Abduraxmonova Dildora Alijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarni raqamli platformalar vositasida takomillashtirish metodikasi, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.3.PhD/Ped8316.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Saipnazarov Shaylavbek Aktamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karilbaeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bozorov G‘iyosiddin Sa’dullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsaf doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat ni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rgazmalilik, moslashuvchanlik, modullilik, tizimlilik, pedagogik va axborot texnologiyalari integrativ qismlarining yaxlit mazmunini tasniflashga qaratilgan refleksiya tamoyillarining o‘zaro o‘quv va amaliy vaziyatlarda faoliyat ko‘rsatish mobilligiga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida rivojlantirish jarayoni raqamli ta’lim resurslari, axboriy-metodologik, kompetentlik yondashuv, ko‘p qirrali va raqamli texnologiyalarni guruh va yakka tartibda ish shakllarining individual o‘quv traektoriyasiga adaptiv moslashtirish hamda raqamli kontentlarga qo‘yiladigan talablar va omillarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida rivojlantirish  modeli resurslarining interaktivligini ta’minlash, ko‘rgazmaliligini oshirish, texnik talablarni hisobga olish, taqdimot o‘tkazish, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga instrumental, motivatsion, produktiv kompleks yondashuvlarni bosqichma-bosqich tatbiq etish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli platforma vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi integrallashgan metodik tizimini reproduktiv, ijodiy-izlanishga intensiv moslashtirish, shuningdek, jarayon samaradorligini baholash mezonlari va baholash darajalarini uyg‘unlashtirish hamda maqsadli boshqarish, resurslar orasidagi bog‘liqlik, ochiqlik va bilimlarni o‘lchash dinamikasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rgazmalilik, moslashuvchanlik, modullilik, tizimlilik, pedagogik va axborot texnologiyalari integrativ qismlarining yaxlit mazmunini tasniflashga qaratilgan refleksiya tamoyillarining o‘zaro o‘quv va amaliy vaziyatlarda faoliyat ko‘rsatish mobilligiga integratsiyalash asosida aniqlashtirishga  oid takliflar “Matematika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-noyabrdagi 11-05-6355/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish   imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida rivojlantirish jarayoni raqamli ta’lim resurslari, axboriy-metodologik, kompetentlik yondashuv, ko‘p qirrali va raqamli texnologiyalarni guruh va yakka tartibda ish shakllarining individual o‘quv traektoriyasiga adaptiv moslashtirish hamda raqamli kontentlarga qo‘yiladigan talablar va omillarni aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Matematika” darsligi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-noyabrdagi 11-05-6355/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli platformalarning imkoniyatlarida foydalanishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini raqamli platformalar vositasida rivojlantirish  modeli resurslarining interaktivligini ta’minlash, ko‘rgazmaliligini oshirish, texnik talablarni hisobga olish, taqdimot o‘tkazish, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga instrumental, motivatsion, produktiv kompleks yondashuvlarni bosqichma-bosqich tatbiq etish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-noyabrdagi 11-05-6355/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
raqamli platforma vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi integrallashgan metodik tizimini reproduktiv, ijodiy-izlanishga intensiv moslashtirish, shuningdek, jarayon samaradorligini baholash mezonlari va baholash darajalarini uyg‘unlashtirish hamda maqsadli boshqarish, resurslar orasidagi bog‘liqlik, ochiqlik va bilimlarni o‘lchash dinamikasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-noyabrdagi 11-05-6355/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, raqamli platformalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish