nostandart vaziyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tabiat o‘qitish texnologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10-apreldagi 11-05-2230/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada tinglab-ko‘rib tushunish, o‘qib tushunish, so‘zlash va yozma nutq malakalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida  “Tabiiy” fanlar ta’limida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini  rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish