Odilbekova Dilnoza Muratalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Nodavlat notijorat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4459.
Ilmiy rahbar: Nuralieva Muqaddas Ma’murovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rahmonov Dilshodjon Alijonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlarni moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha bo‘lgan loyihalarni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkilotlarini jalb etish orqali nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘z xohishiga binoan amalga oshirilishi taklif etilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilgan holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigacha oshirilish taklif etilgan;
davlat tashkilotlari, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar va nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish zarurligi asoslangan;
nodavlat notijorat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida moliyaviy holatini 2030 yilga qadar oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat notijorat tashkilotlar, jumladan, ayollar ijtimoiy-iqtisodiy hatti-xarakatlarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish yonalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha bo‘lgan loyihalarni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkilotlarini jalb etish orqali nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘z xohishiga binoan amalga oshirilishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 527-son “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 8/02-0794-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish nodavlat notijorat tashkilotlarga o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kerakli tashkiliy, uslubiy va moliyaviy yordamni taqdim etilishga erishilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilgan holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigacha oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 8/02-0794-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat notijorat tashkilotlariga xorijiy manbalarni ko‘proq jalb qilish imkonini berib, ularning ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda yanada muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam bermoqda;
davlat tashkilotlarining ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar va nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish zarurligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 527-son “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ni talablarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 8/02-0794-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik bitimlarini amalga oshirishning natijalari ijtimoiy sohalarda samarali echimlar ishlab chiqishga, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga va umumiy boshqaruvni yaxshilashga yordam beradi;
nodavlat notijorat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida moliyaviy holatini 2030-yilga qadar oshirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekistonda mazkur soha faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, “Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining yangi tahrirdagi Ustavini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 8/02-0794-son va “Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2024-yil 26-avgustdagi № 219/1 ma’lumotnomalari). Natijada, nodavlat notijorat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan ekonometrik model yordamida ishlab chiqilgan prognozlar, 2030-yilga qadar tashkilotlarning moliyaviy holatini yaxshilashga, ularning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkon beradi.